Mavzu: Kislota-ishqor muvozanati (kim) va suv-elektrolit balansi (seb). Infuzion-transfuzion terapiya


Download 300.24 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi300.24 Kb.
#1251842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kislota-ishqor muvozanati (KIM) va suv-elektrolit balansi (SEB). Infuzion-transfuzion terapiya(ITT) va parental oziqlantirish (PO).

Gidrokarbonat miqdori (4,2 %)


tana og’irligi (kg) x BE


Gidrokarbonat miqdori (8,4%)=0,3x BE x tana og’irligi (kg)


Misol uchun, BE= -7mmol’/l, tana massasi 70kg. Metabolik atsidoz korrektsiyasi uchun 7x70/2=245ml 4% bikarbonat natriy venaga quyish kerak bo’ladi.


II. Nafas atsidozida HCO2-/рCO2 nisbatining va pH ning pasayishi CO2 miqdorining (o’pka orqali kam chiqarilganda) oshishi bilan boradi. Bu holat quyidagilarda kuzatilishi mumkin: nafas markazining tormozlanishida, narkotiklar miqdori oshganda, miya shishida, nerv mushak o’tkazuvchanligi buzilganda (qoldiq kurarezatsiyada, poliomielit, yon amiotrofik skleroz), o’pka to’qimasi va ko’krak qafasidagi patologik o’zgarishlarda (pnevmo-gidrotoraks, travma, pnevmoniya, atelektaz, o’pka shishi, astmatik statusda).
Klinik belgilari. Bemorlarda ventilyatsiya hajmining pasayishi nafas ritmining buzilishi, yurak zarb hajmining oshishi, periferik qon tomirlarining kengayishi va tomirlar qarshiligining pasayishi sababli quyidagi klinik belgilar namoyon bo’ladi: Teri qoplami va ko’zga ko’rinarli shilliq qavatlar giperemiyasi, AB ning oshishi, pul’s bosimining oshishi, pul’sning tezlashishi, miya qon tomirlarining kengayishi hisobidan miya ichki bosimining oshishi va miya shishi belgilarining paydo bo’lishi.
Diagnostikasi: klinik belgilarga asoslanadi. Qondagi pH 7,35 dan past, рCO2 kontsentratsiyasi 46 mm.sim.ust. dan yuqori, siydikning kislotali reaktsiyasi oshgan bo’ladi.
Davolash: Avvalambor nafas atsidozini metabolik buzilishlarga nisbatan kompensator reaktsiyalardan farqlab, keyin davolash ishlari olib boriladi. Asosiy kasallikni davolash davom ettiriladi. Nafas markazi stimulyatsiyasi (naloksan, nalorfin), ko’rsatma bo’lganda bemorga O’SV o’tkaziladi.
III. Metabolik alkaloz – HCO3/рCO2 nisbatining oshishi HCO3- miqdorining oshishi hisobidan.
Reanimatologiya amaliyotida metabolik alkaloz metabolik atsidozga nisbatan ko’p uchraydi. Metabolik alkaloz 51,1%, respirator alkaloz 28,7%, respirator atsidoz 27,4%, metabolik atsidoz 11,6% (Williams D.B. va b. 1980).
Metabolik alkaloz quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buferli suyuqliklar haddan ortiq kiritilganda, buyrak va oshqozon-ichak yo’lida bikarbonatlarning haddan oshiq hosil bo’lishidan yoki shu tizimlar orqali H+ ionning ko’p yo’qotilishi hisobidan, natriy laktatning jigarda hosil bo’lishining kuchayishida.
Klinikasi gipovolemiya va gipokaliemiya belgilari, polidipsiya, poliuriya, mushaklar sustligi, ayrim vaqtlarda tutqanoqlar kuzatiladi (Сa2+ oqsillar bilan bog’lanishi hisobidan).

Download 300.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling