Mavzu: Kislota-ishqor muvozanati (kim) va suv-elektrolit balansi (seb). Infuzion-transfuzion terapiya
Download 300.24 Kb.
|
Kislota-ishqor muvozanati (KIM) va suv-elektrolit balansi (SEB). Infuzion-transfuzion terapiya(ITT) va parental oziqlantirish (PO).
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Nafas alkalozi
- Diagnostikasi
Diagnostikasi klinik belgilariga asoslanadi. Qondagi pH 7,46 dan yuqori, gipokaliemiya va gipoxloremiya kuzatiladi.
Davolash. Klinik amaliyotda metabolik atsidozga nisbatan metabolik alkaloz ko’p uchrab korrektsiyaga berilishi ham qiyinroq kechadi, chuqur elektrolit buzilishlari o’z navbatida miokardning sustlashishi, gipotoniya, mushak sustligi, tetaniyani chaqiradi. Juda ko’p hollarda hujayralararo bo’shliqda metabolik alkaloz, hujayralar ichida atsidoz kuzatiladi. Bu holatning korrektsiyalanishi juda katta qiyinchiliklarni tug’diradi, odatda davolash plazmadagi kaliy miqdorini me’yorlashtirish bilan boshlanadi. 0,5-1 % li KСl + glyukoza insulinli aralashma bilan tomir ichiga quyiladi. Metabolik alkalozning dekompensatsiyalashgan shakllarida xlorid kislota qo’llaniladi. 4 % li 100 ml HCl + 1000 ml 5% li glyukoza bilan tomir ichiga tomchilab quyiladi. Asosiy kasallikni davolash davom ettiriladi. IV. Nafas alkalozi qonda PaCO2 ning pasayishi bilan izohlanib, quyidagi holatlarda kuzatiladi: O’SV vaqtidagi giperventilyatsiyada, metabolik atsidozga nisbatan organizmning kompensator reaktsiyasi vaqtida, nafas markazining faollashishida (MNT jaroxatlarida, infektsiyalarda, o’smalarda) Klinikasi: teri rangi va ko’zga ko’rinarli shilliq qavatlar oqimtir tusda bo’lishi, qondagi Sa++ miqdori kamayishi hisobidan tutqanoqlar va asosiy kasallik belgilari kuzatiladi. Diagnostikasi: klinik tahlil qilinadi va qondagi pH 7,46 dan yuqori, PaCO2 34 mm.sim.ust. dan past ekanligi kuzatiladi. Davolash. Asosiy kasallikni davolash bilan bir qatorda kompensator reaktsiyalar va metabolik o’zgarishlarni o’z iziga tushirish. O’SV da ventilyatsiya parametrlari va gazlar tarkibini (PaCO2 ni 33-36 mm. sim. ust. da saqlash) me’yorlashtirish nazorat qilinadi. SHuni ta’kidlash kerakki, inson organizmidagi mavjud bufer tizimlari qanchalik takomillashgan bo’lmasin, kritik holatlarda KIM to’liq me’yorda ushlanib turolmaydi, chunki butun bufer hajmining 1/5 qismini tashkil etadi. Bundan tashqari KIM korrektsiyasida o’pka, buyrak, jigar va oshqozon-ichak trakti ham qatnashadi. Suv-elektrolit muvozonati va uni boshqarish Organizmni ichki muhitini (gomeostazni) doimiy saqlashda kislota - ishqor muvozanatidan tashqari suv - elektrolit muvozanati ham katta ahamiyatga ega. Organizmning suv muvozanati yo'qotiladigan suv o'rnini tashqaridan qabul qilish hisobiga to'ldirib turiladi. Bundan tashqari almashinuv jarayonlari oqibatida endogen suv ham hosil bo'ladi (o'rtacha 1 sutkada 250-300 ml), organizm suvni siydik, axlat, o'pka va teri orqali yo'qotadi. Organizmning suvga bo'lgan sutkalik ehtiyoji bemorning tana og'irligi, yoshi, tana haroratiga va boshqalarga bog'liq. Sutkalik ehtiyoji 1,1 dan 3 l gacha o'zgarib turadi. Moddalar almashinuvi natijasida 1000 kkal energiya hosil bo'lishida 100 ml endogen suv hosil bo'ladi. Katta yoshdagi odamning sutkalik ovqat ratsioni o'rtacha 2500-3000 kkalni tashkil etadi, binobarin 1 sutkada o'rtacha 250-350 ml endogen suv hosil bo'ladi. Ichiladigan suv miqdori o'rtacha hisobda ajratiladigan siydik miqdoriga teng bo'ladi Umumiy suv odam organizmida asosan 2 sektorda harakatlanadi va tana massasining 60% tashkil qiladi: 1.Hujayra ichi suyuqligi - taxminan tana massasining 40% (25l); 2.Hujayra tashqarisidagi suyuqligi - tana massasining 20% (15l); Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o'z navbatida bir necha tarkibga bo'linadi: Hujayralararo suyuqliklar - tana massasining15% (12l); Tomir ichi suyuqligi - plazma - taxminan tana massasining 5% (3l); Transtsellyulyar suyuqlik; Limfa. Transtsellyulyar suyuklik-bu tananing maxsus bo'shliqlaridagi suyuqlik bo'lib, bunga orqa miya, perikardial, plevral, sinovial va ko'z ichi suyuqligi kiradi. Transtsellyulyar suyuqlikning o'rtacha hajmi 1 l. Sutka davomida katta suyuqlik hajmi transtsellyulyar bo'shliqqa harakatlanadi . Oshqozon ichak yo'liga meyo'rda 1 sutkada 6-8 l sekretsiyalanadi va reabsorbtsiyalanadi. Umumiy suvning organizmda saqlanishi insonning yoshi va tuzilishiga ham bog'liq. Umumiy suvning organizmda saqlanishi tana massasi hisobida quyidagi foizlarni tashkil etadi: chaqaloqlarda - 80%, o'rta yoshdagi (erkak va ayollar) 60% va 50%, keksa yoshdagi erkaklarda - 51% va ayollarda - 45%. O'pkalar orqali 1 sutkada o'rtacha 400-500 ml, teri orqali esa 500-700 ml suv ajralib chiqadi.Tana harorati yuqori bo'lsa endogen suv hosil bo'lishi va ko'zga ko'rinmaydigan yo'llar bilan suyuqlik yo'qotishi kuchayadi. CHaqaloqlarda suyuqlik yo'qotish o'rtacha 1 sutkada 500ml/kg ni tashkil qiladi. Organizmdagi umumiy suyuqlikning uchdan ikki qismi hujayra ichida, uchdan bir qismi esa hujayradan tashqari bo'shliqda joylashgan bo'ladi (5% plazma va 15% interstitsial suyuqlik). Hujayradan tashqari sektordagi suyuqlikda asosiy kation - natriy, anion esa xlor hisoblanadi. Natriy va xlor ionlari hisobiga bu sektorda osmotik bosim saqlanib turadi. Hujayradan tashqari suyuqlik orqali oziq moddalari va ionlari hujayralarga o'tkazib beriladi va almashinuv jarayonlari natijasida hosil bo'lgan zararli moddalar (shlaklar) ajratish a'zolariga etkazib beriladi. Hujayradan tashqari suyuqlik o'rta hisobda tana og'irligining 20-22% ini tashkil qiladi. Hujayradan tashqarida suyuqlik joylashgan o'rniga qarab 2 xil bo'ladi: 1.Tomir ichi plazma, limfa suyuqligi. 2.Interstitsial sektor - bu tomir ichi suyuqligi va hujayralararo o'ziga xos muhim bufer vazifasini bajaradi. Interstitsial suyuqlik organizmdagi jami suyuqlikning 1/4 (15% tana og'irligini) tashkil qiladi. Qon plazmasi va interstitsial suyuqlik o'rtasida doimiy almashinuv mavjud bo'lib, organizm suyuqlik, qon yo'qotsa, interstitsial suyuqlik tomirlarga chiqadi va yo'qotilgan suyuqlik o'rnini to'ldiradi va aksincha, tomir ichiga ko'p miqdorda suyuqlik qo'yilganda aylanuvchi qon hajmi ko'rinarli darajada oshmaydi, suyuqlik interstitsial bo'shliqqa o'tadi. Hujayra ichi sektori - suv hujayraning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, hujayra ichi tuzilmalarining (yadro organlari) atrofidan o'rab turadi va ularni hayot faoliyatini ta'minlaydi. Elektrolitlardan natriy xujayra tashqarisida - hujayralararo suyuqlik tarkibida, kaliy ionlari esa hujayra ichida ko'p saqlanadi, shu tufayli kaliy - natriy nasosi faoliyati amalga oshadi. Organizmga kiradigan va chiqadigan suv tengligi "suv muvozanati" deb yuritiladi(1-jadval). Suv muvozanatining har qanday buzilishi digidriya deyiladi. Organizmga kiradigan suyuqlik miqdori chiqariladigan suyuqlik miqdoridan ko'p bo'lsa, musbat suv muvozanati gipergidratatsiya deyiladi. Manfiy suv muvozanati organizmga kiritiladigan suyuqlik miqdori chiqariladigan suyuqlik miqdoridan kam bo'lsa, degidratatsiya deyiladi. Suv - elektrolit muvozanati quyidagi yo'llar orqali boshqariladi: а)gipotalamus - antidiuretik gormon va vazopressin yordamida. Bu moddalarning hosil bo'lishi qon plazmasining osmotik bosimi va hujayra ichi suyuqligining oshishi, gipovolemiya holatlarida faollashadi. б)gipofiz - buyrak usti bez tizimi al'dosteron ta'sirida buyrak kanalchalarida natriyni qayta so'rilishi kuchayib, kaliy ionlarini chiqarilishi kuchayadi. Buyraklarda qon aylanishi kamayganda renin-al'dosteron tizimi ishga tushadi. Hujayradan tashqari suyuqlikning osmolyarligi oshishi natijasida chanqash sezgisi yuzaga keladi va suyuqlik qabul qilish hisobiga suv - elektrolit muvozanati boshqariladi. v) buyraklar - suv va elektrolit miqdorini boshqaradigan asosiy a'zo bo'lib hisoblanadi. Hujayradan tashqari suyuqlikdan siydik ajratiladi (1 sutkada o'rtacha 1500 ml). Organizmning suv muvozanatini to'g'ri korrektsiya qilish uchun degidratatsiyani aniqlashni qo'yidagi usullaridan foydalaniladi: 1)Teri qoplamalarini vizual baholash; 2)Mak-Klyur-Oldrich sinamasi - bilak bo'kuvchi yuzasiga teri ichiga 0.2 ml fiziologik eritma yuboriladi va yuborilgan vaqt hisobga olinadi. Teri ichiga kiritilgan suyuqlikdan hosil bo'lgan pufak me'yorda 1 soat ichida so'riladi. 3)Makkoriston va Miller formulasi yordamida hisoblash: (agar degidratatsiya qon ketish bilan bog'liq bo'lmasa) suyuyuqlik yo'qotish (ml) = 0,2 bemor og'irligi Hujayra membranasi orqali suvning harakati hujayra ichkarisi va tashqarisidagi osmotik bosimining farqiga bog'liq. Erituvchining past kontsentratsiyasidan zarralar eritmasidan membrana orqali yuqori kontsentratsiyadagi zarralar eritmasiga spontan o'tishi osmos deb yuritiladi. Plazmaning me'yordagi osmotik bosimi 285-310 mosm/l ga teng. Biologiya va tibbiyotda suyuqlik muhitini osmotik holati ikki xil tushuncha bilan belgilanadi. Osmotik faol zarralapning 1 litr suyuqlikdagi miqdori-osmolyarlik, bir kilogramm suyuqlikdagi miqdori-osmolyallik deb yuritiladi. Orasidagi farq ko'p bo'lmaganligi uchun odatda osmolyarlik mosmol/l termini amaliyotda keng qo'llaniladi. Plazmaning osmotik bosimini asosan (80-90%) dissotsiyalangan elektrolitlar natriy va xlor tashkil etadi. Plazmadagi va hujayra tashqarisidagi osmotik bosim teng bo'lib, plazmada oqsil bo'lishi bilan ajralib turadi. 2-jadval Plazma osmolyarligi tarkibi Ko'rsatgichlar Miqdori, mosm/l Natriy 142 Xlor 103 Oqsillar 2 Kaliy 5 Kal'tsiy 2,5 Magniy 1,5 Gidrokarbonatlar 29 Gidrofosfatlar 1 Sul'fatlar 0,5 Organik kislotalar 5 Glyukoza 5 jami: 285-310 Hujayra ichi osmos bosimi eng avvalo hujayradagi kaliy va anionlar miqdoriga bog'liq, amaliyotda uni aniqlash qiyin. Suv hujayra membranasi orqali erkin o'tgan holda va faqat osmotik bosim yuqori bo'lgan muhitga harakat qiladi. Suvning diffuzion tezligi unda erigan moddalarga nisbattan yuqori. Buni intensiv terapiyada va kasallikning klinik belgilarini baholashda hisobga olish zarur hisoblanadi. Nafaqat natriy va xlor balkim, plazmadagi glyukoza, mochevina shuningdek, tashqaridan kiritiladigan mannitol, glitserin, sorbitol, al'kogol va boshqa moddalar ham osmotik faol hisoblanadi (2-jadval). Suvning osmos qoidasiga asosan, osmotik past bosim muhitidan yuqori osmotik bosim muhitiga o'tishi natijasida, me'yor holatida, interstitsial bo'shliq va hujayra ichidagi osmotik bosim bir xil saqlanadi va bu jarayon dinamikada o'z-o'zidan boshqariladi. Organizmda suv almashinuvining buzilishiga disgidriya deb aytiladi, ikkita asosiy guruhga va 6 ta turga bo'linadi. Degidratatsiya-organizmda umumiy suyuqlik miqdorining kamayishi hisoblanadi. Izoosmolyar degidratatsiya - organizmdagi suv bilan birga butun kompleks osmoaktiv elektrolitlar ham yo'qotiladi. Giperosmolyar degidratatsiya - elektrolitlarga nisbatan ko'p suv yo'qotilganda va plazmada osmolyarlikni oshishi bilan kuzatiladi. Buning natijasida suyuqlik hujayradan interstitsial bo'shliqqa va undan kapillyarlarga o'tadi. Natijada hujayra degidratatsiyasi yuzaga keladi. Gipoosmolyar degidratatsiya asosan elektrolitlarni suv bilan yo'qotganda kuzatiladi, bunda plazmada osmolyarlik pasayadi. Hujayra ichi osmolyarligi ortishi hisobiga suv xujayraga qarab harakatlanadi. Bu o'z navbatida gipovolemiyaga, gemodinamika buzilishiga va bosh miya shishiga olib keladi. Degidratatsiyaning barcha turlarida nafaqat yo'qotilgan suyuqlik miqdori to'ldiriladi. Balkim hujayralar aro bo'shliq va hujayra ichi suyuqligi ham korrektsiya qilinadi. Organizmdagi suv miqdorining ko'payishiga gipergidrotatsiya deyiladi va 3 turi farqlanadi. Izoosmolyar gipergidrotatsiya . Bunda organizmdagi umumiy suv miqdorining oshishi uchula sektordagi suv miqdorini oshiradi, osmolyarlik esa bir xilda qoladi. Izoosmolyar gipergidrotatsiyada yurak qon tomir yyetishmovchiligi, asteniya, gipertenziya, o'pka va bosh miya shishishi belgilari kuzatiladi. Giperosmolyar gipergidrotatsiya - bunda suyuqlikning ko'p miqdori hujayralardan tashqari bo'shliqda to'planadi. Og'ir holatlarda hujayra degidratatsiyasi kuzatiladi. Gipoosmolyar gipergidrotatsiya - bunda organizmdagi umumiy suyuqlik hajmining ortishi, uni ko'p miqdorini hujayra ichida to'planishi bilan va hujayra ichi osmolyarligi oshishi bilan kuzatiladi. Plazma osmolyarligi esa pasayadi. Bosh miya shishi juda kuchli rivojlanadi. Gipergidrotatsion disgidriyani intensiv terapiyasi tuz va suvni organizmga kiritishni kamaytirishdan iborat. Giperosmolyar gipergidrotatsiyada saliuretiklar, gipoosmolyar gipergidrotatsiyada osmouretiklar qo'llash tavsiya etiladi. SHuningdek kortiqosteroidlar, antigistamin preparatlari va al'bumin qo'llaniladi. Intensiv terapiya dasturini tuzishda 2 xil holat: giper hamda gipoosmolyar sindrom kuzatilishi e'tiborga olinadi. Osmolyarlik "Osmometr" apparati bilan yoki hisoblash yo'li bilan o'lchanadi. Osmolyarlik =2x (K +Na ) + glyukoza +mochevina (hamma ko'rsatgichlar mmol'/l da ). Giperosmolyar sindrom plazma osmolyarligini 300 mosm/l dan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Plazma osmolyarligi 340 mosm/l dan oshganda bemorda koma holati kuzatiladi, agarda bu ko'rsatgich 360 mosm/l dan yuqori bo'lsa bemorni o'limga olib kelishi mumkin. Klinik belgilarida hujayra degidrotatsiyasi asosiy va etakchi hisoblanadi. Gipoosmolyar sindrom plazma osmolyarligi 280 mosm/l dan pastligi bilan xarakterlanadi. Osmolyarlik 250-270 mosm/l bo'lganda komatoz holat, 230-250 mosm/l dan past bo'lganda bemorni o'limga olib kelishi mumkin. Gipoosmolyar sindrom rivojlanishida asosiy giponatriemiya va uning klinik belgilari kuzatiladi. Disgidriyani intensiv terapiyasida qo'llaniladigan turli suyuqliklar va preparatlarini osmolyarligi hisobga olinadi. Organizmda suvning harakati nafaqat hujayra va hujayra tashqarisi oralig'ida balki qon tomir kapilyarlari va hujayra tashqarisi oralig'ida ham boradi. Kapilyarlar ichki va tashqi devori bo'ylab suvning harakati plazma oqsillar yuzaga keltiradigan tomirdagi onkotik va umumiy gidrodinamik bosim hisobiga amalga oshadi va bu jarayon elektrolitlar kontsentratsiyasiga bog'liq bo'lmaydi. Kapillyar devoridan faqatgina kichik molekulyar massali moddalar o'tib, oqsil tabiatli va kolloid moddalar yuqori molekulyar massaga ega bo'lganligi uchun o'tmaydi shuning hisobiga kapillyardagi 80% kolloid osmotik bosim plazmadagi al'bumin kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi (8-rasm). Kolloid osmotik bosimning me'yor ko'rsatgichi 25 mm sim ust (3,4kPa) ga teng. Klinik amaliyotda 2 ta: gipoonkiya va giperonkiya holati kuzatiladi. Gipoonkiya sabablari: 1.Turli kasalliklar va jarohatlarda (kuyish kasalligi, sepsis xolati). 2.Oqsil almashinuvining katabolik fazasi 3.Tomir devorining oqsillarni o'tkazib yuborish holati ( shok, gipoksiya, atsidoz). 4.Oqsil sintezining buzilishi (zaharlanishlar, jigar yetishmovchiligi). Giperonkiya sabablari: 1.Katta miqdordagi oqsillar infuziyasi. 2.Gormonal terapiya Gipoonkiyada AQH kamayadi, giperonkiyada ko'payadi. Suvning diffuziya yo'li bilan membrana orqali va kolloid osmotik bosim yo'li bilan kapillyar devori orqali harakati Starling qonuni bilan belgilanadi. Osmotik kuch, onkotikga nisbatan 100 barabar ko'p. Organizm gidratatsiyasininng buzilish variantlari: Hujayradan tashqari gipergidratatsiya - organizmga kiritiladigan suyuqlikning interstitsial sektorda ushlanib qolishi va uni hajmi oshishi hisobiga yuzaga keladi. Amaliyotda bu holat shishlar (yurak, kaxektik, oqsilsiz shishlar, diabetik va buyrak shishlari) ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu holatni korrektsiya qilish uchun tuzsiz dieta, tuzli eritmalarni cheklash tavsiya etiladi. Hujayra gipergidratatsiyasi - organizmga ortiqcha miqdorda suyuqlik kiritilishi va suvni buyraklar orqali ajratilishi buzilishi hisobiga yuzaga keladi. Bu holat buyrak yetishmovchiligi, qusish, diareyadan keyin ko'p miqdorda suyuqlik qabul qilganda kuzatiladi. Umumiy gipergidratatsiya - ortiqcha miqdorda suyuqliklarni kiritish va ularning chiqarilishi buzilganda kuzatiladi. Barcha sektorlarda osmotik bosim pasayadi. Bosh miya shishishi oqibatida oliy asab faoliyati buziladi, pereferik shishlar, o'pka shishi, arterial qon bosimi oshishi kuzatiladi. Bu holatni davolash uchun organizmga kiritiladigan suyuqliklar miqdorini cheklash, suyuqlik chiqarilishini stimulyatsiya qilishdan iborat. Gipotonik eritmalar quyish man etiladi. Hujayradan tashqari degidratatsiya - diuretiklarni uzoq vaqt nazoratsiz qo'llash, diareya, qusish, ichak oqmalari, ichak tutilishi, qon yo'qotishlar natijasida elektrolitlar, ayniqsa natriyni suv bilan birga yo'qotish natijasida kelib chiqadi. Hujayradan tashqari sektorda osmotik bosim pasayadi. Gipovolemiya natijasida taxikardiya, arterial gipotoniya rivojlanadi. Bemorlarda chanqash sezgisi kuzatilmaydi. Bemorni tili quruq bo'ladi. Davolash vena ichiga 5% li natriy xlorid eritmasini quyishdan iborat. 3.3. Elektrolitlar almashinishining buzilishi Elektrolit almashinishining buzilishi ko'pgina hayotiy xavf tug'diradigan o'zgarishlarning sababi bo'lishi mumkin. Elektrolitlar organizm faoliyatining xilma-xil tomonlariga ta'sir qiladi. Osmotik bosimni saqlab turish bilan birgalikda nerv muskul qo'zg'alishiga muskul hujayralari qisqarishiga ta'sir qiladi. Elektrolit almashinishi boshqa modda almashinishlari bilan bog'liq. SHuning uchun organizmning har xil gomeostatik ko'rsatkichlarini saqlash elektrolit almashinishining holati bilan bog'liq. Organizmga elektrolitlar kam yoki ortiqcha tushishi plazma, interstitsial to'qima va hujayralar orasida tashilishi va taqsimlanishi o'zgarishida organizm faoliyati buzilishi mumkin; elektrolitlarning organizmdan siydik, ter, ovqat hazm qilish shirasi orqali chiqarilishida ortishi yoki kamayishi mumkin. Elektrolit almashinishining tipik buzilishlari. Natriy almashinishining buzilishi. Hujayradan tashqari kationlarning 90% dan ortig'ini tashkil qiladigan natriy ioni elektrolit almashinishida dominant rol' o'ynaydi. Natriy etishmasligi boshqa elektrolit tomonidan qoplanmaydi. Natriy almashinishining ikki shakli ajratiladi: gipepHatriemiya va giponatriemiya. GipepHatriemiya - qon plazmasida natriy qontsentratsiyasining 150 mmol'/l dan oshishi, organizmga ortiqcha natriy xlorid tushishi bilan bog'liq (sutkalik ehtiyoj 10-12 g). Masalan; ovqat orqali mineral, ishqoriy suv iste'mol qilinganda, davolash maqsadida natriy xloridning gipertonik eritmasi yuborilganda, natriy gomeostazini saqlashda asosiy ahamiyatga ega bo'lgan buyraklar shikastlanishida natriy chiqarilishi buziladi. Ikkilamchi gipepHatriemiya organizmga suv kam tushganda, ko'p terlash, poliuriya. ich ketishda, suvsizlanganda rivojlanishi mumkin. To'qimalarda onkotik bosim oshganda (masalan och qolishda, oqsillar parchalanishi kuchayganda) to'qimaga suvning tomirdan o'tishi natijasida qonning quyuqlashishi gipepHatriemiyaga olib kelishi mumkin. GipepHatriemiyada nerv-muskul qo'zg'alishi ortadi, tirishishgacha boradigan giperkinetik izdan chiqishlar ro'y beradi qo'rquv tuyg'usi, ruhiy tushkunlik paydo bo'ladi. Suvning hujayradan to'qimalararo bo'shliqga o'tishi natijasida ayrim hollarda hujayra degidratatsiyasi ro'y berishi mumkin, ko'pincha bunda hujayradan tashqari shish rivojlanadi. Download 300.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling