Mavzu: Kitob mutolaasi. Fan olamining o‘ziga xosligi. Biologiyaga oid yangi ilmiy adabiyotlar. Erkin va turg’un birikmalar


Download 0.73 Mb.
bet6/7
Sana31.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1073320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu. Kitob mutolaasi

TURG‘UN (BARQAROR) BIRIKMALAR

Ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat darajasida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror (turg‘un) birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:

  • nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kiriladi;
  • ma’no butunligi;
  • tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
  • Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta‘minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema - “barqaror”, logos – “ta’limot”), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema - “barqaror”, grafho - “yozmoq”) sanaladi

BARQAROR BIRIKMALAR TASNIFI


Frazeologizmlar
(iboralar)
Maqol va matallar
Hikmatli so‘zlar
(aforizmlar)

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLARI

Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi, nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.

Frazeologizmning semantik tuzilishi (ma’no imkoniyatlari) frazeologik ma’no va qo‘shimcha ma’no bo‘yoqdorligi (ottenka)dan iborat bo‘ladi. Belgi, harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. Frazeologik ma’no obrazliligi bilan leksik ma’nodan farq qiladi.

Frazeologizmlar mohiyat e’tibori bilan asosan so‘zlashuv va badiiy nutqqa xosdir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina o‘lmoq ma’nosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo‘lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug‘diradi. Masalan, bu tizimga kiradigan olamdan o‘tmoq, dunyodan o‘tmoq, omonatini topshirmoq, qulog‘i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so‘zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko‘z yummoq, dunyodan ko‘z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo‘l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling