Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar


Download 129.83 Kb.
bet2/9
Sana23.02.2023
Hajmi129.83 Kb.
#1225718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish

Texnologik nuqsonlar detallar noto'g'ri bichilishi, biriktiriladigan detallar tutashmalarining noto'g'riligi, biriktiruvchi kertiklar bir-biriga nisbatan surilishi natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda namoyon bo'ladi. Detallar qirqimi biriktirishda kam kirishtirilsa yoki yetarli cho‘zilmasa, choklar qiyshaysa, paketni tuzuvchi astar va qotirma detallar bir-biriga shakli va tanda ipining yo‘nalishida mos kelmasa, tikish texnologiyasining nuqsonlari paydo bo’ladi.
Shakl hosil qilish uslubining buzilishi namlab-isitib ishlov berishda namoyon boiadi.
Modellash nuqsonlari bazaviy konstruksiya xususiyati buzilishiga olib keladigan texnik modellash xatolari natijasida paydo boiadi.
Konstruktiv nuqsonlar olti guruhga bo’linadi:
1. Gorizontal taxlamalar detaining gorizontal yo‘nalishda torligi yoki vertikal yo'nalishda uzunligi natijasida paydo boiadi.
2. Vertikal taxlamalarni detaining gorizontal yo’nalishda kengroqligi yoki vertikal yo'nalishda kaltaroqligi hosil qiladi.
3. Qiya taxlamalar detaining diagonal yo‘nalishda kichikroqligi natijasida, tor joylarda har xil yo‘nalgan kuchlar ta’siri ostida hosil boiadi.
4. Burchak gijimlarining sababi shakl hosil qilishda biriktirilgan detallar konturining egriligi bir-biriga nomosligidandir. Bo‘rtiq kamligidan detal ichiga tortiladi, konturi atrofida esa solqilik kuzatiladi. Botiqlik darajasi yetmasa, detal ichi solqisimon boiib, cheti tortiladi.
5. Balans buzilishi biriktiriladigan detallar uzunligi tengsizligidan yoki biriktirish vaqtida bir-biriga nisbatan qiyshiq o‘rnatilishidan kelib chiqadi. Ushbu nuqsonlar turi kiyim muvozanatini buzib, uni spiralsimon aylantirib qo‘yadi.
6. Dinamik nomoslik nuqsonlari odam harakatida namoyon boiadi
Nazorat savоllari.

  1. Кiyimdа qаndаy nuqsоnlаr uchrаydi?

  2. Konstruktiv nuqsonlarga nimalar kiradi?

  3. Texnologik nuqsonlariga nimalar kiradi?

  4. Modellash nuqsonlariga nimalar kiradi?



Download 129.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling