Mavzu: Kiyim nuqsonlari. Reja: Konstruktiv nuqsonlar. Texnologik nuqsonlar
Download 129.83 Kb.
|
kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish usullari . Reja: 1. Kiyim konstruksiyalarining balansga ta’sir etadigan nuqsonlari.
- Kiyim konstruksiyalarining balansga ta’sir etadigan nuqsonlari.
- Detallarda bo‘sh taxlamalar
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. S.U.Po’latova “Trikotaj buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish” Toshkent 2006 2. S.SH.Tashpulatov va b., “Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash. Modellashtirish va badiiy bezash”,T, 2013 Qo’shimcha adabiyotlar: 1.F.Otaxonovava “Zamonaviy libosni modellashtirish”. Toshkent 2013 y 2.X.N. Komilova, N.K. Xamraeva «Kiyim loyixalash asoslari» Toshkent 2005 Mavzu:Kiyim nuqsonlarini bartaraf qilish usullari . Reja: 1. Kiyim konstruksiyalarining balansga ta’sir etadigan nuqsonlari. 2.Nuqsonlarni bartaraf etish usullari. Tayanch iboralar: ko‘ndalang taxlamalar, yon choklar orqa tomonga surilgan, kaltalashtiriladi, bel chizig‘i botiqroq o‘yiladi, bel chizig'i chuqurlashtiriladi, bo‘sh gorizontal taxlamalar, bo‘sh vertikal taxlamalar. Kiyim konstruksiyalarining balansga ta’sir etadigan nuqsonlari. Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘lak etaklari ikki tomonga ochiladi, orqa ko'tarilgan, yon choklar orqa tomonga o‘tgan, old bo‘lakda o'mizdan markazga qiya taxlamalar yo'nalgan. Yubka va shimlarda old bo‘- lakda bel chizig‘ida ko‘ndalang taxlamalar, orqa bo'lak ko‘ tarilgan, qirqmalarning tomon lari ustma-ust chiqqan, yon choklar orqa tomonga surilgan (74-rasm). 74-rasm Sababi: kiyimning orqabo‘lagi kaltalashgan yoki old bo‘lagi uzunlashgan. Bartarqf etish: yelkali kiyimda chok haqi hisobiga orqa bo'lakning tepa qismi uzaytiriladi, orqa bo‘lak yon choklar bo‘ylab tepaga suriladi, old bo'lakning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (74-rasm, a). Belli kiyimlarda ham shu ishlar bajariladi: chok haqi hisobiga orqa bo‘lak uzaytiriladi, old bo‘lak kaltalashtiriladi, bel chizig‘i botiqroq o‘yiladi (74-rasmlar, b, v). Nuqson: yelkali kiyimda old bo‘laklar tepaga ko‘tarilgan va uchlari bir-birini ustiga chiqqan, yon chiziqlarga qiya taxlamalar yo'nalgan, orqa tomonda etagi oyoqlarga yopishib turadi, yoqa bo’yindan ajralib turadi, yon chiziqlar old tomonga surilgan. Belli kiyimlarda orqa qismi, bel chizig‘ida ko‘ndalang taxlamalar hosil qiladi, orqada qirqma tomonlari ochilib, old tomonga ustma-ust chiqadi (75-rasm). Sababi: kiyimning old qismi kaltaroq, orqa qismi esa uzun- roq. Bartaraf etish: yelkali kiyimlarda choklar haqi hisobiga old bo‘lakning tepa qismi uzaytiriladi, yoki u yon choklar bo‘yIab tepaga ko'tariladi, orqaning tepa qismi kaltalashtiriladi yoki barcha usullar bir vaqtda bajariladi (75-rasm, b). Belli kiyimlarda (yubka, shimlarda) ham shu kabi ishlar bajariladi. Yubkalarda choklar hisobiga old bo‘lak uzaytiriladi, shimlarda esa old detallari, orqa detal kaltalashtiriladi, bel chizig'i chuqurlashtiriladi yoki kiyimning orqa qismi yon choklar bo‘ylab past tomonga suriladi (75-rasm, v, g). Detallarda bo‘sh taxlamalar Nuqson: orqa yoki old bo‘lakning o‘rta qismida, yoqa ostida (85-rasm), yubkaning tepa qismida, shimning o‘rta choki sohasida (86-rasm) bo‘sh gorizontal taxlamalar yuzaga kelgan. Sababi: detaining ayrim uchastkalarida bo‘ylama o'Ichamlar kattalashgan. Bartaraf etish: detaining nuqsonli uchastkalari kichraytiriladi. Download 129.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling