Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi


Download 187.93 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi187.93 Kb.
#1599550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi

XULOSA
XIX asrning oxirlari — XX asr boshlarida saklar tarixining o’rganilishida manbashunoslik yo’nalishi vujudga kelib, 1940 yillar o’rtalariga qadar tarix fanida yetakchi o’rin olgan. Sharqshunoslar asarlarida taxlil qilingan yozma manbalar sak-massagetlar tarixining ayrim siyosiy voqealari, ko’chmanchilarning turmush tarzi, e’tiqodlari, qurol-yarog’lari va xarbiy usullarini o’rganishga imkon bergan. Ammo yozma manbalarda aks ettirilgan ma’lumotlar ilk saklarning madaniyati, tarixiy va etnik geografiyasiga doir masalalarni muayyan darajada yetarlicha ochib berishga xizmat qilmagan. XX asrning 40 yillari o’rtalaridan - 80 yillar oxiriga qadar olib borilgan keng qamrovli dala-arxeologik tadqiqotlar tufayli quyi Sirdaryo xavzasida joylashgan Uygarak, Janubiy Tagisken. Chirikrabot va Jegiosar yodgorliklarining materiallari asosida “Sharqiy Orolbo’yi saklar’’ ning madaniyati xamda so’ soxil quyi Amudaryoning Sariqamish bo’yidagi Quyisoy 2 manzilgoxi va Sakarchaga mozor-qo’rgonlarida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar bo’yicha “saklar-xorazmliklar” va “Janubiy Orolbo’yi saklari” kabi tushunchalar tarix faniga tadbiq etildi.
Mil. avv. VII-VI asrlarda Orolbuyi xududlarida joylashgan ilk saklar kadimgi tub joyli axolining chorvachilik xujaligi an’analarini davom ettirishgan. Orolbuyining sharkiy kismida (kuyi Sirdaryo) yashagan kabilalar yarim kuchmanchi turmush tarziga zga edil ar. S arikamishbuyi Amudaryoning Dovdon voxdsida istikomat kil gai chuponlar jamoapari yarim utrok va utrok chorvadorlardan iborat bulgan.
Yozma va arxeologik manbalar ma’lumotlarining qiyosiy taxlili natijasida sak-massagetlarning tarixiy etnageografiyasiga oid masalalar yangi asorlarda ochib berilgan. Shunga ko’ra Sharqiy Orolbo’yi va Shimoliy Qizilqum oralig’ida “So’g’d ortida saklar’’ni, Sariqamishbo’yi yerlaridagi Amudaryoning Dovdon va Daryolik kabi eski o’zanlari voxalarida "saklar-xorazmliklar” yoki ‘xorasmiylar’’ni, Sariqamish ko’li va Kaspiy dengsizi oralig’i xududlarda “saka tigraxaudalar”ni, Uzboy o’zani o’ng va so’l soxil dashtlarida massagetlar tarkibiga kirgan apasiak va derbiklar qabilalarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ilk saklarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi kundalik mashg’ulotlar va xo’jalik ishlari (chorvachilik, chorvachilik- dexqonchilik, ovchilik, baliqchilik, xunarmandchilik va konchilik) vazifalariga ko’ra ishlab chiqarish jarayonida jamoalarning o’rtaxol va oddiy a’zolari katta axamiyatga ega bo’lishgan. Chorvadorlar jamiyati asosini katta patriarxal (ota- o’gillar) oila tashkil etgan. Umumiy ajdoddan kelib chiqqan bunday oilalar urug’ tizimida birlashgan. Urug’ jamoalari qabila tarkibiga kirgan. Xududiy va qarindoshlik aloqalari qatorida urug’-qabilaviy urf-odatlar va umumiy e’tiqodlar eng muxim birlashtiruvchi omil bo’lgan.
Orolbo’yi ilk saklarning ijtimoiy tuzilishida jangchi- cho’ponlar, koxinlar, katta oila va urug’ boshliqlari xamda qabila yo’lboshchilari kabi turli qatlamlar o’zlarining mavqei, amaliy bilimlari, tashkiliy faoliyati va jamiyat xayotidagi o’rni bilan ajralib turgan. Boshqaruv tizimi “xarbiy demokratiya” tamoyillariga asoslangan. Urug’-qabila oqsoqollari kengashi va jamoalar yig’ilishida muxim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muxokama qilingan.
Sak qabilalarining tarixida tashki aloqalar, shimolda yashagan dasht chorvadorlari va O’rta Osiyoning janubiy voxalari ziroatkorlari bilan o’zaro madaniy-iqtisodiy munosabatlar o’z dolzarbligi bilan ajralib turgan. Bu aloqalarga Ustyurt chinki va quyi Sirdaryo orkali Yevroosiyo dashtlariga o’tgan yo’llar, Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari bo’ylab xamda Uzboy o’zani va Sharqiy Kaspiybo’yi sohillaridagi mintaqalararo tranzit yo’llarining janubiy tarmoqlari xizmat qilgan.
Shu bilan birgalikda ilk sak qabilalarining e’tiqodlari va diniy qarashlari ilgaridan dasht qabilalari orasida avloddan-avlodga meros bo’lib kelgan totemizm marosimlarida, olovga, suvga, o’simliklarga va tabiat kuchlariga sig’inish xamda magiya e’tiqodlari va rivoyat tasavvurlarida namoyon bo’lgan. Saklarning urf-odatlarida chorvachilik marosimlari katka o’rin egallagan. "Avesto” da chorva zotlari bilan bog’lik bo’lgan “tuyakash", “sariq tuya egasi”, “kulrang otli”,

Download 187.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling