Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi


Ko’zaliqir ichki qal’asida me’morchilik inshootlarining mavjudligi va aksincha, “past shaxar” qismida ular


Download 187.93 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi187.93 Kb.
#1599550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi

Ko’zaliqir ichki qal’asida me’morchilik inshootlarining mavjudligi va aksincha, “past shaxar” qismida ular qurilmaganligi belgilariga ko’ra, xuddi shunday tarx Chirikrabot qurilishida takrorlangan. Mudofaa devorlari bilan o’ralgan shaxar xarobalarining katta qismida turarjoylar aniqlanmagan. Ular faqat ichki qal’a-qarargox, qismida bor.
Shunga o’xshash xolat o’ng soxil Xorazmda Bozorqala va Kazakliyotgan shaxarlarning bunyod etilishida namoyon bo’lgan. Ular mil. avv. V asrda qurilgan. E.E. Nerazik fikriga ko’ra, bu shaxarlar axamoniylar davlati chegaralarida tayanch xarbiy istexkomlar sifatida qurilishining extimoli bor.
Bizning fikrimizcha, ular Ko’zaliqir va Chirikrabot singari tevarak axoli va podalari uchun mudofaa inshooti - panagox vazifasini bajargan. Chirikrabotning yana bir xususiyati shundaki, uning ichki qal’asida xom g’ishtdan qurilgan katta dafn inshootlarining koldiqlari joylashgan. O’z paytida buning sabablarini S.P. Tolstov ochib berishga xarakat qilgan olimning yozishicha, qal’a ichidagi “bir tup go’rtepalari qadimgi shaxarning eng ko’xna qismi bo’lsa kerak. Bu go’rtepalar qad ko’targandan keyin ularning atrofi qadimgi qasrning to’g’ri to’rtburchakka yaqinlashib ketuvchi devori bilan o’rab olingan. Bu qasrning nima maqsadda qurilganligi bizga qorong’u. Balki unda podshoxlarning maqbaralarini qo’riqlagan sak garnizoni joylashgandir”.
Podshoxlar maqbaralari” deganda sak urug’-qabila sardorlarining dafn inshootlari nazarda tutilgan. Bizningcha, Chirikrabot o’rnida avval sak qabilalari yo’lboshchilarining urug’ xilxonasi joylashgan, Mil, avv, V-III asrlarda ularning atrofi mudofaa devorlari bilan mustaxkamlanib, katta istexkomga asos solingan.
Dafn inshootlari ichida, bir katta dumaloq maqbara (diametri 38,5 m, balandlngi 8,5 m) xarobalarida qazishma ishlari amalga oshirilgan. Xalqasimon maqbaraning markazida xom g’ishtdan to’rtta katta to’rtburchak xilxona qurilgan. Bunday me’morchilik tarixining ildizlari (tashqi qismi xalqasimon, markazi xom g’ishtdan qurilgan to’rtburchak inshoot) so’nggi bronza davriga oid Shimoliy Tagisken makbaralarida ko’rish mumkin.
Biroq bunday tarx, ancha ilgari rivojlanib, mil. avv. III ming yillik oxirlari - II ming yillik boshlarida Uraldagi chorvadorlar madaniyatiga oid Arkaim manzilgoxi va Janubiy Baqtriyaning Dashtli 3 ibodatxonasida o’z aksini topgan. Qiyoslash uchun, Arkaim markazini to’g’riburchak maydon tashkil etgan, uning aylanasimon atrofi (diametri 85 m) devorlar bilan o’rab olingan, ikkinchidan (tashqi) xalqa mudofaa tizimining diametri 145 metrni tashkil etgan. Devorlar yogoch va loydan qurilgan.
Dumaloq me’moriy tarx, Baqtriyada nafaqat bronza davrida, balki ilk temir asrida Qutlug’tepa ibodatxonasida xamda katta va o’rtamiyona Oltindilyor, Otchopor va Talashkan kabi qal’alarda qo’llanilgan. Xorazmda bunday binokorlik yondashuvini mil. avv. IV asrda Qo’yqirilgan qal’asining barpo etilishida kuzatish mumkin.
Chirikrabot madaniyati Orolbo’yi saklarining so’nggi davri tarixiga oid bo’lib, me’morchilik, binokorlik soxalari va moddiy madaniyatdagi tub o’zgarishlar va yangiliklardan dalolat beradi. Misol uchun, Chirikrabot mozor qo’rg’onlarining o’rganilishi natijasida saklarning xarbiy ishi, qurollanishi, yarog’-aslaxasiga kiruvchi qurollar tarkibi mavzusiga oidligi saxifalarni ochib berishga imkon yaratildi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Orolbo’yida ishlab chiqarish xo’jaligi shakli chorvachilikka o’tish O’rta Osiyo janubiy viloyatlariga nisbatan ancha keyinroq boshlangan. Bu xodisa turli tabiiy-geografik o’lkalarda joylashgan qabila- larning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan belgilaigan.
Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab quyi Amudaryo va quyi Sirdaryo xududlarida o’zlashtiruvchi ozuqa maxsulotlarining serobligi, ya’ni tabiatda mavjud maxsulotlar ovchilar va baliqchilar jamoalarining extiyojlarini talab darajasida qondirgan. Shu tariqa ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy-madaniy soxalaridagi ixtirolar sust darajada taraqqiy topgan. Ushbu xolatlar ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelish davrini belgilab bergan.


Download 187.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling