Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi


Download 187.93 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi187.93 Kb.
#1599550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi

7.Ilmiy ahamiyati. Mavzu vazifasida qayd qilingan masalalarning mazmun va mohiyatini ilmiy ahamiyati quyidagicha:
-Xorazm vohasi qadimgi davrini geografik xolati, aholining joylashishi xususiyatlari yoritildi;
-Janubiy Orolbo‘yi bronza davri chorvador qabilalarning joylashishi jarayonlari izohlandi;
-Temir va antik davr chorvadorlarini o‘troq aholi bilan aloqalari tarixi taxlil qilindi;
-Mozor – qabrlarning arxeologik izlanishlar natijasida olingan moddiy ashyolar asosida milodiy IV asrgacha etnik munosabatlarga aniqlik kiritildi.
-Xorazm vohasi bronzadan milodiy IV asrgacha chorvadorlar tarixi umumlashtirilgan yaxlit tadqiqot yaratildi.
8.Amaliy ahamiyati. Magistrlik mavzusida qayd qilingan tarixiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy tizimida o‘quv yurtlari bakalavriat tarix yo‘nalishlari, umumta’lim va lisey-maktablarda O‘zbekiston tarixi, Qadimgi davr tarixini o‘rganishda foydalanish imkoniyati mavjud.
9.Xronologik davri. Tadqiqotning xronologik davri bronza davridan - milodiy IV asr.
10. Ishning tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati xamda ilovalardan iborat.

I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi.
1.1 Quyi Amudaryo xavzasi va Sariqqamishbo’yi geagrafik xolati va chorvador qabilalarning manbashunosligi.
Orolbo’yi xududlarida faol taraqqiy topgan cho’ponlar jamoalari hamda chorvachilik-dexqonchilik xo’jalik shakllariga asoslangan jamiyat ilk ko’chmanchi chorvachilik vujudga kelishidan ilgari bronza davrida paydo bo’lgan. Shu davrda Orolbo’yi qabilalari O’rta Osiyoning o’zga dexqonchilik viloyatlari va qadimiy sivilizatsiya markazlari bilan o’zaro iqtisodiy- madaniy aloqalari tarixiy sharoitida rivojlangan. Mazkur masala aloxida muammo bo’lib, uning hal qilinishi odatda mintaqada qadimdan xo’jalik-madaniy turlarining rivojlanishi tarixiy qonuniyatlari bilan bog’liq holda talqin qilingan12. Orolbo’yida chorvachilikning aholi xayotidagi qadimdan muxim tutgan o’rnini xisobga olib, bu xo’jalik soxasining kelib chiqish omillari va xususiyatlariga to’xtalib o’tish zarur, negaki bu muammo yetarli darajada ochib berishmagan.
Mazkur tadqiqotning oldingi sahifalarida Sharqiy Orolbo’yi qabilalarining turmush tarzi va xo’jaligi shakllariga geografik muxit va Quyi Sirdaryo irmoqlari faoliyati ta’sirining axamiyati qayd etildi. Janubiy Orolbo’yida qadimgi axolining xayoti quyi Amudaryoning Oqchadaryo, Sariqamish bo’yi va Orolbo’yi eski o’zanlari faoliyati bilan belgilangan edi13.
Qulay tabiiy geografik sharoitning mavjudligi sababli janubi-g’arbiy Orolbo’yi xududlari (Ustyurt chinki, Sulton Uvays tog’i yonbag’irlari) inson tomonidan juda erta, qadimgi tosh davri - paleolit va mezolit davrida o’zlashtirilgan14. O’ng sohil Amudaryoning Oqchadaryo o’zani bo’ylab bronza davri makonlarining o’rganilishi natijasida (Tozabog’yob madaniyati) mil. avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib Janubiy Orolbo’yida chorvachilik-dexqonchilik xo’jaligining vujudga kelishi aniqlandi. Tozabog’yob madaniyatining qo’lda ishlangan va sirti geometrik naqshlar bilan bezatilgan sopol idishlari xamda bronza buyumlari Volga bo’yi Srubnaya (Yog’ochband) madaniyati, Ural, Qozog’iston va Sibirda yoyilgan bronza davri Andronovo madaniyati arxeologik materiallari bilan qiyoslanib, ular o’rtasidagi o’xshash jixatlar qayd etilgan.
S.P. Tolstovning yozishicha, Tozabog’yob davrida ovchilik va baliqchilik o’z axamiyatini saqlab turgan bo’lsada, lekin bu davrda qo’y- echkilar, qoramollarni boqish va otlarni urchitish yetakchi o’rin egalladi15. Shu xulosa Orolbo’yida chorvachilikning paydo bo’lish davrini aniqlash masalasini muqarrar ilgari surdi.
O’z paytida Kaltaminor davri so’ngi bosqichiga oid Quyi Sirdaryodagi nomsiz makondan uy xayvonlari (qo’y, sigir) suyaklarining topilishi xaqidagi axborot diqqatga sazovor bo’ldi. uni xisobga olgan B.M. Masson o’z monografiyasining “Ishlab chiqaruvchi iqtisod va uning genezisi. Neolit inqilobining yo’nalishlari” deb nomlangan qismida shunday yozgan: “Neolit davrida O’rta Osiyoning keng xududlarini Kaltaminor madaniyati qabilalari egallab turgan, uning so’nggi bosqichida yirik va mayda shoxli uy xayvonlarining bor bo’lgani aniqlangan” xamda shu fikr davomida tadqiqotchi mazkur voqeaga muvofik xayvonlarni xonakilashtirish jarayonining boshlanishi ilk Kaltaminor davriga to’g’ri kelganligi extimoldan xoli emas, keynroq bu o’lkalarda dasht bronza davri chorvachilik-dexqonchilik madaniyatlari ravnaq topgan, deb xulosa chiqargan.
Shunga ko’ra Orolbo’yida chorvachilikning kelib chiqishi Kaltaminor madaniy xo’jalik merosi sifatida talqin qilingan. Biroq Orolbo’yi shimoliy-sharqidagi nomsiz makonda qo’y va sigir suyaklarining aniqlanishiga doir ma’lumot V.M. Masson tomonidan yetarlicha baxolanmagan va tanqidiy ko’rib chiqilmagan. Ko’p yillar davomida Orolbo’yi neolit davri yodgorliklarini o’rgangan A.V. Vinogradov bu makonning Kaltaminor madaniyatiga mansubligini inkor etgan.
XX asrning 60-80 yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, Orolbo’yi, ichki Qizilqum xamda quyi Zarafshon sarxadlarida yashagan va Kaltaminor etnomadaniy birligini tashkil etgan turli qabilalar guruxlari sirayam bir xil ko’rinishdagi madaniyat soxiblari bo’lmasdan, madaniy-xo’jalik rivojlanishi jixatidan o’z xususiyatlariga ega bo’lishgan. Bundan Y.G’. G’ulomov, U.I. Islomov va A.A. Asqarovlar tomonidan quyi Zarafshon neolit davri yodgorliklarining (Tuzkon, Darvozaqir) o’rganilishi natijalari darak berdi. Makonlarning madaniy qatlamida ko’pdan-ko’p baliq suyaklari, jayron, yovvoyi ot, to’ng’iz, bug’u va yovvoyi parranda suyaklari topildi16, Shu tariqa neolit davri madaniyatlarining maxalliy variantlari haqidagi masala ilgari surildi17.
Kaltaminor madaniyati Jonbos 4 makonida ko’p sonli baliq suyaklari aniqlangan18, shuningdek, turli yodgorliklarda jayron, yovvoyi buqa, yovvoyi cho’chka va tuya, bug’u, quyon, tulki va yovvoyi parrandalarning suyaklari topilgan. Eng avvalo, Jonbos 4, qavat 7, Jonbos 32 va Tumekkichijik kabi makonlarda uy Xayvonlari suyaklarining butunlay yo’qligi qayd etilgan. Yovvoyi fauna to’qayda va butazorlarda yashovchi to’ng’iz va bug’ular xamda ochiq dasht va cho’l landshaftiga xos bo’lgan yovvoyi tuya, qulon va sayg’oq, dasht qo’yi va jayron suyaklaridan iborat bo’lib, mazkur muxim dalillar ovchilik xo’jalik shaklining yetakchiligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Qadimgi Sharq tarixining xayvonlarni xonakilashtirish jarayonlarida avval qo’y-echki, so’ng yirik shoxli qoramol chorvachilik xo’jaligi asosiy negizni tashkil qila boshlagan. Orolbo’yi neolit davrida na qo’y-echkilar, na yovvoyi buqa (tur) qo’lga o’rgatilmagan bo’lsa kerak.
Buning sabablari talaygina. Amudaryoning Sariqamish bo’yi xamda Oqchadaryo o’zanlarida baxor va yoz mavsumlarida suv satxining ko’tarilishi oqibatida daryo irmoqlari tevaragida ko’p sonli kichik ko’llar va botqoqliklar xosil bo’lgan. Ularning soxil atroflari qamishzor, butalar va to’qayzorlar bilan zich qoplangan. Bunday sharoitda odamlarning turarjoylari (kulbalar, chaylasimon uy-joylari) daryo irmoqlaridan birmuncha uzoq masofada barpo ztilgan.
Bizningcha, xayvonot olamining boyligi, ko’llarda baliqlar – cho’rtan, sazan, laqqabaliq, olabug’a va boshqalarning serobligi xamda suvda suzuvchi qushlarning mavjudligi neolit davri jamoalarining iste’mol ozuqa maxsulotlariga bo’lgan kundalik extiyojlarini qondirgan. Shu sababli ishlab chiqarish xo’jaligi shakllaridan biri chorvachilikka o’tish zaruriyati vujudga kelmagan. Bunga oid bilim va tajriba xam ma’lum bo’lmagan. Zarafshon voxasida chorvachilik ilk ko’rinishlarining paydo bo’lishi19, Markaziy Farg’onada xam ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi20 masalasi ilgari surildi.
Shu muammoni ko’rib chiqqan M.A. Itina Orolbo’yi qabilalari chorvachilik xo’jaligi soxasiga mil. avv. III ming yillikning birinchi yarmida o’tish boshlagan deb, bu jarayonda O’rta Osiyo janubida juda erta shakllangan ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan mashg’ul bo’lgan jamoalarning Orolbo’yida baliqchilar, ovchilar va termachilardan iborat axoliga madaniy ta’siri, shubxasiz, katta bo’lganligini uqtirib o’tgan. Tadqiqotchining fikriga ko’ra, mahalliy axoli xo’jalik soxasidagi yangi ko’nikmalarni o’ziga olib rivojlantirishga tayyor b’lgan, ya’ni Orolbo’yi axolisi yuqori darajada taraqqiy topgan ovchilar-baliqchilar jamiyati sifatida tavsiflangan21. Bunda muvofiq tajriba va bilimlarning mavjudligi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi xam katta axamiyat kasb etgan.
Xuddi shunday, quyi Zarafshon voxasida yashagan axolining neolit davri madaniy-xo’jalik an’analaridan mil. avv. III-II ming yilliklar chegarasida (Zamonbobo madaniyati) chorvachilik va qayir dexqonchilik xo’jaligiga o’tish yo’nalishi A.V. Vinogradov tomonidan qayd etilgan. Tadqiqotchining aytishicha, O’rta Osiyoning janubiy viloyatlari bilan o’zaro aloqalar asosida Amudaryo va Sirdaryo oralig’i dashtlarida yashagan qabilalar tomonidan kichik shoxli chorvani xonakilashtirilganligi extimoldan xoli emas, lekin bu yangilik oziq-ovqat maxsulotini qo’lga kiritishning muxim manbaiga aylanmagan22.
Ushbu muloxazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, xunaradandchilik va xo’jalik soxalaridagi yangi kashfiyotlar xamda madaniy yutuqlar nafaqat o’zaro iqtisodiy aloqalar oqibatida, balki axoli guruxlarining tashqi migratsiyalari sababli xam madaniy-xo’jalik jixatdan qoloq o’lkalarda ilg’or madaniy an’analar yoyilishi mumkin edi.
V.I. Sarianidi Baqtriya va Zamonbobo madaniyati bronza davriga oid arxeologiya materiallarini qiyoslab, ular orasidagi muayyan o’xshash jixatlarni aniqlagan xolda, baqtriyaliklarning Qizilqum yo’nalishidagi migratsiyalarini qayd etib o’tgan. Bu borada A.A. Asqarovning Baqtriya Sopolli madaniyati axolisining quyi Zarafshon voxasiga migratsiyasiya to’grisidagi fikr-muloxazalari e’tiborga molik. Bunday migratsiyalar Qizilqum mis konlarini o’zlashtirish va xom-ashyo manbalarini qo’lga kiritish zarurati bilan bog’liq bo’lishining extimoli yuqori.
I.N. Xlopin O’rta Osiyoning dasht viloyatlarida chorvachilikning vujudga kelishida janubiy madaniyatlar ta’siri va tashqi migratsiyalarga katta axamiyat bergan. Tadqiqotchining yozishicha, mil. avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib, xozirgi jaiubi-garbiy Turkmanistondagi Kopettog’ shimoliy yonbag’irlarida, Qoraqum, janubiy chegarasidagi tor tekislikda yashagan axoli sonining ortib borishi natijasida ularning migratsiyasi boshlangan. Dasht xududlariga yetib borgan qabilalar mayda chorva podalarini xaydab kelishgan. Yuqori madaniy xo’jalik doirasidan chiqqan kelgindilarning maxalliy axoli guruxlariga duch kelishi oqibatida, chorva boqishga qulay dasht sharoitida xo’jalik rivoj topgan. Bu fikrning biryoqlama xususiyatini tanqidiy ko’rib chiqqan M.A. Itina. Orolbo’yi Tozabog’yob madaniyatining Srubnaya- Andronovo dasht chorvador qabilalari bilan aloqadorligini qayd etib, shu qatori Xorazm voxasida sug’orma dexqonchilik xo’jaligining muxim axamiyatiga e’tibor bergan23.
S.P. Tolstov, o’zining Xorazmdagi dastlabki tadqiqotlaridan boshlab tozabog’yobliklar xo’jaligining dexqonchilik yo’nalishini qayd etib o’tgan24. Shu sababli bronza davri Janubiy Orolbo’yi axolisi xayotidagi chorvachilik va dexqonchilik o’rnining o’zaro nisbati masalasi vujudga keldi.
B.V. Andrianov Amudaryoning Oqchadaryo deltasi janubiy qismida bronza davri sun’iy sug’orilishining tuzilishida ancha taraqqiy topgan ariqlar va dalalar tizimining mavjudligini qayd etib, mazkur davr xo’jaligi soxasida dexqonchilik- ning yetakchi axamiyatini uqtirib o’tgan25.
M.A. Itinaning fikriga ko’ra, Ko’kcha - Jonbos guruxi manzilgoxlarida ya- shagan jamoalar sodda qair dexqonchilik usulida faoliyat olib borishgan. Ular sun’iy sug’orish maqsadida qanal va ariqlar barpo etishni o’rganishgan, qanallardan boshlangan ko’p tarmoqli ariqlar tizimi katta uzunlikni tashkil etgan26. Bizningcha, bu fikr Tozabog’yob madaniyatining maxalliy aholining kelgindi Andronovo chorvador qabilalari bilan ko’rishib ketishi natijasida paydo bo’lishi xaqidagi g’oyani inkor etadi, negaki andronovoliklar sun’iy sug’orish uslubidan bexabar bo’lganlar.
Andronovo madaniyati qabilalari chorvachilik qatorida daryo o’zanlari xosil beradigan nam yerlarda arpa va bug’doy ekishgan, yetishtirilgan xosil bronzadan ishlangan o’roqlar bilan o’rib olingan, ammo ularning xayotida chorvachilik oziqlanishning asosiy manbasiga aylangan27. Shu bois dasht chorvador qabilalari mavsumiy ko’chib yurishgan. Andronovo madaniyati xo’jaligi, odatda, “cho’pon-dexqonlar” xo’jaligi xisoblanadi va ilmiy adabiyotlarda uning xududiy doirasiga Orolbo’yi xam kiritiladi28.
Shu omillarga ko’ra, bronza davri Orolbo’yi jamolarining oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlanish jarayonida chorvachilik yetakchi axamiyat kasb etgan bo’lishi kerak. Bu fikrni isbotlab berish uchun muayyan dalillarni keltirish lozim.
Mil. avv. II ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmiga oid Tozabog’yob madaniyatlari Janubiy Oqchadaryo o’zani atroflaridagi Jonbos va Ko’kcha qirlari oralig’ida xdmda Jonbos tepalikdan g’arbda Oqchadaryoning so’l soxillarida joylashgan (umumiy soni 70 ta yodgorlik)29. Shuningdek, Shimoliy Oqchadaryo va Sirdaryoning Jonidaryo o’zani bilan tutash xududida 25 ta makon aniqlangan30.
Shimoliy Okchadaryo havzasida sun’iy sug’orish tarmoqlari, qanal va ariqlarning izlari topilmagan, makonlar qum tepaliklarning yonbag’irlarida joylashgan. Shu sababli, M.A. Itinaning yozishicha, Shimoliy Okchadaryo axolisi chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar, Janubiy Oqchadaryo havzasida, aksincha, dexqonchilik ustunlik qilgan31. Shunday bo’lsada, Janubiy Oqchadaryo o’zanining irmoqlari tevaragidagi joylarni, birinchidan, to’qayzor o’simliklari, butalar zich o’rab olganligi, ikkinchidan, ularning atrofida mavjud tekis hosildor yerlar qum tepaliklar bilan chegaralanganligini xisobga olganda, dexqonchilik maqsadida ekin maydonlari cheklangan dalalardan foydalanish mumkin edi. Bizningcha, bunday sharoitda dexqonchilik soxasi jamoalari xo’jaligi tizimida yordamchi vazifani bajargan. Tozabog’yob madaniyatiga mansub turarjoylar (yarim yerto’ladan iborat kulbalar) va makonlarning joylashish xususiyatlari etiborga molik. Ba’zi aloxida saxalarida bronza davri sopol idishlarining parchalari topilgan. Bunday joylarda qisqa mavsumiy foydalanish maqsadida chaylalar qurilgan. Ulardan dasht yaylovlarida chorvani boqqan cho’ponlar foydalanishgan, Tozabog’yob davri uy xayvonlari tarkibida mayda chorva ustunlik qilgan32.
A.A. Asqarovning yozishicha, Xorazm arxeologik ekspiditsiyasi xodimlarining bronza davri tarixiga doir ba’zi bir ilmiy farazlari o’z isbotini topmadi, yangi ma’lumotlarga ko’ra, Tozabog’yob va so’nggi bronza davriga oid Amirobod madaniyati davrida (mil. avv. X-VIII asrlar) Xorazm voxasida yirik sun’iy sug’orish inshootlari mavjud bo’lmagan, tozabog’yobliklar va amirobodliklar birinchi galda chorvadorlar edi33.
Bunga tegishli S. Baratovning yozishicha, quyi Amudaryo axolisining asosiy xo’jalik faoliyati, ya’ni chorvachilik uslubi sun’iy sug’orish-irrigatsiya inshootlarini bunyod etishni talab qilmagan, sug’orish tizimini yaratish zarurati xo’jalik maqsadiga muvofiq bo’lib, ko’p sonli aholi resursining mavjudligi, texnologiya, bilimlar darajasi va markazlashgan boshqaruv bilan belgilanadi. Bunday xo’jalik zarurati va unga muvofiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizim bronza davri dasht qabilalari jamiyatida namoyon bo’lmagan34.
Inson tomonidan qadimdan o’zlashtirilgan Orolbo’yi xududlarida antiq davr va o’rta asrlarda xam irrigatsiya jadal rivojlangan. Shu tariqa turli davrlardan izlari saqlanib qolgan eski qanallar va ariqlar bo’ylab bronza davri manzilgoxlarining topografiyasi, ya’ni joylashuviga ko’ra, mazkur sun’iy sug’orish inshootlari aynan bronza davrida vujudga kelgan, deb xulosa chiqarish mumkin, lekin bunday fikr nisbiy bo’lib, uning xaqiqatga to’g’ri kelmaslik extimoli bor.
Tozabog’yob madaniyatining boshlang’ich sanasi (mil. avv. XVI asr) inobatga olingan xolda35, mavjud ashyoviy dalillarga ko’ra, mil. avv. VII asr oxirlariga qadar, ya’ni 800 yil mobaynida Orolbo’yi axolisining xo’jaligi, turmush-tarzi va moddiy madaniyati sust sur’atda o’zgarib turishini ko’rish mumkin. Bu quyidagi maxalliy-madaniy an’analari bilan ajralib turgan: sinch ustunli yarim yertulali kulbalar va yengil chaylalarda yashash odati, Tozabog’yob - Amirobod - Quyisoy madaniyatlari; manzilgoxlar mudofaa devorlari bilan o’rab olinmaganligi, xom g’isht-paxsa binokorligi va me’morchilik usullarining faqat Shimoliy Tagisken dafn inshootlarida ifodalanishi, biroq ularning turarjoylar va boshqa jamoatchilik qurilishida qo’llanilganligi; sopol idishlarning qo’lda tasma uslubi yordamida yasalishi, kulolchilik charxi ma’lum bo’lmaganligi xonaki xunar kasbining yetakchi axamiyati, ixtisoslashgan Xunarmandchilik soxalarining ilk ko’rinishlari bronza va temir metallurgiyasi xamda metallga ishlov berish jarayonida namoyon bo’lishi. Bu masalaning ayrim jixatlari X.Matyaqubovning ishida xam ko’rib chiqilgan, tadqiqotchining ta’kidlashicha, S.P. Tolstov, B.V. Andrianov va M.A. Itinalarning nashrlarida Xorazm voxasidagi bronza davri dexqonchilik madaniyati rivojlanishi darajasi (ekin dalalar va sun’iy sug’orish tizimiga tegishli o’lchov ko’rsatkichlarini) birmuncha oshirib yuborilgan, shuningdek, parvarish qilingan ekinlarning turlari aniqlanmagan, don qoldiqlari (arpa, bug’doy, suli, tariq) topilmagan36. Bu borada shuni aytib o’tish kerakki, Xorazm ekspeditsiyasining deyarli 50 yillik tadqiqotlari davomida bronza davrida madaniylashtirilgan boshoqli o’simliklarning donlari xamda qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlashga mo’ljallangan omborxonalarining topilmaganligi e’tiborga molik. M. A. Itina turar-joylarda xo’jalik o’ralarining topilganligi to’g’risida yozib, ammo ular ichida mavjud bo’lgan narsalarning izlari saqlanmagan, deb izox bergan.
So’nggi bronza davrida (mil. avv. X-VIII asrlar) o’ng soxil Amudaryoning Oqchadaryo qirg’oklari bo’ylab Amirobod madaniyati manzilgoxlari vujudga kelgan. Ular Yakka Parson 2 va Qavat 2 yodgorliklari misolida kengroq o’rganilgan. So’l soxil Amudaryo Sariqamishbo’yi xududlarida Amirobod madaniyati yodgorliklari aniqlanmagan. Shuningdek, bu davrda quyi Sirdaryoning Inkardaryo o’zani atroflarida chorvador qabilalari yo’l-boshchilarining maqbaralari bunyod etilgan.
Amirobod davrida manzilgoxlar biroz yiriklashgan, masalan, Yakka Parson 2 yodgorligida 16 ta yarim yerto’lali turarjoylar qazib ochilgan. Ularning ayrimlari 2-3 yarim yerto’ladan iborat. Bu tarixiy bosqichda xam chorvadorlarga xos bo’lgan uy-joylardan foydalanilgan. Sharqiy Orolbo’yi sarxadlarida chorvadorlarning mavsumiy makonlari aniqlangan. Barcha madaniy belgilariga ko’ra, Orolbo’yida chorvachilik xo’jaligi yetakchi soxa bo’lib, uning o’troq yarim o’troq va yarim ko’chmanchi shakllari rivojlangan.
Bronza davrida O’rta Osiyoning dasht va tog’oldi xududlarida chorvachilik keng yoyildi. Bunga mil. avv. II ming yillikning Andronovo madaniyati qabilalarining migratsiyalari sabab bo’lgan. Ular Toshkent voxasi, Farg’ona vodiysi va Zarafshon voxasiga kirib kelganlar. Dasht chorvadorlarining boshqa guruxlari Janubiy Orolbo’yi orqali Marg’iyona va Baqtriya xududlariga yetib borishgan37. Shu tariqa mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo va Qozog’iston dashtlarida chorvachilikning turlicha shakllari rivoj topib, ular tabiiy-geografik sharoit bilan belgilangan. Orolbo’yida xam so’nggi bronza davridan boshlab chorvachilik bilan shug’ullanish etakchilik qilib kelgan. Cho’ponlar o’z chorvalarini dastlab kichik doiradagi yaylovlarda boqishgan. So’ngra yaylovlarning xududlari kengayib borgan.
Bu borada tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari e’tiborga molik. Masalan. Qozog’istonning markaziy va g’arbiy qismida siyrak o’simlik va chuchuk suv resurslarining kamligi ko’chmanchi chorvachilik paydo bo’lishiga zamin yaratgan. Aksincha, janubi- sharqiy viloyatlarda (Yettisuv), doimiy suv bilan ta’minlanish, ya’ni daryolar mavjud sharoitdagi 100-200 km xududiy doirasida yarim ko’chmanchi chorvachilik rivojlangan38.
Bizningcha, sharqiy va janubiy Orolbo’yi yerlarida suv bilan ta’minlanish darajasiga ko’ra, yarim o’troq chorvachilik va o’troq chorvachilik-dexqonchilik xo’jaligi rivojlanishining imkoni bo’lgan. Shu sababli Orolbo’yi ilk saklarining kelib chiqish muammosini taxqil qilish jarayonida turli omillarni inobatga olish maqsadga muvofiq.
Birinchidan, janubiy-sharqiy Orolbo’yi saklari mozor qo’rgonlarining o’rganilishi natijasida bu qabilalarning Andronovo madaniyati dasht chorvadorlari bilan genetik aloqadorligi va ularning Janubiy Ural savromatlariga yaqinligi qayd etilgan39. Bunday xulosalarga asos bor, negaki tilga olingan dashtda etnomadaniy ildizlar Orolbo’yiga kelgindi chorvadorlarning bosqichma-bosqich kirib kelishi xisobiga shakllangan.
Quyi Sirdaryodagi Uygarak va Janubiy Tagisken mozor qo’rg’onlari ko’chmanchi axoliga tegishli bo’lgan. Bu chorvadorlar yirik o’trok manzilgoxdarda yashamagan, shuningdek, Sharqiy Orolbo’yida sun’iy sug’orish tizimi nisbatan so’nggi davr xodisasi bo’lib, mil. avv. V-IV asrlarda vujudga kelgan. Shu belgilarga ko’ra, bu yerda avvaldan chorvachilik xo’jaligi ustunlik qilgan. Mil. avv. VIII-VII asrlar chegarasida so’l soxil Amudaryoning Sariqamishbo’yi Dovdon o’zani qirlariga quyi Sirdaryodan ko’chib kelgan saklar xam mavsumiy manzilgoxlarda yashagan. Sun’iy sug’orish tizimi ularga ma’lum bo’lmagan.
Tabiiy iqlim sharoitining o’xshashligi xo’jalik tizimining rivojlanishida xam o’xshash jarayonlarning ro’y berishiga sabab bo’lgan. Shu bois chorvadorlar jamiyatida yaqin urf-odatlar, turmush-tarzi, moddiy madaniyat va ijtimoiy tizim shakllangan. Chorvadorlar tarixini qayta tiklash jarayonida qadimgi cho’ponlar jamoalariga mansub amaldagi omillarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari aniqlangan40. Chorvadorlar tomonidan turlicha geografik muxit va tabiiy resurslar o’zlashtirilgan. Ulardan mavsumiy yaylovlar sifatida foydalanish maqsadi bir xil iqtisodiy sabablar, ya’ni tirikchilik manbayi xajmini ko’paytirib, qo’lga kiritish zarurati bilan belgilangan. Shu tariqa muayyan xududlarda demografik omillar (axolining ko’payshi) va chorva podalari soniniig o’sib borish oqibati chorvador qabilalarning joydan- joyga ko’chishiga turtki bo’lgan. Janubiy Orolbo’yida ilk saklarning yoyilishi chorvani boqish maqsadida iqtisodiy doiraning kengaytirish zaruratidan kelib chiqqanligi tabiiy omil edi. Dasht xududlarida ko’chmanchi chorvachilikning shakllanishi natijasida dexqonchilik xo’jaligi ortiqcha maxsulotni qo’lga kiritish jarayonida ikkinchi darajadagi yordamchi soxaga aylanib borgan va ba’zi muqarrar xolatlarda axamiyatini yo’qotib ketgan. Ko’chmanchi chorvachilikning ixtisoslashishi, qadimgi turmush tarzi va tarixiy jarayon sifatida shu xo’jalik soxasiga o’tgan qabilalar orasida qishloq, xo’jaligi va xunarmandchilik maxsulotlariga extiyojini vujudga keltirgan. Bu extiyojni dastavval tashqi aloqalar va ayriboshlash xisobiga qondirish mumkin edi41.
Orolbo’yidagi ilk saklar O’rta Osiyoning janubiy o’troq dexqonchilik axolisi bilan chegara xududlarida yashagan, ular shu joylarda ilgari rivojlangan chorvachilik-dexqonchilik soxasi an’analarini meros qilib olishgan42.
Mazkur muammoni ochib berishda, Orolbo’yi chorvador qabilalarining va, umuman, dashtlarda istiqomat qilgan axoli guruxlarining yana bir mashg’uloti bu foydali qazilmalar, tabiiy boyliklarning ishlab chiqarishdagi o’rni va axamiyatiga e’tibor berish lozim. Odamlarning minerallar. metall tog’ jinsi va tog’lardagi tuz ashyosiga duch kelishi xamda konlarning kashf etilishi ma’lum holatlarda insonlarnig ko’chma turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan. Shu tariqa dashtlar va tog’oldi Xududlarda yashagan chorvadorlar dastlabki konchilarga aylangan. Mavzuning shu yo’nalishida chorvachilik va boshqa mashg’ulotlar nisbatini ochib berishga xarakat qilamiz.
Bronza davri tog’-kon xo’jaligining rivojlanishida Qizilqum va Markaziy Qozog’istondagi tabiiy mis va dalay konlaridan foydalanish muxim axamiyatga ega bo’lgan. Xomashyo va metall yombi savdosi dasht va dexqonchilik qabilalarining o’zaro iqtisodiy aloqalarida katta o’rin tutgan. Adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Qozog’istonda Andronovo madaniyati davridan boshlab tog’-konchilik ishlari jadal rivojlanib bordi. Jezkazgan, Buloq va Bug’uli kabi mis konlarida ma’dan ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, shu sababli chorvadorlarning makonlari va manzilgoxlarida mis va qalay eritish o’choqlari aniqlangan43.
Mis va mineral tosh konlari Orolbo’yi xududlariga tutash Markaziy Qizilqumda xam mavjud bo’lgan44. Chorvadorlar ichida maxsus guruxlarning konchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lishining extimoli yuqori. Bu fikrni Qizilqumda neolit davridayoq mineral tosh konlaridan izchil foydalanila boshlanganligi, ya’ni shu soxada mahalliy an’analarning mavjudligini tasdiqlash mumkin. Qizilqumdagi neolit davri makonlarida feruza va oniks kabi mineral toshlaridan marjonlar yasash ustaxonalari aniqlangan45. Shunday qilib, qazilma boyliklarni qo’lga kiritish jarayoni chorvadorlar- konchilar faoliyatining ish natijalari bo’lib, xomashyoni ishlab chiqarish, jinslarni eritish, metall va minerallarga dastlabki ishlov berish borasida to’plangan ko’nikma va bilimlar avloddan-avlodga meros sifatida o’tkazib berilgan. Orolbo’yi ilk sak qabilalarga nisbatan “chorvador”, “ko’chmanchi”, “yarim ko’chmanchi” kabi tushunchalarning qo’llanilishi ilmiy adabiyotlarda dasht axolisining umumiy belgilanishiga aylangan. Lekin bu mavzuni ochib berishda turli axoli guruxlarining etnografik jixatlarini aniqlash, ularning xo’jalik soxalari va moddiy madaniyatidagi tafovutlarni o’rganish muxim axamiyatga ega.
Orolbo’yi saklari tarixini ikki davrga ajratib taxlil qilish zarurati tadqiqotning oldingi bobida qayd etilgan. Bu tarixning birinchi (ilk) bosqichi mil. avv. VII-VI asrlarga, ya’ni ilk temir davriga oid bo’lib, Janubiy Tagisken, Uygarak, Sakarchaga yodgorliklari xamda Quyisoy madaniyati materiallari asosida yoritiladi. Ikkinchi (so’nggi davr) bosqich mil. avv. V-III asrlarga oid. Uning rivojlanish xususiyatlarini ochib bergan ma’lumotlar Jetiosor va Chirikrabot madaniyatlarining o’rganilishi natijasida qo’lgakiritilgan.
Sharqiy Orolbo’yida birinchi davrga mansub sun’iy sug’orish-irrigatsiya tizimining izlari aniqlanmagan. Janubiy Orolbo’yida ham bunday tizim mil. avv. VI asr o’rtalariga qadar mavjud bo’lmaganga o’xshaydi negaki so’l soxil Amudaryo yerlarida olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, mil. avv. VII asrda axoli joylashgan Quyisoy (Sakarchaga) qirlari tevaragida qadimiy sug’orish inshootlarining izlari topilmagan, xattoki zamonaviy usuldan foydalanilgan xolda, Dovdon o’zani soxillarining aerosuratga olinishi natijasida ular aniqlanmagan. Ushbu dalillar ilk temir davri Orolbo’yi axolisining tarkibini o’troq chorvadorlar va mavsumiy ko’chib yurgan yarim o’troq cho’ponlar jamoalari tashkil etganligidan darak beradi. Shu masalaga tegishli X. Matyaqubovning yozishicha, suv xavzalari, o’tloqlar va dasht yaylovlari chorvani boqish va ko’paytirish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilishgan46 Bizningcha, bu borada chorvadorlar tomonidan xududlarning o’zlashtirilish darajasini va axolining zichligini xisobga olish lozim. Yuqori Uzboy, Sariqamishbo’yi, Daryolik va Dovdon o’zanlari atroflarini o’rab olgan keng xududiy doira dashtlarida chorva boqish uchun qulay tabiiy imkoniyat yaratilgan. Sun’iy sug’orish inshootlari ma’lum bo’lmagan yoki yetarli darajada rivojlanmagan sharoitda dexqonchilik maqsadida daryo irmoqlarining atroflarida zax yerlardan foylanish mumkin edi. Bunday uslub qayir-liman dexqonchilik deb ataladi.
Masalaning e’tiborli jixati shundaki, ilk temir davriga kelib, Orolbo’yida, yirik shoxli chorvani boqish natijasida poda tarkibidagi qoramolning (xo’kiz va sigirlar) ning solishtirma og’irligi oshib bordi. Quyisoy 2 manzilgoxida topilgan uy xayvonlari suyaklarining taxliliga ko’ra, chorva turlari quyidagi foizni tashkil etdi: mayda chorva - 40,1, qoramol — 28,9, ot - 18,7, tuya - 7,47, eshak - 2,8047. Yirik shoxli chorvani boqish yarim ko’chmanchilik (yarim o’troq) va o’troq turmush tarziga o’tish xisoblanadi48.Sakarchaga mozor qo’rg’onlarida qo’y-echkilar, qoramol va ot suyaklari topilgan49. Ilk temir davri dasht xududlarida yilqichilik keng rivojlandi. Aslida O’rta Osiyo va Qozog’istonda ot kuchidan ulov vositasi sifatida foydalanish bronza davrida boshlangan, ba’zi fikrlarga ko’ra, dasht qabilalari tomonidan ot bundan xam ilgari xonakilashtirishgan50. Ilk temir davriga kelib otning xarbiy soxadagi funksiyasi oshadi. Bu borada yilqichilikning axamiyati Gerodotning sak-massagetlar tarixiga mansub ma’lumotida o’z aksini topgan: “Ular ot minib va piyoda jang qilishadi”51.
Orolbo’yida aniqlangan chorva tarkibi (mayda chorva, qoramol, ot, tuya) uy xayvonlarining turli boqish uslubidan darak beradi. Etnografik ma’lumotlarga ko’ra, mayda chorva va tuyalar dasht yaylovlarida ananaviy boqilgan. Ot, xo’kiz va sigirlarni daryo voxasi o’tloqlarida boqish qulay bo’lgan. Chorva uchun yem-xashak o’stirish va shu soxaga muvofiq zaxira g’amlash muxim vazifaga aylangan. Bunday sharoitda dexqonchiliq xo’jaligi chorvador jamoalarida yordamchi mashg’ulot bo’lgan. Shuningdek, ozuqa maxsulotlar bilan ta’minlash jarayonida ovchilik va baliqchilik o’z axamiyatini saqlab turgan. Misol tariqasida, Sakarchaga qabrlarida bug’u, quyon, suvda suzuvchi parranda va katta baliq suyaklari topilgan52.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, VIII-VII asrlar chegarasidan Orolbo’yi (quyi Sirdaryo va Sariqamishbo’yi) xududlarida joylashgan qabilalar yarim o’troq va Quyisoy madaniyati misolida o’trok chorvadorlardan iborat bo’lgan. Chorvachilik xo’jaligi shakllari va cho’ponlar turmush-tarzi muayyan tabiiy sharoit holati hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanish darajasi bilan belgilangan.
Chorvadorlar” deganda ularning ichida xo’jalik ishlari va mashg’ulotlariga ko’ra, turli guruxlarni ajratish mumkin. Cho’ponlar va chorvador-dexqonlar, konchilar, ovchilar va baliqchilar, shular jumlasidandir. Bu xo’jalik mashg’ulotlari iqtisodiy belgilar bo’yicha ajratish namunasi bo’lib, jamoalar ichida ijtimoiy qatlamlarga saralanishi esa boshqa masala. Bunday yondashuv ilk saklar tarixiga xam mansub.
Orolbo’yida qadimgi etnomadaniy jarayonlarning o’zgarib turshini inobatga olish maqsadga muvofiq. Mil. avv. VI-V asrlari Xorazm voxasida Ko’zaliqir madaniyatining rivojlanishi natijasida sun’iy sug’orish xo’jaligining axamiyati o’sib bordi, katta ekin dalalar o’zlashtirilib, aloxida dexqonchilik uy-qo’rg’onlari paydo bo’ldi. Sharqiy Orolbo’yida saklar o’troqlasha boshladi. Saklar tarixining ikkinchi bosqichi boshlanishi davrida namoyon bo’lgan bu jixatlar nafaqat iqtisodiy omillar, balki siyosiy sabablar - Xorazm va sak qabilalarning axamoniylar davlati tarkibiga kirishi bilan belgilangan.
Ilk saklarning paydo bo’lishi masalalarining yoritilishida ularning Orolbo’yida xududiy joylashish mavzusi dolzarb ilmiy muammoni tashkil etadi.
Orolbo’yi paleantropologiyasini urganishda T.A. Trofimovani xizmati katta. Janubiy Tagisken va Uygarak qabrlarida topilgan marxumlarning bosh suyaklarining o’rganilishi natijasida, Quyi Sirdaryo ilk saklarining antropologik qiyofasida evropoid-mo’g’ul irqining aralash belgilari aniqlangan.

Mo’g’ul irqi belgilari ko’proq ayollarning bosh suyagida aks etgan. T.A. Trofimovaning yozishicha, evropoid irqi belgilari asosida Andronovo dasht qabilalariga mansub maxalliy antropologik qatlam namoyon bo’lib, Oltoy o’lkasidan sharqiy Orolbo’yiga qabilalarning ko’chib kelishi oqibatida quyi Sirdaryoda mo’g’ul irqi vakillari paydo bo’lgan53. Sakarchaga paleoantropologiya materiallarini taxlil qilish jarayonida yuqorida qayd etilgan xolatlarga yaqin natijalar qo’lga kiritilgan54.

Shu o’rinda, ya’ni etnogenez masalalarini yoritishda, qadimgi mahalliy chorvador axolisining (Amirobod madaniyati, Shimoliy Tagisken materiallari) Orolbo’yi etnomadaniy tarixidagi axamiyati xam ajralib turadi.


Download 187.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling