Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi
Xorazm voxasi va unga gealagik jixatdan ulanib ketgan chorvador qabilalarning tarixshunosligi
Download 187.93 Kb.
|
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi
- Bu sahifa navigatsiya:
- yoki
- jixatidan
- Qal’asi
- o’zgarishlar
- qilib
- tasavvurlar eng
- sanalarini
1.2 Xorazm voxasi va unga gealagik jixatdan ulanib ketgan chorvador qabilalarning tarixshunosligi.
Sharqiy Orolbo’yidagi geografik muhit, iliq va namsiz xavo, chuchuk suvning serobligi inson xayoti uchun qadimdan qulay sharoit yaratgan. Shu tariqa mazkur omillar quyi Sirdaryo qadimgi axolisining xo’jaligi, turmush tarzi va moddiy madaniyatiga ta’sir qilgan xamda tarixiy jarayonlarning taraqqiy etishida muxim axamiyat kasb etgan. Sharqiy Orolbo’yi xamda Sirdaryoning o’rta qismida joylashgan shahar xarobalari va boshqa arxeologik yodgorliklari tarixiy-geografik jixatdan dastlab XIX asrning oxirlari — XX asr boshlarida ta’riflangan55. 1946 yilda boshlangan Xorazm ekspeditsiyasining arxeologik tadqiqotlari tanaffuslar bilan 1992 yilga qadar davom etgan. Natijada neolit va bronza davri, ilk temir asri va antik davriga oid ko’pdan-ko’p yodgorliklar kashf etilgan. Qizil O’rdadan 300 km janubi-g’arbda (Jonidaryo voxasi) mil. avv. V-II asrlar saklarning Chirikrabot shahar xarobasi topib tekshirilgan . U tuxumsimon tarxga ega bo’lib, 50 gektardan ortiq maydonda joylashgan. Chirikrabot xandaq va ikki qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Devorlar to’g’riburchak mudofaa burjlar bilan mustaxkamlangan hamda o’q, otish uchun mo’ljallangan ichki yo’laklarga ega56. S.P. Tolstovning ta’kidlashicha, Chirikrabot apasiak qabilalari uyushmasining markazi bo’lgan57. Shu yodgorlik bilan bir vaqtda Bobishmulla tekshirila boshlangan. U Chirikrabotdan 40 km shimoli-sharqda joylashgan bo’lib, tog’riburchak ichki qal’adan (maydoni 1 gektar) xamda 2 gektar joyni egallagan shaxarcha xarobalaridan iboratdir. S.P. Tolstov bu istexkomli shaxarcha apasiak qabilalaridan birining markazi hamda qabila boshlig’i qarorgoxi bo’lishi kerak, deb yozgan58. Chirikrabot madaniyatiga mansub 40 ta dafn inshootlari. xam g’ishtdan bunyod etilgan maqbaralarning xarobalari tekshirilgan. Ularning aksariyat qismi xalqasimon (dumaloq) tarxga ega, ikkitasi to’g’riburchak shakldan iboratdir. Bu maqbaralardan 18 tasi qazib, ochilgan.59 Ularning dafn etish uchun mo’ljallangan markaziy qismlarida xom g’ishtdan terilgan ustunlarning qoldiqlari va yog’och ustunlar uchun chuqurlar o’yilganligi aniqlangan. Qadimda maqbaralarning balandligi taxminan 6-8 metrdan iborat bo’lib, bunday katta inshootlarda ilk ko’chmanchilarning qabila yo’lboshchilari va urug’ oqsoqollari dafn etilgan60. Inkardaryo bo’ylarida topib tekshirilgan yodgorliklar ichida mil. avv. VII-V asrlarga oid ilk saklar madaniyatiga mansub Janubiy Tagisken va Uygarak mozor qo’rg’onlar ajralib turadi.1961-1965 yillar mobaynida qadimgi Uygarak qabristonida 70 ta mozorqo’rg’onlar qazib ochilgan. Tadqiqotlar natijalari O A. Vishnevskaya ishida yoritilgan. Uygarak mozor ko’tarmalarining balandligi 1-2 metrni tashkil etadi, ba’zi ko’tarmalar ancha katta bo’lib, diametri 20-22-27 metrga tengdir. Uygarak qabristonida saklarning dafn urf- odatlarini aniqlagan O.A. Vishnevskaya, o’rganilgan qadimgi qabrlarni quyidagilarga ajratgan: to’g’riburchak chuqurlar, murdalar kiyim-kechak va poyabzalda dafn etilgan, qabrlar usti poya qamish va shox-shabba bilan berkitilgan; yog’och ustunlar yordamida devorlari sinch kulbasimon maqbaralar, murdalar yer ustiga qo’yilgan. Shuningdek ikki qator chuqurchalarga o’rnatilgan yogoch ustunlar, devorlari yog’ochdan qabrlar aniqlangan. Ularning usti xoda va qamish bilan yopilgan, bu qabrlarda marxumlar kuydirilgan.61 Qadimda maqbaralarning balandligi taxminan 6-8 metrdan iborat bo’lib, bunday katta inshootlarda ilk ko’chmanchilarning qabila yo’lboshchilari va urug’ oqsoqollari dafn etilgan62. Uygarak mozorqo’rg’onlarida turli dafn jixozlari (ro’zg’or buyumlari, sopol idishlar, qurollar, zargarlik buyumlar) topilgan63. Bunday odat “narigi dunyo” xaqidagi tasavvurlar bilan bog’liq bo’lgan. Erkak va ayollar qabrlarida sopol idishlar mavjud bo’lib, ular jasadlarning boshi yoki oyoqlari yonida joylashtirilgan. Ayrim qabrlarga qurbon qilingan xayvonlar go’shtining qismlari qo’yilgan. Bunday qabrlardan topilgan qo’ylarning umurtqa, qovurg’a va bosh suyaklari dalolat beradi. Erkaklar qabrlarining dafn jixozlari ichida ot anjomlari, o’q uchlari, bronza va temirdan ishlangan xanjarlar xamda ularni charxlash uchun mo’ljallangan parrakchasimon yupqa qayroq toshlar uchraydi. Ayollarning qabrlarida xayotda xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan buyumlar-yorg’uchoqlar va urchuq boshlaridan tashkari munchoqlar, ziraklar, bilaguzuklar va bronza ko’zgulari mavjud.64 Quyi Sirdaryo xududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida tarix faniga ma’lum bo’lmagan saklar yodgorliklari kashf etildi va o’rganildi. Shuningdek, so’ngi bronza davriga oid Shimoliy Tagisken dafn inshootlarining topib tekshirilishi, arxeologiya fanida kutilmagan voqeaga aylandi, chunki Yevroosiyo dasht chorvador qabilalari yoyilgan xududlarda, shu jumladan, Janubiy Ural, Markaziy va Shimoliy Qozog’iston, G’arbiy Sibirda, xom g’ishtdan qurilgan va murakkab me’morchilik tuzilishiga ega birorta yodgorlik aniqlanmagan edi. Xorazm ekspeditsiyasining Chirikrabot va Jetiosor madaniyatining o’rganilishi tufayli shu narsa ma’lum bo’ldiki, mil. avv. I ming yillikning o’rtalariga kelib, saklar qurilish materiallar sifatida xom g’isht va paxsadan foydalanishni boshlaganlar. Bundan Jetiosor madaniyatiga mansub, mudofaa devorlar bilan o’rab olingan katta shahar xarobalari, burjlari va o’q otish shinaklariga ega qal’alar darak beradi65. Bu davr quyi Sirdaryo jamoalari xayotida chorvachilik katta ahamiyat kasb etgan bo’lsada, biroq axolining aksariyat qismi ko’chmanchilar emas edi. Arxeologik tadqiqotlar tufayli, quyi Sirdaryo axoli guruxlarining yarim o’troq chorvador-ziroatchilarga mansubligi aniklandi66. Mazkur madaniy yangnliklar saklar tarixining ikkinchi bosqichida, mil. avv. V-III asrlarda namoyon bo’lgan. Yuqorida tilga olingan jarayonlardan biroz avval rivoj topgan sak qabilalarning tarixi va madaniyatini aniqlashda Uygarak mozor qo’rg’onlaridan topilgan moddiy ashyolar muxim axamiyatga ega. S.P. Tolstov, qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni inobatga olgan xolda, Sharqiy Orolbo’yi saklarning madaniyatiga xos bo’lgan asosiy jixatlarini yoritib, sak-massagetlarning skiflar va sarmatlar xamda Qozog’iston va Sibir qadimgi chorvadorlari bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari masalasini ilgari surdi, shuningdek, saklar va Xorazm mavzusi ro’yobga chiqarildi67. Xorazm ekspeditsiyasining ilmiy faoliyati boshlanishidan (1937 y.) XX asrning 70 yillariga qadar Xorazm voxasi, ya’ni Janubiy Orolbo’yi xududlarida saklarning qadimda yoyilishi extimoli muxokama qilinmagan. Sak-massagetlar qabilalari voxani o’rab olgan dashtlarda mavsumiy ko’chib yurganlar, deb an’anaviy xisoblangan. 1970 yili Amudaryoning so’l soxil yerlaridagi Sariqamish bo’yi Dovdon o’zani qirg’og’ida (Shimoliy Turkmaniston) Qang’a 2 manzilgohi kashf etildi. U, topilgan sopol idishlarning parchalari asosida, mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmi bilan belgilandi68. Keyingi tadqiqotlar natijasida yodgorlikning yoshi mil. avv,VII asr oxirlari - VI asr o’rtalari bilan belgilanib, tadqiqotchi D. Durdievning faraziga ko’ra, extimol, “ko’chmanchi chorvador panagoxi” vazifasini bajargan bu manzilgox,, mil. avv. VII asrning o’rtasida Ahamoniy forslarning ilg’or qo’shini zarbasi oqibatida vayron qilingan69. Xronologik jixatdai bu joyda xatoga yo’l qo’yilgan, negaki fors shoxi Kir II ning massagetlarga qarshi yurishlari birmuncha kechroq amalga oshirilgan. Qang’a 2 da topilgan arxeologik materiallar, asosan, qo’lda ishlangan sopol idishlar, Amudaryoning o’ng soxilida o’rganilgan so’nggi bronza davriga oid Amirobod madaniyati idishlari bilan taqqoslandi va manzilgoxda istiqomat qilgan jamoalar chorvachilik bilan shug’ullanganlar, degan xulosa chiqarildi70. 1971 yilda qadimiy Dovdon o’zani qirg’og’ida mil. avv. VII-VI asrlarga oid chorvadorlarning ikkinchi manzilgoxi - Quyisoy 2 topildi. U, taxminan, 11-12 gektar maydonda joylashgan bo’lib, mudofaa devorlari bilan o’ralmagan yodgorlikda paxsa-xom g’isht binokorligi izlari aniqlanmagan, aholi yerto’lalar, yog’och ustunli sinch devorli kulbalar va chaylalarda yashagan71. Barcha belgilarga ko’ra turarjoylar, xonaki xunarmandchik mahsulotlari, manzilgox, atrofida qadimiy sun’iy sug’orish inshootlari izlarining topilmaganligi Quyisoy madaniyati jamoalari chorvadorlar bo’lganidan darak beradi. Dovdon voxasida Tumekkichijik mozor qo'rg’onlarining o’rganilishi natijasida, Uygarak qazishmalaridan ma’lum bo’lgan chorvadorlarga mansub dafn odatlari aniqlandi. Jumladan, bu borada quyidagi o’xshash jixatlar e’tiborga molik: marxumlarning qabrlar markazida dafn etilishi, jasadlarning qabr ichida kuydirilishi, ayollarning qabrlarida marjonlar, tosh yorg’uchoqlar, sopol urchuqlarning mavjudligi72. Quyisoy moddiy madaniyatining umumiy ko’rinishi (sopol idishlar, temirdan ishlangan pichoklar, bronza buyumlari, yorg’uchoqlar, sopol urchuqlar, feruza, lojuvard va oqtoshdan yasalgan marjonlar) xamda turarjoylarning xususiyatlarini inobatga olgan B.I. Vaynberg dastlab shunday xulosaga kelgan: “Umumiy ko’rinishida Quyisoy madaniyati, shubxasiz, saklar doirasiga mansub bo’lishi kerak (bu so’zning keng ma’nosida)”73 -. Ammo keyingi yillarda bu fikr o’zgara boshladi, kutilmagan xolda tadqiqotchi quyisoyliklarni mil. avv. VII asrda Shimoliy Eronda yashagan va shu asrning o’rtalarida Xorazm voxasiga ko’chib kelgan eroniy tilli chorvador qabilalariga bog’laydi74. B.I. Vaynberg yozishicha, Orolbo’yi saklarning Midiyaning sharqiy xududlariga mil. avv. VII asrda xarbiy yurishlari oqibatida shu eroniy tilli chorvadorlar-xorasmiylar (o’z xohishi yoki majburiy ravishda) Sariqamish bo’ylariga ko’chirilgan edi75. Shunday qilib, tadqiqotchi o’z qarashlarini, ular yozma va arxeologik ma’lumotlar bilan isbotlab berilmagan bo’lsada, ancha rivojlantirdi. Bunday yondashuv baxs-munozaralarga aylandi, negaki o’tgan asrning 80 yillari boshlariga kelib, quyisoyliklarning saklar madaniyatiga mansubligi xaqidagi masala yana bir bor ilgari surildi76. M.A. Itinaning ta’kidlashicha, mil. avv. VII-IV asrlarga oid Quyisoy madaniyatining xususiyati shundaki, uning ilk bosqichida ikkita madaniy qatlam yaqqol kuzatiladi, shu jumladan: O’rta Osiyo janubi-g’arbi (Doxiston) va janubidan (Marg’iyona) olib kelingan kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar va shimoliy, maxalliy shekilli, saklar madaniy an’analari77, ya’ni ilk temir davriga kelib sak qabilalarining Xorazm dashtlarida yoyilishi, ehtimolidan xoli emas, degan fikr bildirildi. Quyisoyliklarning shimoli-sharqiy Eron yoki Sharqiy Midiya xududlaridan kelib chiqishi g’oyasiga paleontropologiya materiallari xam zid kelgan. T.A. Trofimova Tumekichijik va Tarimkoya 1 mozor qo’rg’onlaridan olingan chorvadorlarning bosh suyaklarini o’rganish natijasida, quyisoyliklarning antropologik belgilarining Yevroosiyo dasht qabilalariga mansubligini qayd etgan78. Ammo bu borada B.I. Vaynberg bildirgan fikrga ko’ra, antropologiya ma’lumotlari quyisoyliklar paydo bo’lishi jarayonini O’rta Osiyoning shimoliy viloyatlari va Qozog’iston dasht qabilalari bilan bog’lashga asos bo’la olmaydi79. Ushbu xulosaga M.A. Itina e’tiroz bildirib, Quyisoy madaniyatining maxalliy dasht ildizlarini uqtirib o’tdi80. Shu bahs munozaralar avj olgan paytda, 1981 yili Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi xodimi L.T. Yablonskiy rahbarligida Sariqamishbo’yi Dovdon o’zani tevarigidagi Sakarchaga yoki Quyisoy qirlarida aniqlangan ilk saklarning mozor qo’rg’onlarida qazishmalar boshlandi”. Ularning natijalari ilmiy bahslarni oydinlashtirishi mumkin edi. Sakarchaga qo’rg’onlarida qadimgi qabrlarning turlicha tuzilishi aniqlandi, shu jumladan: go’r g’ovi oxaktoshdan terilgan laxadlar, murdalar qamish to’qimalarga qo’yilgan katta tog’riburchak qabrlar; yer yuzida ikki qator oxaktosh bilan o’rab olingan qabrlar, jasad ularning markaziy qismida dafn etilgan va tuproqdan iborat qabr ko’tarmasi bilan berkitilgan; yer ustida devorlari sinch bo’lgan ustunli-sinch kulba shaklidagi qabr-maqbara, marxumlar uning markazida qo’yilgan; atrofi oxaktosh bilan o’rab olingan, dumaloq shakldagi kulbasimon ustunli-sinch maqbaralar, ularning ichida murdalar kuydirilgan81. Sakarchaga va Uygarak mozor qo’rg’onlarining o’rganilishi natijasida, Orolbo’yi saklarning dafn marosimlari va qabrlardan topilgan jixozlarida umumiylik aniqlandi. Marxumlarni an’anaviy qamish to’shamalar yoki bo’yralarga yotqizib qo’yish, qabrlarni tuproq bilan to’ldirmasdan, go’r chuqurlarining tomonlarini o’rab yog’och ustunlar o’rnatish va qabrlarni bo’yra hamda shox-shabbalar bilan berkitish, shuningdek yerto’lali, ustunli-sinch turarjoylarga o’xshash, katta to’griburchak chuqurlardan iborat, ustunli-sinch shakldagi qabrlarni “marxumlar uy-joylari” sifatida barpo etish va jasadlarni kuydirish kabi odatlar, shular jumlasidandir. Tasvirlangan dafn marosimlarining e’tiborga molik jixatlari shundaki, ular yozma manbalarda, Gerodotning skiflar dafn odatlari xaqidagi xikoyalarida o’z aksini topgan . Yerda katta to’rtburchak chuqur kavlanadi... Jasad go’r ichiga bo’yraga yotqizib qo’yiladi, qabr usti xodalar va qamish bo’yralari bilan berkitiladi”. Sakarchaga mozor qo’rg’onlaridan olingan dafn jixozlari Janubiy Tagisken va Uygarak topilmalari singari sopol idishlar, ro’zg’or buyumlari va qurollar, sopol urchuqlari, zargarlik buyumlari, ot anjomlari va e’tiqod marosimlarida foydalanilgan buyumlardan iboratdir. Ular ichida munchoqlar, oltin ziraklar, temir bilaguzuklar, bronza va temirdan yasalgan pichoqlar, bronza o’q uchlari xamda taqa va qubbalar mavjud. Sakarchagadan topilgan tasma usulida qo’lda yasalgan idishlarning Quyisoy manzilgoxi idishlaridan katta farq yo’q va ular texnologiya jixatidan umumiy madaniyatga doir kulolchilik shakllarini tashkil etadi. Idishlarning boshqa guruxi kulolchilik charxida ishlangan bo’lib, Marg’iyona va extimol, Baqtriyadan Xorazm voxasiga olib kelingan82. Marg’iyonadagi Yoz II davriga oid bunday idishlar Uygarak qo’rg’onlari va Quyisoy manzilgoxidan topilgan. L.T. Yablonskiy Sakarchaga arxeologik majmuasidagi bronza va temirdan ishlangan buyumlarni xamda ot anjomlarini keng xududiy miqyosda — Volga bo’yi, Janubiy Ural, Qozog’iston va G’arbiy Sibirda yoyilgan ilk temir davri dasht chorvador qabilalariga mansub o’xshash topilmalar bilan qiyoslab, Sakarchaga mozor qo’rg’onlarini xronologiya jixatdan mil. avv.VIII asr oxirlari - VII asr bilan belgilashni taklif qilgan83. Biroq Janubiy Tagisken va Uygarak qo’rgonlarida topilgan o’xshash Yoz II davri sopol idishlari, ayrim bronza o’q uchlari va temir pichoqlari inobatga olingan xolda, Quyi Amudaryo, Janubiy Orolbo’yi xududlarining ilk saklar tomonidan o’zlashtirish jarayonlarini VIII-VII asrlar chegarasi va mil. avv. VII-VI asrlar bilan bog’lash mumkin. asrning 70-80 yshsharida Turkmaniston va Qoraqolpog’iston arxeologlari tomonidan Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilgan Uzboy o’zani va Ustyurt chinklarida olib borilgan qidiruv dala ishlari va arxeologik qazishmalari tufayli, Orol va Kaspiy dengizi oralig’idagi cho’llarda xamda Xorazm voxasining shimoli- Orol va Kaspiy dengizi oralig’idagi cho’llarda xamda Xorazm voxasining shimoli-g’arbiy chegaralarida ko’chmanchilar yodgorliklari aniqlandi. Bu borada D.Durdiev, X.Yusupov va V.N.Yagodinlarning kashfiyotlarini tilga olish lozim. O’rta va yuqori Uzboy qirlarida aniqlangan ko’chmanchilar mozor-qo’rg’onlarining aksariyat qismi mil. avv. IV-II asrlarga oid, shuningdek, ba’zilari mil. avv. VI-V asrlarga mansubdir84. Bunga tegishli B.I. Vaynberg yozishicha mil. avv. VI asrda Uzboy qo’rg’onlarida massagetlarning manzilgoxlari xali mavjud bo’lmagan85. Biroq massagetlar keng xududlarda ko’chib yurgan qabilalar edi. Bizningcha, ularning manzilgoxlari ko’chmanchilarning turmush tarziga mansub qisqa muddatli makonlar xususiyatiga ega bo’lgan. Bundan Ustyurt chinkining g’arbiy va sharqiy qismlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari xam darak beradi86. Quyi Sirdaryodan so’l soxil Quyi Amudaryo xududlariga ko’chib kelgan ilk saklar mudofaa devorlar bilan o’ralmagan manzilgoxlardagi yerto’lalar va kulbasimon turarjoylarda kun kechirishgan. Mil. avv. VII-VI asrlar chegarasida Sariqamishbo’yi, Dovdon o’zani o’rta qismi tevaragida Ko’zaliqir Qal’asi bunyod etildi. Chorvadorlarning Kang’a2 va Quyisoy2 manzilgoxlariga nisbatan Ko’zaliqirda xom g’isht va paxsadan qurilish materiallari sifatida foydalanish, mudofaa tizimi, saroy va ibodat markazi, kulolchilik charxida sopol idishlarning ishlab chiqarilishi xamda temirchilik xunar kasbining ajralib chiqishi aniqlangan87. Mazkur yangiliklar Xorazm voxasining madaniy va etnik tarixida tub o’zgarishlar ro’y berganidan guvoxlik beradi. Ammo bu o’zgarishlar faqat so’l soxil Amudaryo yerlarida qo’lga kiritilgan arxeologiya materiallarida o’z aksini topgan, o’ng soxil Amudaryo xududlarida Ko’zaliqir kabi yodgorlik topilmagan. XX asrning boshlarida Xorazm voxasi, Orolbo’yi qadim axolisining tarixiga doir yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. A.A. Askarov, S.P. Tolstovning monografiyalarida ilgari surilgan ilmiy qarashlar va xulosalarni taxlil qilib, Xorazm voxasida bronza davridan “serunum yaylovlari chorvachilik xo’jaligining taraqqiy etishi uchun juda qulay edi”, shu davr Xorazm zaminida sug’orma dexqonchilik jadal rivoj topmagan, shuningdek, Quyisoy qabilalari voxaning maxalliy axoli vakillari bo’lgan kabi xulosalarga kelingan88. Q.Sobirovning yozishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda Amudaryoning Sariqamish xavzasi bo’ylab joylashgan axoli guruxlari ko’chmanchi-chorvachilik xo’jaligi bilan shug’ullangan edi, quyisoyliklar “chodir va yerto’lalarda yashab, dexqonchilikning baxorikor lalmi va chorvachilik bilan shug’ullanardi”89. Tadqiqotchi quyisoyliklarni mil. avv. IX-VIII asrlarda o’ng soxil Amudaryoning Oqchadaryo xavzasida rivojlangan Amirobod madaniyati qabilalari bilan bog’lash xaqiqatga yaqin bo’lsa kerak, amirobodliklarning bir qismi Amudaryoning o’ng soxilidan “chorvaga qulay botqoqlik, suvlarga serob Sariqamish xavzasiga ko’chib kelib xo’jalik yurizganlar”, degan xulosaga kelgan. Shuningdek, Q. Sobirov, Strabon asarida qayd etilgan “suv saklari”, “botqoq massagetlari” amirobodliklar bo’lsa kerak kabi fikr bildirgan90. Bizningcha, quyisoyliklarning amirobodliklardan kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Biroq bu borada Sakarchaga qabrlarida ashyoviy dalillarni qoldirgan axoli qaysi qabilalarga mansub edi, degan savolning paydo bo’lishi, tabiiy. Sakarchaga mozor qo’rg’onlarida stulga kiritilgan materiallarning ilk saklar madaniyatiga mansubligi yaqqol ko’rinib turibdi. F. Xodjaniyazovning monografiyasida Chirikrabot va Bobishmulla mudofaa tizimi, saklarning qurol-aslahalari, bronza va temir xanjarlari, kamon o’qi va sovutlari taxlil qilingan91. X.Matyaqubovning yozishicha, mil. avv. VII asrda Janubiy Orolbo’yi xududida murakkab etnik jarayonlar yuz bergan, quyisoyliklarni janubdan ko’chib kelgan qabilalar deb talqin qilish maqsadga muvofiq emas, chunki ularning turmush tarzida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlariga oid bir tizimga asoslangan madaniy an’analar aks etilmagan. “Aksincha, asosiy belgilarga ko’ra, Quyisoy madaniyatining dasht chorvadorlari madaniyatlari bilan uzviy aloqadorliklari ustunlik qiladi”. Shu tariqa tadqiqotchi “quyisoyliklar” deb shartli ravishda atalgan so’l sohil Xorazm voxasining tub joyli aholi vakillari Amirobod madaniyatini yaratgan qabilalarning vorislari edi, degan xulosaga kelgan92. Bizning fikrimizcha, mil. avv. VII asrda Sariqamish bo’yi xududlarida rivojlangan etnik va madaniy jarayonlarni talqin qilishda arxeologik tadqiqotlar natijalarini xisobga olish muhimdir. Quyisoy madaniyatining o’ziga xosligi dastlab B.I. Vaynberg tomonidan to’g’ri uqtirib o’tilgan. Tadqiqotchi quyisoyliklarning xo’jalik asosini chorvachilik tashkil etishi bu madaniyat umumiy ko’rinishda saklar madaniyatiga mansub bo’lganligini aytib o’tgan. V.M. Masson bu yondashuvga baxo berib. quyisoyliklarni moddiy madaniyatiga xos turarjoylar va qo’lda yasalgan sopol idishlar saklar kulolchiligi an’analarini o’zida aks ettiradi, deb yozgan. Haqiqatdan xam, Sakarcha qazishmalarida topilgan tasma uslubidagi qo’lda ishlangan sopol idishlar shakllarida va Quyisoy kulolchilik buyumlarida talaygina o’xshashliklar mavjud. Shuningdek, ular bronza va temirdan ishlangan qurollari xamda bronza o’q uchlarida ko’rinib turibdi. Mil. avv.VI asrda quyi Amudaryo so’l soxili yerlarida yarim o’troq va o’troq chorvachilik turmush tarzining vujudga kelishini e’tibordan chetda qoldirish maqsadga muvofiq emas. Bu madaniyatni yaratgan qabilalarni yetakchi madaniy belgilarga ko’ra “xorazmliklar- saklar” deb atash to’g’ri bo’lsa kerak. Sariqamish bo’yida ilk temir davrida vujudga kelgan Ko’zaliqir madaniyatini ilk saklar madaniyatidan katta tafovutlar ajratib turgan. O.A. Vishnevskaya va Yu.N. Rapoport Ko’zaliqir madaniyatini qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi rivojlanishining ilk bosqichi bilan bog’lab, Xorazmda avval ma’lum bo’lmagan qurilish va me’morchilik uslublari, mudofaa tizimi, xunarmandchilik soxalarida yangiliklarning tadbiq etilishi to’risida so’z yuritadilar93 Janubiy Orolbo’yida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar va topishgan materiallar ilk temir davri Xorazm voxasi tarixini davrlashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. S.B. Bolelov buni xisobga olib, ilk temir davri voxa tarixini quyidagi bosqichlarga ajratdi: birinchi bosqich, mil. avv. VIII asr oxiri VII asr boshlari, Sariqamish bo’yi xududlariga Quyi Sirdaryodan ilk saklarning migratsiyasi - Quyisoy madaniyatining shakllanishi; ikkinchi bosqich — mil. avv, VII asr oxirlari, Ko’zaliqir madaniyatining shakllanishi va Xumbuztepada (Janubiy Xorazm) kulolchilik markaziniig paydo bo’lishi.94 S.R. Baratov Janubiy Xorazmda (o’ng soxil Amudaryo) Meshekli va Ucho’choq kabi ilk saklar mozor qo’rg’onlarining tekshirilishi xaqida yozgan. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, dafn jixozlari ichida aniqlangan bronza o’q uchlari va qo’lda ishlangan sopol idishlar bu qo’rg’onlarning yoshini mil. avv. VIII- VI asrlar bilan belgilashga imkon beradi, qo’lga kiritilgan materiallar Janubiy Xorazm xududini Quyisoy madaniyati yoyilgan xududlar doirasiga kiritishga asos bo’la oladi, bu yerdan maxalliy chorvador qabilalari Amudaryoning Uzboy o’zani va Ustyurt xududlariga tarqalgan. Quyisoy madaniyati yodgorliklarini kashf etgan va o’rgangan tadqiqotchilar (B.I. Vaynberg, D. Durdiev) bu yodgorliklar yoshini mil. avv. VII asr bilan belgilaganlar. Shu bilan birga, Quyisoy madaniyatining ilk saklarning migratsiyasi natijasida paydo bo’lishi xaqidagi L.T. Yablonskiy va S.R. Bolelovlarning fikrlari xaqiqatga to’g’ri keladi, shuningdek, quyisoyliklar Amirobod madaniyati qabilalarining vorislari sifatida talqin qilingan. Shunday qilib, Orolbo’yi ilk saklar tarixini o’rganishda yozma va moddiy manbalar o’z dolzarbligi bilan ajralib turadi. Orolbo’yi chorvador qabilalarining tarixi yozma manbalarda cheklangan xolda yoritilgan. Lekin ilk saklar xaqidagi tasavvurlar eng avval xuddi o’sha manbalarga asoslanib, ular orqali sodir bo’lgan ayrim voqealarning izchilligi va sanalarini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, o’tmishdan yetib kelgan bitiklar va qadimgi mualliflar asarlari turli guruh chorva- dorlarning etnik mansubligi to’g’risida so’z yuritishga asos bo’la oladi. Bu borada ashyoviy manbalarning mavjudligi bois yozma ma’lumotlar o’z axamiyatiga ko’ra tarixiy voqealarni qayta tiklash jarayonida tayanch manbalarni tashkil etadi. Orolbo’yi saklar tarixiga oid ilmiy masalalarni ilgari surish va yangi mavzularni ishlab chiqishda doirasi kengayib arxeologik materiallarning axamiyati beqiyosdir. Ular tarixiy o’tmish xaqidagi bilimlar rivojlanishi dinamikasini belgilab beruvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, tarixiy rekonstrukstiyasi jarayonida yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalarini qiyoslash muxim axamiyat kasb etadi. Download 187.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling