Mavzu: Koilin – rnk bog’lovchi funksiyalarga EGA multidomen oqsil. Reja: I kirish II asosiy qism


RNK bog’lovchi funksiyalarga ega multidomen oqsillar


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana12.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1263302
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.3. RNK bog’lovchi funksiyalarga ega multidomen oqsillar 
Oqsillar hujayra va organizmda keng qamrovli ahamiyatga ega. Bu yerda 
sizlarga yaxshi tanish boʻlgan va koʻp organizmlarning (shu jumladan, insonlarning) 
biologiyasida muhim ahamiyatga ega, koʻp uchraydigan oqsil turlaridan bir nechta 
misolni koʻrib chiqamiz. 
Fermentlar biokimyoviy reaksiyalarda katalizator sifatida vazifa bajaradi, 
yaʼni reaksiyalarni tezlashtiradi. Har bir ferment bir yoki bir nechta substratni 
aniqlaydi. Substrat reaksiyaning boshlangʻich mahsuloti sifatida reaksiyaga 
kirishuvchi molekula hisoblanadi. Turli xil fermentlar turli reaksiyalarda ishtirok 
etadi va ular substratlarni parchalashi, bogʻlashi yoki qayta qurishi mumkin. 
Tanamizda uchraydigan fermentga misol tariqasida soʻlak tarkibidagi amilazani 
olish mumkin, u amilozani (kraxmalning bir turi) kichik shakar molekulalarigacha 
parchalaydi. Amilozaning taʼmi unchalik ham shirin emas, ammo undan hosil 
boʻlgan shakar molekulalari shirin taʼmni beradi. Shu sababli tarkibida kraxmal bor 
mahsulotlarni uzoqroq muddat chaynasangiz, uning taʼmi shirinroq boʻladi, chunki 
bunda soʻlak tarkibidagi amilaza ishga tushadi. 
Gormonlar endokrin hujayralar (xuddi gipofiz bezi hujayralari kabi) 
tomonidan ishlab chiqariladigan, masofaviy taʼsir qiluvchi kimyoviy signallar 
hisoblanadi. Ular oʻsish, rivojlanish, metabolizm va koʻpayish kabi muayyan 
fiziologik jarayonlarni nazorat qiladi. Ayrim gormonlar steroid tabiatli 
(
lipidlar
 haqidagi maqolani koʻring), boshqalari esa oqsil tabiatli. Ushbu oqsil 
tabiatli gormonlar odatda peptid gormonlari deb ataladi. 
Masalan, insulin qondagi glyukoza miqdorini tartibga solishga yordam 
beradigan muhim peptid gormon hisoblanadi. Qondagi glyukoza miqdori 
koʻtarilganda (masalan, ovqat isteʼmol qilgandan keyin), oshqozon osti bezidagi 
maxsus hujayralar qonga insulin ajratadi. Insulin jigar va tananing boshqa 


25 
qismlaridagi hujayralar bilan bogʻlanadi va ular glyukozani oʻzlashtiradi. Bu jarayon 
qondagi glyukoza miqdorini normal, barqaror koʻrsatkichga qaytarishga yordam 
beradi. 
Boshqa oqsillar va ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan: 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling