Mavzu: kolloid sistemalarni tayyorlash va tozalash usullari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Мavzu. Kolloid eritmalarning tayyorlah va tozalash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peptizatsiyaning quyidagi turlari mavjud
Kolloid
zarrachalarni dispergirlashning fizik-kimyoviy usullariga peptizatsiya usuli kiradi. Peptizatsiya deb cho‘kmalarni piptizatorlar yordamida kolloid eritma holatiga o‘tish jarayoniga aytiladi. Faqatgina yangi tayyorlangan cho‘kmalarni peptizatsiya usulida kolloid zarrachalar yanada yirikroq agregatlar ko‘rinishiga o‘tadi. saqlash davomida cho‘kmalarda rekristallizatsiya va eskirish jarayoni yuz beradi, bu es peptizatsiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilinishi mumkin. Peptizatsiyaning quyidagi turlari mavjud: – adsorbsiyali; – dissolityutsiyali; – cho‘kmani erituvchi bilan yuvish. Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga o‘tkazish peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun kolloid cho‘kmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qo‘shilib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatilgan elektrolit peptizator deyiladi. Peptizator sifatida elektrolitlar va ba’zi sirt-faol moddalar ishlatiladi. Peptizatsiya tezligiga turli omillar (jumladan, peptizatorning kimyoviy xossasi, konsentratsiyasi, cho‘kmaning holati va uning miqdori, harorat, aralashtirish tezligi, pH, ultratovush, radiofaol nurlar va h.k.) ta’sir etadi. Pеptizatsiya koagulyatsiyaga tеskari jarayondir. Unda cho‘kmaga tushgan zarrachalarni dеzagrеgatsiyaga uchrab qaytadan alohida kolloid zarrachalarga o‘tishi ro‘y bеradi. Peptizatsiya murakkab jarayon bo‘lib, u peptizatorning dispersion muhitga, cho‘kma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil bo‘lishiga bog‘liq. Dumanskiyning fikricha peptizatsiya vaqtida cho‘kma bilan peptizator orasida kompleks birikmalar tipidagi bir qator oraliq mahsulotlar hosil bo‘ladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o‘zi yutilib kolloid eritma hosil qilsa, bunday peptizatsiya bevosita peptizatsiya deyiladi; agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o‘zi yutilmay, balki uning eruvchan modda bilan hosil qilgan mahsulotlari yutilsa, bilvosita peptizatsiya deyiladi. Masalan, Fe(OH) 3 cho‘kmasiga FeCl 3 ta’sir ettirib, Fe(OH) 3 ning gidrolizini hosil qilish bevosita peptizatsiyadir. Chunki bu holda temir ionlari kolloid zarracha sirtlariga yutilib, ularga musbat zaryad beradi va musbat zaryadli zarrachalar bir-biridan qochgani uchun cho‘kma tezda yana erituvchiga tarqaladi (disperslanadi). Fe(OH) 3 ning iviq cho‘kmasiga HCl ning kuchsiz eritmasini ta’sir ettirib, Fe(OH) 3 gidrolizini hosil qilish bilvosita peptizatsiyaga misol bo‘ladi, chunki bu holda peptizator rolini HCl bilan Fe(OH) 3 orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mahsuloti FeOCl bajaradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling