Mavzu: kolloid sistemalarni tayyorlash va tozalash usullari
Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ, elektrodializ
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Мavzu. Kolloid eritmalarning tayyorlah va tozalash usullari
6.2. Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya, ultrasentrifugalash Kolloid eritmalarni barqaror xolatda olish va ularni xossalarini o‘rganish uchun ularni tozalash, ayniqsa ular tarkibidan elеktrolit moddalarni ajratib tashlash zarur. Kolloid eritmalar hosil bo‘lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari, ko‘p miqdorda kislota, asos va tuzlar ham bo‘ladi. Kolloid eritma barqaror bo‘lishi uchun eritmada ma’lum miqdorda elektrolitlar ham bo‘lishi kerak, lekin kolloid eritmadan ortiqcha miqdordagi elektrolitlarni yo‘qotish zarur. Kolloid eritmadagi ortiqcha elektrolitlarni yo‘qotish kolloid eritmani elektrolitlardan tozalash deyiladi. Kolloid eritmalarni tozalashda dializ, ultrafiltratsiya va elektrodializ usullaridan foydalaniladi. Kolloid eritmalarni tozalashning dializ usuli Kolloid eritmalarni o‘simlik, xayvon va sun’iy mеmbranalardan o‘tuvchi aralashmalardan tozalash dializ dеyiladi. Dializ uchun qo‘llaniladigan asbob dializator dеyiladi. Dializatorlarning turlicha turlari mavjud bo‘lib, dializatorda mеmbrana sifatida pеrgamеnt, yoki sеllofan qo‘llaniladi. Tozalash oquvchan suv yordamida kеtadi. Toza kolloid eritmalar olish uchun kolloid eritmalar tarkibida hosil bo‘lgan elektrolit (asos, kislota, tuz)lar va boshqa aralashmalar yo‘qotiladi. Kolloid eritmalarni tozalash uchun “dializ”, “elektrodializ” va “ultrafiltratsiya” usullaridan foydalaniladi. Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (o‘simlik, hayvon va sun’iy membranalardan o‘tadigan aralashmalardan) tozalash dializ deb, unda ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi. Kollodiy va sellofanlardan sun’iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani tozalash uchun, uni sun’iy membrana xaltachasiga (1) solib, so‘ngra suvli idishga (2) botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali o‘tib, suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializ usuli kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng ishlatiladi. 25-rasmda eng sodda dializator ko‘rsatilgan. Tagi mol pufagi yoki boshqa yarim o‘tkazgich pardadan iborat idishga tozalanishi kerak bo‘lgan kolloid eritma solinadi, so‘ngra bu idish suvli boshqa idishga tushiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling