Mavzu: kolloid sistemalarni tayyorlash va tozalash usullari


Metallarni elektr yordami bilan “changlatish” usuli


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana21.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1791604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-Мavzu. Kolloid eritmalarning tayyorlah va tozalash usullari

Metallarni elektr yordami bilan “changlatish” usuli. Bu usulni 1898 yilda 
Brеdik taklif etgan edi. Kolloid eritmasi olinishi kerak bo‘lgan metalldan yasalgan 
ikki sim dispersion muhitga tushiriladi, ularning biri elektr manbaining musbat, 
ikkinchisi manfiy qutbiga ulanadi va simlar bir-biriga tekkizilib elektr yoyi hosil 
qilinadi, so‘ngra ular bir-biridan biroz uzoqlashtiruladi. Bunda metall erituvchi 
ichida changlana boshlaydi. Zol barqaror bo‘lishi uchun ozgina ishqor qo‘shiladi.
Bu usulda, asosan, “asl metal”larning zollari olinadi.
6.2-rasm. Metallarni elektr yordamida changlatib, kolloid
eritma hosil qilish sxemasi. 
Changlatish usuli bilan eritma hosil qilishda avval metall bug‘lanadi, so‘ngra 
uning o‘zaro birikib, kolloid eritma zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli bu usul 
kondensatsion usullar qatoriga kiritiladi. Bu usul bilan natriy va kaliyning efirdagi 
kolloid eritmalarini ham olish mumkin. 
Bu usulda ultra tovush to‘lqinlarining kuchli tеbranishi maydoniga bir-biri 
bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik solingan idish qo‘yilsa, muallaq zarrachalar 
maydalanib ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu usul bilan oltingugurt, 


bo‘yoq, simob, qo‘rg‘oshin, rux, kauchuk, kraxmal va boshqa moddalarning 
kolloid eritmalarini hosil qilish mumkin. Bu usul yordamida olimlardan Rjеvkin va 
Ostrovskiylar Ag, Pd, Sn, Bi mеtallarining zollarini hosil qilishgan. 
Ultratovush yordamida “changlatish” usuli. Yuqori chastotali ultratovush 
bilan dispergirlash usuli dispergirlanadigan sistema uncha barqaror bo‘lmagan 
hollardagina samarali hisoblanadi. Sistemaga ultratovush yordamida ta’sir ettirilsa 
mexanik tebranish yuzaga keladi (1 sekundda bir necha ming marotabagacha), 
buning natijasida zarracha yanada maydaroq zarrachalarga bo‘linadi. Bu usul 
yordamida mo‘rt metallarning organazollarini, oltingugurt, grafit gidrozolini
metallarning gidroksidlarini, turli xil polimerlarni olishda foydalaniladi.
Kolloid eritmalar hosil qilish uchun ultratovush bilan “changlatish” usuli 
ham qo‘llaniladi. Sovеt olimlari Rjеvkin hamda Ostrovskiy bu usul yordamida 
mеtallarning kolloid eritmalarini hosil qildilar.
Agar ultratovush to‘lqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita 
suyuqlik solingan idish qo‘yilsa, ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu 
usul bilan ko‘pgina moddalarning kolloid eritmalarini, masalan, Ag, Pb, Sn, Bi 
metallarining kolloid eritmalarini hosil qilish mumkin. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling