Kimyoviy kondensatlash usuli. Bu usul kimyoviy reaksiyalar natijasida
qiyin eruvchan cho‘kmalar hosil bo‘lishiga asoslanadi. Ularga: qaytarilish,
oksidlanish, almashinish, gidroliz kabi reaksiyalarga asoslangan usullar kiradi.
Qaytarilish usulida dispers faza chin eritmada biror qaytaruvchi modda
yordamida qaytariladi. Misol tariqasida HAuCl
4
eritmasini H
2
O
2
yoki formalin
bilan qaytarish, kumush oksidni vodorod bilan qaytarish reaksiyalarini ko‘rsatish
mumkin. Bu reaksiyalar quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
HAuCl
4
+ 3H
2
O
2
= 2[Au] + 8НCl + 3O
2
Ag
2
O + H
2
= 2[Ag] + H
2
O
Bu tenglamalarda zol tarzida hosil bo‘ladigan moddalar kvadrat qavslarga
olib yozilgan. Qaytaruvchi sifatida, ko‘pincha, gidrazin, tannin, fenilgidrazin,
alkaloidlar ishlatladi. Qaytarish usuli bilan Au, Ag, Pt, Pd, Rn, Ru, Os, Hg, Bi, Cu,
Te zollari olingan.
Oksidlanish usulida molekulyar eritmani oksidlash yo‘li bilan kolloid
eritma hosil qilinadi. Masalan, H
2
S eritmasi kislorod bilan oksidlanganda
oltingugurt zoli hosil bo‘ladi:
H
2
S + O
2
→ [S] + H
2
O
Ikki tomonlama almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo‘ladigan
ikki tomonlama almashinish reaksiyalariga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan
kumush xlorid girdozoli hosil qilinadi:
AgNO
3
+ NaCl → [AgCl] + NaNO
3
Gidroliz usuli bilan, ko‘pincha, metall gidroksidlarining kolloid eritmalari
olinadi. Buning uchun metall tuzlari gidrolizlab kam eridigan gidroksidlar hosil
qilinadi. Masalan, qaynab turgan suvga FeCl
3
eritmasi quyilsa, Fe(OH)
3
gidrolizi
hosil bo‘ladi:
FeCl
3
+ H
2
O → [Fe(OH)
3
] + 3HCl
Suvda kam eriydigan silikat, volframat kabi kislotalarning zollari ham shu
usulda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |