Мавзу: Комил Хоразмий
Download 1.06 Mb.
|
portal.guldu.uz-Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Shoirning adabiy merosi bilan talabalarni tanishtirish va ijodidan namunalar tahlil qilish Identiv o’quv maqsadlari
- 2– asosiy masalaning bayoni
- Muhokama uchun savollar
Muhokama uchun savollar:
Sidqiy yashagan oila va uning ilm o’rganishi to’g’risida nimalar bilasiz? Shoir qaysi kasb – hunarlarni mukammal egallagan? 1.3. Shoirning tabiati (xarakteri)ga qanday baho berish mumkin? 1.4.Nima uchun shoir 2 yil Farg’onada qochib yurishga majbur bo’ldi? 2– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Shoirning adabiy merosi bilan talabalarni tanishtirish va ijodidan namunalar tahlil qilish Identiv o’quv maqsadlari: Shoirning ishqiy lirikasi xususida gapiradi. Sidqiyning ijtimoiy lirikasini tahlil qiladi. Sidqiyning tarjimalari va nasriy–asarlariga baho beradi. 2– asosiy masalaning bayoni: Shoirning lirik sherlari shuni ko’rsatadiki, u mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari eng yaxshi ananalarini davom ettiradi. U buyuk Navoiyga alohida ixlos va muhabbat bilan qaraydi. Lekin XX asrning shoiri bo’lganligidan unga demokratik ruh, marifatparvarlik qarashlari har narsadan yaqin turadi. Bu hol uni Muqimiy va Furqat izidan borishga undaydi. Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy-siyosiy sherlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxo’r qozilar, tamagir amaldorlar, riyokor ruhoniylar haqida, ijtimoiy-siyosiy sherlari esa davrning muhim voqealariga bag’ishlangan. Masalan, «Muhoraba» sheri birinchi jahon urushi haqida Mardikorlik voqealariga bag’ishlab «Rabo(t)chilar namoyishi» (1917) asarini yaratdi. Fevral inqilobidan keyin mardikorlar o’z yurtlariga qayta boshladilar. Sidqiy «Rabo(t)chilar kelishi» asarini shu voqeaga bag’ishladi. Mardikorlik voqealari mavzusi Sidqiyning «Rusiya inqilobi» dostonida mahsus bob bilan davom etgan. U inqilobiy voqealarni keng epik planda tasvir etuvchi dastlabki asar. Doston hajmi 1502 satrni tashkil qiladi. Shundan 72 satri fors-tojik tilida, qolgan matni (1430 satr) o’zbek tilida yozilgan. Doston muqaddima va xulosadan tashqari 13 bobdan tashkil topgan. Fevraldagi inqilobiy voqealar tasviri, asosan, birinchi bobda berilgan. Voqealar asarda kunma-kun beriladi. 23 fevraldagi xaloyiqning «mojaro»sini Sidqiy mamlakatni larzaga keltirgan ochlik vayronagarchilikdan deb biladi. «Maqbul qurbonlar» bobida shoir Rossiya ozodlik kurashi tarixiga nazar tashlaydi va rus inqilobiy tarixi sahifalarini 1772 yildagi Pugachyov qo’zg’olonidan boshlaydi. Shoir inqilobning sabablarini mustamlakalardagi milliy zulm bilan bog’laydi va 1916 yildagi Turkiston voqealarini misol qilib keltiradi. Muallif fikricha, Turkistondagi qo’zg’alishlarga asosiy sabab – nohaqlik va zulmning kuchayishi bo’ldi. Xuddi shunday sharoitda podshoh o’lka ahlini mardikorlikka olish haqida farmon berdi. Avvalo, shoir mardikorlikka olishning o’zini «Na bor erdi farmon aro muhlati, na bor erdi anda haqi-xikmati», deya g’ayri qonuniylik deb biladi. Sidqiy chor hukumatining halokatini ijtimoiy asoslardan kelib chiqib ko’rsatishga harakat qiladi. Sidqiy arab va fors tillarini yaxshi bilaganligi sababli tarjima bilan ham jiddiy shug’ullangan. Masalan, u mashhur «Ming bir kecha»ni, Sadiyning, «Bo’ston»ini, «Hikoyai latifa», «Bahrom va Malikai Gulandom», «Ajoyib ul – mahluqot», «O’g’ri va qozi» kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi. Uning tarjimalari orasida elon qilinmaganlari ham ko’p. «Holati Sidqiy»da og’ir inqilob yillarida sahobalarning janglari haqida yozilgan bir kitobini «Shavkat us salom tarjimai «Futuh al-Shom» nomi bilan tarjima qilganini yozgan edi. Sidqiy «Tazkirai Imomi Azam», «Sad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy», «Mezoni shariat», «Zarbulmasali Sidqiy» nomli nasriy asarlar ham yozdi. Adib nasriy merosining salmoqli qismini diniy–axloqiy asarlar tashkil qiladi. «Tarixi Imomi Azam» asari xuddi shunday mavzuda yaratilgandir. Asar Imomi Azam qissasidan tashqari «qiyomatnoma», «Roznomai Muso alayhissalom», «Me’rojnoma», «Vasiyatnoma», «Odob ul muslimin», «Eru ko’k xalq bo’lg’oni», «Xotun olmoqlik fazilati» va hokazo qismlardan iborat. «Mezoni shariat » («Sharoit tarozusi») asari 1915 yilda chop etilgan. Sidqiy shariat mezonlarini ommabop qilib berdi, qulay dastur shakliga keltirdi. «Sad irshodi Mullo Sidqiy Xondayliqiy» («Mullo Sidqiy Xondaliqiyning ikki yuz nasihati») Sharqda keng tarqalgan pand–o’gitlar, maqollar, hikmatli so’zlar ko’rinishidagi qaydlardan iborat. 1924 yil shoir «Holoti Sidqiy»ni yozdi. U shoirning o’sha paytgacha bo’lgan tarjimai holini, adabiy faoliyatini o’z qalami bilan yoritgani uchun ishonchli manba sifatida ilmiy, tarixiy, marifiy jihatdan benihoya muhimdir. «Zarbulmasali Sidqiy» 1932 yilda yozilgan bo’lib, 500 dan ortiq maqol, matal va xalq naqllariga qo’yilgan savol va ularga to’g’ri, kinoya hamda kesatiq manolaridagi izoh yoki javoblardan iborat. Sidqiy nasriy asarlarining mavzu ko’lami keng va rang–barangdir. Yuksak axloq mezonlari va ilm–marifatga davat Sidqiyning sheriyatidagi kabi nasrida ham o’zak g’oyalardan hisoblanadi. Muhokama uchun savollar: Muhabbat mavzusidagi sherlar shoir ijodida qanday o’rin tutadi? Sidqiyning hajviy sherlarida qanday muammolar ko’tarilgan? Sidqiy ijodida nasriy asarlar qanday o’rin tutadi? «Zarulmasali Sidqiy»ning bugungi kundagi ahamiyati haqida nimalar deyish mumkin? Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling