Mavzu: Kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari


Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan SAMO brendi ostidagi “NIL-GRANIT” MCHJ yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari


Download 0.72 Mb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1586531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda yetakchilik

Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan SAMO brendi ostidagi “NIL-GRANIT” MCHJ yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari
Biz yuqorida ushbu korxonani bir nechta analiz turlari orqali bu korxonani yanada takomillashtirish yo`llarini ishlab chiqdik. Birinchi analiz tahlilimiz SWOT bo`ldi.
Bunda ko`rishimiz mumkin Samo textile korxonamiz kuchli(Strengths) taraflari shuki:

Bundan ko`rinib turibdki bu korxonamiz o`zini mahsulotlarini Osiyo davlatlariga tanita olgan ya`ni o`zining brendini ko`rsata olgan. Texnologiya tomonidan qarasak bu korxonada hozirgi davrning eng so`ngi rusumda kiyim tikish uchun mo`ljallangan moshinalari, matoni bo`yash texnologiyalari, to`quv texnologiyalari ancha ko`p xisoblanadi.
Barcha SAMO mahsulotlari ISO 9001:2008 standartlariga javob beradi-bu assortiment uchun eng qiyin talablar. Ishlab chiqarishda faqat tabiiy sifatli matolar ishlatiladi va yakuniy kiyimlarning yuqori raqobatbardosh sifati Yaponiya, Xitoy, Tayvan va Italiyadan zamonaviy texnologik asbob-uskunalardan foydalanish orqali erishiladi.
Korxonani zaif (weaknesses) tomonlariga to`xtalsak:

  • Hozirgi kunda paxtani qayta ishlab chiqarish texnologiyasi mavjud emasligi;

  • Ip yigiruv texnologiyalari ham yo`qligi;

  • Logistika bo`yicha ham qiyimchiliklar;

Yuqoridagi faktorlarga nazar solsak Samo textile fabrikasi paxta qayta ishlab chiqarishi, ip yigiruv texnologiyalari mavjud bo`lmagandan so`ng, majbur ipni boshqa firmalardan turli narxlarda sotib oladi. Logistika sohasida esa tayyor mahsulotlarni faqatgina yuk avtomobillari orqali yetkazib bera oladi. Shu sabali mahsulotlar yetib borishi ham ko`p vaqtni talab etadi. Hamda bizning davlatimizda bojxona to`lovlari, xujjatlashtirish ishlari ham vaqt talab etadi. Suv orqali esa bizning davlatimiz bir nechta davlatlar chegarasidan o`tishi darkor bo`ladi. Bu esa juda murakkab.
Korxona imkoniyatlari(opportunity) quiydagilarga ega:

  • Hukumatimiz tomonidan ko`plab imkoniyatlar berilgan;

  • Bozorga yaxshi joylashib olganligi sababli tayyor mahsulotlar xajmi sezilarli darajada yuqori;

  • Qulay joylashuv;

Bu holatlarni analiz qiladigan bo`lsak, demak ushbu korxonaga ko`plab shart-sharoitlar yaratilgan mamlakatda. Xaridorlarimiz soni ko`plab bo`lganligi sababli korxona sotuv xajmini kengaytira oladi. Qulay joylashuv deganda biz shuni nazarda tutamiz, bizning mamlakatda ishga xaq to`lash darajasi boshqa davlatlarga qaraganda ancha past xisoblanadi. Shu tufayli ishchilar soni yuqori, bu bilan korxona nisbatan kam mablag` sarflab ko`plab ishchiga ish taqdim eta oladi.


So`nggisi bu korxonaga kelishi mumkin bo`lgan xavflar(Threats) turlari:

  • Raqobatning kuchayishi;

  • Paxta siyosati tobora kamayib kamayib borishi

  • Hukumat qoidalarini oshirishi ya`ni xarajatlarni ortishi

Bunda ko`rinib turibdiki hozirgi rivojlanib boryotgan davrda textle sohasida ham juda ko`plab raqobatchi kompaniyalar mavjud. Bu degani mahsulotlar xilma -xilligi ortadi. Xaridorlar tanlovi, mahsulot sifatiga bo`lgan talabi ham ortadi. Ushbu korxona o`zining xaridorlarini saqalab qolishi uchun mahsultolar sifatiga hamda uning dizayniga koproq e`tibor qaratishi darkor. Bu esa yanada ko`p xarajatlarni tashkil qiladi. O`zbekistonda paxta siyosati yildan - yilga tobora kamayib bormoqda. Sanoatnig boshqa sohalariga yerlar ajratilmoqda, paxta ekish hududlari xajmi kamayib bormoqda. Bu shuni anglatadiki, korxona sotib olayotgan paxtaning narxi ham o`zgaradi. Davlatimiz shu taraflarni ko`rgan holda yangi qarorlar ishlab chiqadi. Bu korxona xarajatlariga ham o`zini ta`sirini korsatmay qolmaydi.
Keyingi analiz turimiz esa “Porterning 5kuchi”
Bu tahlilda biz raqiblar sonini ortishi, bozorning o`sish tezligini, raqobatchi kompaniyalar mahsulotlarini xilma -xilligini, narxdagi tafovutlarni organamiz. Bir so`z bilan aytganda raqobatchilarni imkoniyatlarini ko`rib chiqamiz.
Bu sohada raqobatchilar soni yuqori, bozorning o`sish sur`ati ham anchagina yuqori darajada. Ammo raqobatchi kompaniyalar mahsulotlari turlari kam. Narxlarni oshirishdagi o`zgarishlar vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi. Firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o’zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potenstial raqiblar, o’rinbosar tovarlar, mijozlar va yetkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog’liqdir. Potenstial raqiblar va o’rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg’osta, mijozlar va yetkazib beruvchilar esa o’zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi. Hozirgi holatda raqobatchi firmalar tug`dirayotgan xavf darajasi bu orxona uchun o`rta darajada baholandi.
Keyingi analiz bu “PEST analiz” tahlili.
PEST tahlil qilish (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik) - bu tashkilot bozorda raqobatbardosh bo'lish uchun uning ishlashiga ta'sir qiluvchi asosiy tashqi omillarni baholashi mumkin bo'lgan boshqaruv usuli. Qisqartma bilan ta'riflanganidek, ushbu to'rtta soha ushbu model uchun Markaziy hisoblanadi. Bu analizni o`tkazib biz shu sohalar orqali bizga kelishi mumkin bo`lgan xavflarni aniqlab chiqamiz.
So’ngi analizimiz bu “MATRIX BCG” ushbu tahlilni qilish jarayonida biz korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan bir nechta mahsulotlarni 2020-2021 yillardagi sotuv hajmi ko’lamini “FAZO TEXTILE” korxonasining mahsulotlari bilan solishtirdik. Bundan ko’rinib turibdiki korxonamiz futbolka va polo (futbolka) mahsulotlari bo`yicha ustun xisoblanmoqda. Korxona investitsiyalarini ko`proq ushbu mahsulotlar turlariga kiritish lozim.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling