Mavzu: Kompleks sohada kо‘phadlar. Kо‘phadlarning ildizi. Bezu teoremasi. Algebraning asosiy teoremasi. Kо‘phadning chiziqli kо‘payturuvchilarga ajratish. Eng sodda ratsional kasrlarni integrallash. Ratsional kasrlarni sodda ratsional kasrlarga


Download 312.08 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2023
Hajmi312.08 Kb.
#1079455
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Kompleks sohada kî‘phadlar. Kî‘phadlarning ildizi. Bezu t

2-мисол. Р4(х)=х4-1 ko’phad D1(х)=х+1 ko’phadga bo’linsin.
Bo’linma va qoldiq topilsin.
Yechish. Qisqa ko’paytirish formulasi а22=(а+в)(а-в) ga binoan
Р4(х)=(х2)2-12=(х2-1) (х2+1)=(х-1)(х+1) (х2+1).
Demak, Q3(х)=(х-1)(х2+1) = х32+х-1 bo’linma, qoldiq R(х)=0.
ya‘ni х4-1 ko’phad х+1 ko’phadga qoldiqsiz bo’linar ekan.
Рп(α)=0 bo’lsa х=α son Рп(х) ko’phadning ildizi bo’lishi yuqorida ta‘kidlandi.
Endi Рп(х) ko’phadni х-α ga bo’lishdan chiqadigan qoldiqni bo’lish jarayonini bajarmasdan topish imkonini beradigan teoremani keltiramiz.
Bezu teoremasi. Рп(х) ko’phadni х-α ikki hadga bo’lganda Рп(α)ga teng qoldiq hosil bo’ladi.
Isboti. Рп(х) ko’phadni х-α ikkihadga bo’lib
Рп(х)=( х-α) Qп-1(х)+R
tenglikni hosil qilamiz. Bunga х=α qiymatni qo’yib isbotlanishi lozim bo’lgan Рп(α)=R tenglikka ega bo’lamiz.
3-misol. Р4(х)=х4-2х2-3 ko’phadni: а)х-2; b)х-i ikkihadlarga bo’lishdan chiqqan qoldiqni toping.
Yechish. а) R= Р4(2)=24-2·22-3=5.
b) R= Р4(i)=i4-2·i2-3=0.


Bezu teoremasining natijasi. Agar α son Рп(х) ko’phadning ildizi ya‘ni Рп(α)=0 bo’lsa, Рп(х) ko’phad х-α ga qoldiqsiz bo’linadi. Demak u
Рп(х)=( х- α) Qп-1(х)
ko’paytma ko’rinishda tasvirlanadi.
Demak, Рп(х) ko’phadning х-α ga qoldiqsiz bo’linishi uchun α son Рп(х) ko’phadning ildizi bo’lishi talab qilinar ekan.
4-misol. Р3(х)=х3-9х2+26х-24 ko’phadning ildizlari topilsin.
Yechish. Р3(2)=23-9·22+26·2-24=0 bo’lganligi sababli berilgan ko’phad x-2 ga qoldiqsiz bo’linadi, ya‘ni x=2 shu ko’phadning ildizi bo’ladi. ko’phadning boshqa ildizlarini topish uchun uni x-2 ga bo’lishdan hosil bo’ladigan bo’linmani topamiz:
_ х3-9х2+26х-24
х3-2х2
_______________________
__-7х2+26х-24
-7х2+14х
_________________________
_12х-24
_____ 12х-24____
0
shunday qilib,Р3(х)=(х-2)( х2-7х+12) tenglikka ega bo’lamiz. Agar х2-7х+12=0
kvadrat tenglamaning ildizlarini topsak Р3(х) ko’phadning qolgan ildizlarini topgan bo’lamiz:

Demak, Р3(х)=(х-2)(х-3)(х-4) va 2,3,4 sonlar berilgan ko’phadning ildizlari bo’lar ekan.
Ko’phadni darajasi noldan farqli bir nechta ko’phadlarning ko’paytmasi shaklida tasvirlash uni ko’phadlarga ajratish deyiladi.


31.2. Algebraning asosiy teoremasi. Ko’phadni chiziqli ko’payturuvchilarga ajratish
Рп(х) п-darajali (nЄN) ko’phad bo’lganda Рп(х)=0 tenglama п-darajali algebraik tenglama deyiladi. Ta‘rifdan algebraik tenglamaning ildizlari Рп(х) ko’phadning ildizlaridan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Birinchi darajali ах+в=0 (а≠0) algebraik tenglama har doim bitta ildizga ах2+вх+с=0 kvadrat tenglama

ildizlarga ega ekanligini bilamiz. Bu holda algebraik tenglama (ko’phad)ning ildizlari uning koeffitsientlari ustida ma‘lum amallarni bajarish natijasida topiladi. uchinchi va to’rtinchi darajali algebraik tenglama (ko’phad) larning ildizlarini topish uchun ham formulalar yaratilgan. Ammo darajasi besh va undan katta bo’lgan algebraik tenglama (ko’phad) larni ildizlarini topish uchun bunaqa formulalar yaratib bo’lmasligi ko’rsatilgan.
Bu yerda biz algebraik tenglama (ko’phad)ning ildizlarini topish bilan shug’ulanmaymiz.
Istalgan algebraik tenglama (ko’phad) ildizga egami, n-darajali algebraik tenglama (ko’phad) nechta ildizga ega bo’lishi mumkin degan savollarga javob izlaymiz.
Algebraning asosiy teoremasi. Har qanday ko’phad kamida bitta (haqiqiy yoki kompleks) ildizga ega.
Bu teoremaning isbotini hozircha keltirmaymiz. Teoremaga ko’ra har qanday algebraik tenglama kamida bitta ildizga ega ekanligi kelib chiqadi. teoremadan foydalanib ushbu teoremani isbotlaymiz.
31.1-teorema. Har qanday п-darajali Рп(х)= охп+ 1хп-1+…+ п
ko’phad x-α ko’rinishdagi п ta chiziqli ko’paytuvchilarga ajraladi, ya‘ni:
Рп(х)=ао (х- 1 ) (х- 2 )…(х- п) (31.1)
ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Isboti. Algebraning asosiy teoremasiga binoan Pn(x) ko’phad kamida bitta α1 ildizga ega. U holda Bezu teoremasining natijasiga ko’ra bu ko’phadlarni Pn(x)=(х- 1 )Qn-1(x) ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Algebraning asosiy teoremasiga binoan Qп-1(х) ko’phad ham kamida bitta 2 ildizga ega. U holda Bezu teoremasining natijasiga ko’ra ko’phadni
Qп-1(х)= (х- 2 )Qп-2(х)
ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Shu jarayonni davom ettirib,
Q1(х)= (х- п )Q0(х)
tenglikka ega bo’lamiz, bunda Q0 biror son. Bu son xn oldidagi koeffitsient о ga teng bo’lishi ravshan,ya‘ni Q0=a0.
Topilgan tengliklarga asoslanib isbotlanishi lozim bo’lgan (31.1) munosabatni hosil qilamiz. Eng oxirgi tenglikdan 1, 2п sonlar Рп(х)
ko’phadning ildizlari ekanligi kelib chiqadi, chunki
Рп( 1)= Рп( 2)=…= Рп( п)=0.
Xulosa: п-darajali ko’phad п tadan ortiq har xil ildizlarga ega bo’la olmaydi.



Download 312.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling