EHM avlodlari.
To’rtinchi avlod (1970-1980 yillar) EHM larining asosini katta integral sxemalar tashkil qiladi. Natijada bitta platada EHMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini joylashtirish mumkin bo‘lib, o‘ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o‘zi esa hajmi va narxi bo’yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo‘llashga imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EHMlar cho‘ntak va stol mikrokalkulyatori paydo bo’ldi. Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amallarni bajargan.
Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilgan bo‘lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o‘zgaradi. Ularning tezligi yorug‘lik tezligiga yaqin bo‘lib, bunday kompyuterlar loyihasi ichida yapon loyihalari birinchi o‘rinni egalladi.
EHM avlodlari
EHMlarning beshinchi avlodi – kelajak EHMlaridir.
1982 yilda ushbu avlod EHMlarini ishlab chiqarish dasturi Yaponiyada qabul qilingan edi. Unga ko‘ra 1991 yilda sun‘iy tafakkur masalalarini yechish imkonini beradigan prinsipial jihatdan yangi kompyuterlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan edi. Prolog dasturlash tili asosida va kompyuterlarning yangi konstruksiyalari yordamida sun‘iy tafakkur yo‘nalishining asosiy masalalari bo‘lgan bilimlarni saqlash va qayta ishlash masalalari hal qilinishi kerak edi. Qisqacha qilib aytganda beshinchi avlod EHMlari uchun dasturlar yaratish shart emas edi. Ularga tabiiy tilda masala qo‘yilishi tushuntirilsa, masala bo‘yicha yechim olish muammo bo‘lmasligi kerak edi.
Bunday EHM larning element bazasi katta integral sxemalar emas, balki sun‘iy tafakkur elementlari xizmat qiladi. Хotira sig`imini va tezkorlikni oshirishda optoelektronika va bioprotsessorlar muvaffaqiyatlaridan foydalaniladi. EHMlarning beshinchi avlodida avvalgi EHMlardan farqli ravishda umuman boshqa murakkab masalalar yechilishi ko‘zda tutiladi. Bunda EHMlarda sun‘iy tafakkur asosida kiritilgan dalil va ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida xulosa chiqara oladigan imkoniyatlar yaratish ustuvor masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |