Mavzu: Kompyuter arxitekturasi tushunchasi va ishlashning umumiy mexanizmlari. Kompyuter evolyutsiyasi. Kompyuterning asosiy xarakteristikalarini


Download 16.75 Kb.
bet5/6
Sana19.10.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1709527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kompyuter arxitekturasi

Kompyuter tuzilishi
Zamonaviy kompyuterlar turlari juda ko‘p. Lekin ularni tarkibiy qismlari umumiy mantiqiy tamoyillarga asoslanadiki, ularga ko‘ra kompyuterning quyidagi asosiy qurilmalarini ajratish mumkin:
  • Nomerlangan yacheykalardan iborat tezkor xotira;
  • Boshqarish qurilmasi va arifmetik – logik qurilmalardan iborat protsessor;
  • Kiritish qurilmasi;
  • Chiqarish qurilmasi.

  • Ushbu qurilmalar axborot uzatuvchi aloqa kanallari yordamida bir-birlari bilan birlashtirilgan. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning o‘zaro bog`lanishi sxemada tasvirlangan.
    Quyuq strelkalar yordamida axborot haraktlanishi, oddiy strelkalar yordamida boshqaruvchi signallar uzatilishi tasvirlangan.

Хotiraning vazifalari:
  • Boshqa qurilmalardan axborotni qabul qilish;
  • Axborotni saqlash;
  • Boshqa qurilmalar so‘roviga ko‘ra axborotni uzatish.

  • Protsessor vazifalari:
  • berilgan dastur buyruqlari bo‘yicha arifmetik va logik (mantiqiy) amallarni bajarish asosida ma‘lumotlarni qayta ishlash;
  • kompyuter qurilmalari ishini dastur asosida boshqarish.

  • Protsessorning buyruqlar bajaruvchi qismi arifmetik-logik qurilma (ALQ), qurilmalar ishini boshqaruvchi qismi boshqarish qurilmasi (BQ) deyiladi.
    Odatda ushbu ikki qurilma shartli ravishda bir-biridan ajratilgan, biroq konstruktiv jihatdan ular yaxlit bitta qurilmadir.
    Protsessor tarkibida xotiraning satr ixtisoslashtirilgan qo‘shimcha yacheykalari – registrlar mavjud. Registr son yoki buyruqni qisqa vaqt saqlash uchun ishlatiladi.

Kompyuterning alohida olingan qurilmalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi kompyuterning barcha qurilmalarini bog‘lovchi magistral orqali amalga oshiriladi.
Тizimli blokda kompyuterning asosiy elektron sxemalari joylashtirilgan:
  • mikroprotsessor – hisoblashlarni bajarish va kompyuterni boshqarish qurilmasi;
  • matematik soprotsessor – katta sonlar va kasrli sonlar ustida yuqori aniqlik Bilan amallarni bajarish tezligini oshirish uchun. Masalan, matematik soprotsessor ko‘p xonali kasr sonlarni suzuvchi vergulli rejimda tasvirlab, ular ustida arifmetik amallarni 5-15 barobar katta tezlikda bajaradi. PENTIUM va undan yuqori versiyali protsessorli kompyuterlarda matematik soprotsessor asosiy protsessor tarkibidan o‘rin olgan. Uni alohida asosiy plataga o‘rnatishga hojat qolmagan


Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling