Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlari tuzilishini o’rganish Kerakli jihoz


Download 17.88 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi17.88 Kb.
#1338529
Bog'liq
14 (1)


Mavzu: Kompyuter tarmoqlari.
Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlari tuzilishini o’rganish
Kerakli jihoz:Videoproyektr,kompyuter,adabiyotlar, internet manbalari
Topshiriqlar
1.Tarmoq
2.Lokal tarmoq
3.Global tarmoq
4.Mintaqaviy tarmoq
Nazariy qism
Ishning borishi
1957 yili ARPA (Advanced Research Projects Aqency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida ARPANet tajriba tarmog`ini tashkil etish xaqida qaror qabul qilindi va u ilk bor tarmoq 1972 - yili namoish etildi. 80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o`zaro ta’siri protokollari standartlashtirildi. Boshlangich variant TCP/IP (Transfer Control Protocol /Internet Protocol). 1989 -yili ARPANet mustaqil tarmoq sifatida tugatildi. 1983 yilda Internet tashkil etildi.
Gepermatnli inqilob: 1987 yili ma’lumotlarning gepermatn taxrirlovchisi Nelpson tomonidan tuzib chiqdi. Bu xalqaro axborot tarmog`i - World Wide Web (WWW) ga poydevor bo`ldi. 1993 yili Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli grafik brauzeri ishlab chiqildi.
Kompyuter tarmoqlari va ularning ta’minotlari
Uzatish kanallari orqali o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Bu tarmoq axborot almashish vositasi bo`lib, u apparat, dasturiy va axborot tarmog`i resurslaridan birgalikda foydalanishni ta’minlaydi.
Kompyuter tarmoqlarini xududiy jihatdan quyidagilarga bo`linadi:

  • lokal;

  • mintaqaviy;

  • global.

Lokal tarmoqlari bir korxona yoki muassasalardagi bir necha yaqin binolardagi abonentlarni maxsus kabellar bilan bog`laydi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo`lmagan mamlakat shaharlari va viloyatlari foydalanuvchi kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telefon aloqa kanallari orqali birlashtiradi.
Global tarmoqlar o`ziga butun dunyo bo`yicha hamma abonentlarni, lokal va mintaqaviy tarmoqlarni o`ziga telefon yoki sputnik aloqa tarmog`i orqali birlashtiradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi texnik vositalar bilan bog`liqdir:
Lokal kompyuter tarmog`i. Har qanday lokal tarmoqqa ulangan kompyuter, ham tarmoq va ham lokal rejimda ishlaydi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni ulashda quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: ko`pkanalli; aylanma; yulduzsimon.
Lokal tarmoqda ishlashning quyidagi afzalliklari mavjud:
-resurslardan birgalikda foydalanish;
-axborotlarni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish yoki boshqa kompyuterga ham kirish;
-global tarmoqqa chiqish.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo`lganligi sabab, telefon aloqa kanallaridan foydalanilmaydi. Lokal tarmoqda oddiy axborotlar va foyl ma’lumotlarini jo`natish va qabul qilishda asosan Outlook Express dasturidan foydalaniladi.
Internet -bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog`idir. Internet global tarmog`ining asosiy dasturi Internet Explorer bo`lib, u Web sahifalarni ko`rish vositasidir.
Internet o`z-o`zini boshqaruvchi murakkab axborot izim bo`lib, u asosan uchta -texnik, dasturiy va axborotli tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Nazorat savollari
1.Qanday kompyuter tarmoqlarini bilasiz?
2.Lokal tarmoq nima va uning afzalliklari nimada?
3.Internetda qanday protakollar mavjud?
4.Internetda protakollar vazifasi nimadan iborat?
5.Internetda IP va domenli adreslash nima?
6.Geografik va mavzuli domen adresini tushuntiring.
7.Qanday qidiruv tizimlarini bilasiz?
Download 17.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling