Mavzu: kon ishlarining bosqichlari va turlari


Download 238.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi238.45 Kb.
#1756200
  1   2   3
Bog'liq
Мажмуа 4-курс ОКИ (РМХ)-34-36



 
5-MA’RUZA 
MAVZU: KON ISHLARINING BOSQICHLARI VA TURLARI.
OCHIQ KON ISHLARINI RIVOJLANISH TARTIBI.  
 
Mashg’ulotning maqsadi:
Ochiq kon ishlarining davri va rivojlanishining o’ziga 
xosliklari bilan tanishish.
 
Reja: 
1. Кон sirtini tayyorlash va quritish 
2. Kon-kapital ishlari. 
3. Kon-qurilish ishlari. 
4. Eksplutatsion kon ishlari. 
5. Karyer xo’jaligining qayta tuzilishi. 
6. Kon ishlarining rivojlanish tartibi. 
Tayanch iboralar: ochiq kon ishlari ob’ektlari, koyali va yarim koyali tog jinslari, buzilgan tog 
jinslari, buzilgan tog jinslari kategoriyalari, mustaxkam, yumshoq va sochiluvchan tog jinslari, , 
maydalangan jinslar, noo’lchamli jinslar. 
Kon ishlarining ko’rinishlari va davrlari 
Yangi konlarni yoki karyer maydonlarining navbatdagi bo’laklarini o’rganish sirtni 
tayyorlashdan boshlanadi. U daryolarni, ariqlarni, ba’zи hollarda ko’llarni tarmoqlash, o’rmonlarni 
kesish va to’nkalarni kovlash, karyer maydonini zovur tarmoqlari vositasida yuqori suvlardan 
chegaralash bo’yicha maxsus, ba’zan qimmatli yirik muhandislik ishlari o’tkazilishidan iborat 
bo’ladi. Sirtning tayyorlanishi shuningdek keyinchalik yer qatlaminidan foydalanish uchun olib 
tashlash va qatlamlash, sirtning tekislanishi, kon qurilmasining montaji uchun maxsus 
maydonchalarni yaratish, birlamchi avtomobil yoki temir yo’llarning kon qismlari va bo’laklariga 
kirishlarini qurishni o’z ichiga oladi.
Odatda sirtning tayyorlanishi bilan bir vaqtda karyer maydoni yoki alohida bo’laklar ichida 
jins massivni quritish bo’yicha maxsus ishlar bajariladi. Zarur paytlarda, jinslarning buzilish va 
o’pirilishga moyilligi bo’lganida jins massivi chetki bo’laklarini mustahkamlash bo’yicha maxsus 
ishlar amalga oshiriladi.
To’liq yoki qisman bajarilgan sirtning tayyorlanishi va konning quritilishi kon-kapital 
ishlarini boshlash imkonini beradi. Ularga qoplaydigan jinslarni olib tashlash, kapital, kesik 
transheya va kotlovanlar, shuningdek loyiha bilan mos keladigan yuza va olish ishlarini tizimli 
ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradigan ko’tarma yaratish ishlari tegishli. 
Karyerni qurish davridan uni foydalanishga topshirishgacha bajariladigan kon-kapital 
ishlarini kon-qurilish ishlari deb atashadi. Ularga shuningdek karyerni qurish davrida olish ishlari 
(yo’l-yo’lakay olish) va transport kommunikatsiyalarini qurish bo’yicha ishlar kompleksi tegishli.
Kon-qurilish ishlarining iqtisodiy o’ziga xosliklari: 
Kon-qurilish ishlariga barcha harajatlar kapital mablag’larga tegishli; 
Kon-qurilish ishlariga (1 m
3
ga) solishtirma harajatlar karyerdan foydalanish davridagi kon 
ishlaridan ko’p, ayniqsa ular tomonidan loyiga mos ishlab chiqarish quvvatiga erishilganida.
Shuni hisobga olgan holda kon-qurilish ishlarini foydali qazilmalarni olishni ta’minlash 
uchun zarur bo’lgan minimal hajmda bajarish maqsadga muvofiq: tasdiqlangan loyihada 
ko’rsatilgan, yo karyerning loyihaviy to’liq quvvatida, yo bu quvvatning bir qismida (ko’pincha 30 
dan 60 % gacha). 
Foydalaniladigan kon ishlari quyidagilarga ajratiladi: 
Foydali qazilmani ishlab chiqishga tayyorlangan va ochilgan zahiralarini yaratish bilan 
bo’sh jins va nokonditsion foydali qazilmalarni olish va ag’dargichlarga ko’chirilishidan iborat 
bo’lgan ochish ishlari.
Olingan foydali qazilmalarni chiqarish va ombor yoki iste’molchiga yetkazishdan iborat 


bo’lgan olish ishlari.
Foydalaniladigan kon ishlari tarkibiga shuningdek foydali qazilma ochilgan zahiralarini 
tozalash, transport kommunikatsiyalarini tuzish, olish va ochish ishlari frontining uzunligini 
oshirish uchun ochilgan kamarlarda kesilgan transheyalar navbatdagi bo’lagini o’tkazish va 
karyerning kamar xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha ishlar kiradi.
Kon-kapital ishlari quriladigan obyektlar uchun o’rnatilgan tartibda Qurilish banki 
loyihasiga ko’ra moliyalashtiriladi: foydalanish kon ishlari mavjud korxonalar uchun o’rnatilgan 
tartibda sanoat banki tomonidan moliyalashtiriladi.
Karyerni to’liq loyiha quvvatisiz foydalanishga topshirgandan so’ng barcha kon ishlari 
foydalanishga tegishli bo’ladi yoki foydalanish ishlari bilan bir qatorda bir vaqtning o’zida karyer 
maydonining navbatdagi bo’laklarida kapital ishlari bajarilishda davom etadi. Foydali qazilmani 
ishlab chiqarishga tayyorlangan va ochilgan zahiralari kon ishlari frontining uzunligining oshirilishi 
bilan foydalanishga karyerning navbatdagi bo'laklari topshiriladi. Shunday qilib, bosqichma-
bosqich karyerning ishlab chiqarish quvvati loyiha darajasigacha yetkaziladi. Karyerni 
foydalanishga topshirish davridan ular tomonidan loyiha quvvatiga erishilgunigacha bo’lgan davrni 
ko’pincha karyer loyiha quvvatini egallash davri deb atashadi. Kiritiladigan quvvat (to’liq loyihali 
yoki alohida navbat – foydali qazilma bo’yicha boshlanadigan kompleks) 5 dan 30 mln t/yiliga va 
undan ortig’iga o’zgargunicha uning egallanish normativ muddati 9 dan 24 oygacha o’sadi.
Ochadigan va kesik kon ishlab chiqarishlarini yaratish bo’yicha ishlar kon-tayyorlash 
ishlari deb ataladi. Karyer faoliyat davri (qurilish yoki foydalanish) va moliyalashtirish manbaiga 
qarab (kapital mablag’lar yoki mavjud korxonaning asosiy faoliyati hisobiga) kon-tayyorgarlik 
ishlari kon-kapital yoki foydalanish ishlariga tegishli bo’ladi. Ba’zi holatlarda karyerning loyihali 
quvvati egallanganidan so’ng foydalanish davrida o’tkaziladigan kon-tayyorgarlik ishlari kon-
kapital ishlariga tegishli bo’ladi.
Kon-kapital ishlariga shuningdek quritish, ko’pincha navbatdagi suv pasaytiruvchi 
chuqurlarni burg’ilash, yer osti drenash lahimlar va yo’llarni qurish bilan bog’liq foydalanish 
davrida davom ettiriladigan ishlar tegishli bo’ladi.
Kon haqida qo’shimcha razvedka ma’lumotlari o’rnatilgan va foydali qazilmalar zahirasi 
qayta tasdiqlanganida, ayniqsa loyiha grafigiga ko’ra bir kon ishlari bosqichidan boshqasiga 
o’tishda kon va transport qurilmalarini almashtirish, ochuvchi lahimlar va ag’dargichlarni qayta 
tuzish va karyerning ishlab chiqish quvvatini o’zgartirish bilan karyer xo’jaligini qayta tuzish 
zaruriyati tug’iladi. Qayta tuzish bo’yicha ishlar kon-kapital ishlarga tegishli bo’ladi va maxsus 
tasdiqlangan loyihalar bo’yicha amalga oshiriladi. 
Odatda zahiralarning tugashi yoki ishlab chiqishning yer osti usuliga o’tish zaruriyati bilan 
bog’liq bo’lgan konni ochiq ishlab chiqarilishining yakuniy bosqichi ba’zan bir necha yil davom 
etadigan kon ishlari “o’chish” davri hisoblanadi.

Download 238.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling