Mavzu: kon ishlarining bosqichlari va turlari
Download 238.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Мажмуа 4-курс ОКИ (РМХ)-34-36
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Kon ishlarining ko’rinishlari va davrlari
5-MA’RUZA MAVZU: KON ISHLARINING BOSQICHLARI VA TURLARI. OCHIQ KON ISHLARINI RIVOJLANISH TARTIBI. Mashg’ulotning maqsadi: Ochiq kon ishlarining davri va rivojlanishining o’ziga xosliklari bilan tanishish. Reja: 1. Кон sirtini tayyorlash va quritish 2. Kon-kapital ishlari. 3. Kon-qurilish ishlari. 4. Eksplutatsion kon ishlari. 5. Karyer xo’jaligining qayta tuzilishi. 6. Kon ishlarining rivojlanish tartibi. Tayanch iboralar: ochiq kon ishlari ob’ektlari, koyali va yarim koyali tog jinslari, buzilgan tog jinslari, buzilgan tog jinslari kategoriyalari, mustaxkam, yumshoq va sochiluvchan tog jinslari, , maydalangan jinslar, noo’lchamli jinslar. Kon ishlarining ko’rinishlari va davrlari Yangi konlarni yoki karyer maydonlarining navbatdagi bo’laklarini o’rganish sirtni tayyorlashdan boshlanadi. U daryolarni, ariqlarni, ba’zи hollarda ko’llarni tarmoqlash, o’rmonlarni kesish va to’nkalarni kovlash, karyer maydonini zovur tarmoqlari vositasida yuqori suvlardan chegaralash bo’yicha maxsus, ba’zan qimmatli yirik muhandislik ishlari o’tkazilishidan iborat bo’ladi. Sirtning tayyorlanishi shuningdek keyinchalik yer qatlaminidan foydalanish uchun olib tashlash va qatlamlash, sirtning tekislanishi, kon qurilmasining montaji uchun maxsus maydonchalarni yaratish, birlamchi avtomobil yoki temir yo’llarning kon qismlari va bo’laklariga kirishlarini qurishni o’z ichiga oladi. Odatda sirtning tayyorlanishi bilan bir vaqtda karyer maydoni yoki alohida bo’laklar ichida jins massivni quritish bo’yicha maxsus ishlar bajariladi. Zarur paytlarda, jinslarning buzilish va o’pirilishga moyilligi bo’lganida jins massivi chetki bo’laklarini mustahkamlash bo’yicha maxsus ishlar amalga oshiriladi. To’liq yoki qisman bajarilgan sirtning tayyorlanishi va konning quritilishi kon-kapital ishlarini boshlash imkonini beradi. Ularga qoplaydigan jinslarni olib tashlash, kapital, kesik transheya va kotlovanlar, shuningdek loyiha bilan mos keladigan yuza va olish ishlarini tizimli ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradigan ko’tarma yaratish ishlari tegishli. Karyerni qurish davridan uni foydalanishga topshirishgacha bajariladigan kon-kapital ishlarini kon-qurilish ishlari deb atashadi. Ularga shuningdek karyerni qurish davrida olish ishlari (yo’l-yo’lakay olish) va transport kommunikatsiyalarini qurish bo’yicha ishlar kompleksi tegishli. Kon-qurilish ishlarining iqtisodiy o’ziga xosliklari: Kon-qurilish ishlariga barcha harajatlar kapital mablag’larga tegishli; Kon-qurilish ishlariga (1 m 3 ga) solishtirma harajatlar karyerdan foydalanish davridagi kon ishlaridan ko’p, ayniqsa ular tomonidan loyiga mos ishlab chiqarish quvvatiga erishilganida. Shuni hisobga olgan holda kon-qurilish ishlarini foydali qazilmalarni olishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan minimal hajmda bajarish maqsadga muvofiq: tasdiqlangan loyihada ko’rsatilgan, yo karyerning loyihaviy to’liq quvvatida, yo bu quvvatning bir qismida (ko’pincha 30 dan 60 % gacha). Foydalaniladigan kon ishlari quyidagilarga ajratiladi: Foydali qazilmani ishlab chiqishga tayyorlangan va ochilgan zahiralarini yaratish bilan bo’sh jins va nokonditsion foydali qazilmalarni olish va ag’dargichlarga ko’chirilishidan iborat bo’lgan ochish ishlari. Olingan foydali qazilmalarni chiqarish va ombor yoki iste’molchiga yetkazishdan iborat bo’lgan olish ishlari. Foydalaniladigan kon ishlari tarkibiga shuningdek foydali qazilma ochilgan zahiralarini tozalash, transport kommunikatsiyalarini tuzish, olish va ochish ishlari frontining uzunligini oshirish uchun ochilgan kamarlarda kesilgan transheyalar navbatdagi bo’lagini o’tkazish va karyerning kamar xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha ishlar kiradi. Kon-kapital ishlari quriladigan obyektlar uchun o’rnatilgan tartibda Qurilish banki loyihasiga ko’ra moliyalashtiriladi: foydalanish kon ishlari mavjud korxonalar uchun o’rnatilgan tartibda sanoat banki tomonidan moliyalashtiriladi. Karyerni to’liq loyiha quvvatisiz foydalanishga topshirgandan so’ng barcha kon ishlari foydalanishga tegishli bo’ladi yoki foydalanish ishlari bilan bir qatorda bir vaqtning o’zida karyer maydonining navbatdagi bo’laklarida kapital ishlari bajarilishda davom etadi. Foydali qazilmani ishlab chiqarishga tayyorlangan va ochilgan zahiralari kon ishlari frontining uzunligining oshirilishi bilan foydalanishga karyerning navbatdagi bo'laklari topshiriladi. Shunday qilib, bosqichma- bosqich karyerning ishlab chiqarish quvvati loyiha darajasigacha yetkaziladi. Karyerni foydalanishga topshirish davridan ular tomonidan loyiha quvvatiga erishilgunigacha bo’lgan davrni ko’pincha karyer loyiha quvvatini egallash davri deb atashadi. Kiritiladigan quvvat (to’liq loyihali yoki alohida navbat – foydali qazilma bo’yicha boshlanadigan kompleks) 5 dan 30 mln t/yiliga va undan ortig’iga o’zgargunicha uning egallanish normativ muddati 9 dan 24 oygacha o’sadi. Ochadigan va kesik kon ishlab chiqarishlarini yaratish bo’yicha ishlar kon-tayyorlash ishlari deb ataladi. Karyer faoliyat davri (qurilish yoki foydalanish) va moliyalashtirish manbaiga qarab (kapital mablag’lar yoki mavjud korxonaning asosiy faoliyati hisobiga) kon-tayyorgarlik ishlari kon-kapital yoki foydalanish ishlariga tegishli bo’ladi. Ba’zi holatlarda karyerning loyihali quvvati egallanganidan so’ng foydalanish davrida o’tkaziladigan kon-tayyorgarlik ishlari kon- kapital ishlariga tegishli bo’ladi. Kon-kapital ishlariga shuningdek quritish, ko’pincha navbatdagi suv pasaytiruvchi chuqurlarni burg’ilash, yer osti drenash lahimlar va yo’llarni qurish bilan bog’liq foydalanish davrida davom ettiriladigan ishlar tegishli bo’ladi. Kon haqida qo’shimcha razvedka ma’lumotlari o’rnatilgan va foydali qazilmalar zahirasi qayta tasdiqlanganida, ayniqsa loyiha grafigiga ko’ra bir kon ishlari bosqichidan boshqasiga o’tishda kon va transport qurilmalarini almashtirish, ochuvchi lahimlar va ag’dargichlarni qayta tuzish va karyerning ishlab chiqish quvvatini o’zgartirish bilan karyer xo’jaligini qayta tuzish zaruriyati tug’iladi. Qayta tuzish bo’yicha ishlar kon-kapital ishlarga tegishli bo’ladi va maxsus tasdiqlangan loyihalar bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda zahiralarning tugashi yoki ishlab chiqishning yer osti usuliga o’tish zaruriyati bilan bog’liq bo’lgan konni ochiq ishlab chiqarilishining yakuniy bosqichi ba’zan bir necha yil davom etadigan kon ishlari “o’chish” davri hisoblanadi. Download 238.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling