Mavzu: Kon sanoatining kompleksining asosiy elementlari Reja
Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
Download 23.18 Kb.
|
8-amaliy
Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara bera- digan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo‘lgan tabiiy minerallar foydali qazilma hisoblanadi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni Yer qobig‘idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko‘ri- nishlarda uchraydi. Foydali qazilmalarni qazib olishning yer osti, ochiq, geotex- nologik, skvajina va aralash usullari mavjud bo‘lib, ularni qazib olish konchilik korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Konchilik korxonasi konlarni izlab topish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqa- ruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi. Shaxta — foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik — asosan, metall rudalari, kon-kimyoviy xomashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Karyer — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez — ko‘mir qazuvchi karyer. Priysk — qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Promisel — suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli). Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazil- mani qazib olish bilan bog‘liq barcha ishlar majmui konni qazib chiqarish deyiladi. Bu ishlar kon qazib chiqarishning bo‘g‘inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish, so‘ng uning bir qismini qazishga 1, 2, 12 — vertikal lahimlar; 3, 4, 5, 10, 11 — gonzontal lahimlar; 6, 7, 8, 9 — qiya lahimlar; 13 — nasos kamerasi; 14 — qazish kavjoyi. tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari birin- ketin bajariladi. Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon lahimlari to‘rini barpo etish zarur (1.1- rasm).
Download 23.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling