Mavzu: ko`nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifatida


Download 59.83 Kb.
bet3/13
Sana15.06.2023
Hajmi59.83 Kb.
#1481814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu ko`nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifat

Asosiy ko'nikma turlari
Mashg'ulot namoyishlari nima qila olasiz, siz qanday inson ekanligingizni emas. Asosiy ko'nikma va shaxsiy fazilatlarni farqlash muhimdir. Umumiy xato - bu shaxsiy fazilatlarga xalaqit berish va masalan, muzokaralar ko'nikmalari, stressga chidamlilik, mas'uliyat va hk.
Rezyumedagi asosiy ko'nikmalarni guruhlarga bo'lish mumkin:
Kommunikativ ko'nikmalari, muzokaralar ko'nikmalari, biznes aloqalari;
Tashkiliy qobiliyat, rejalashtirish ko'nikmalari, resurslarni taqsimlash, loyihalarni boshqarish;
Etakchilik fazilatlari, insonim menejmenti ko'nikmalari;
Tahliliy qobiliyatlar, g'oyalar, strategik fikrlash;
Amaliy ko'nikmalar; Bir yoki boshqa kasb faoliyati uchun xos bo'lgan ko'nikma.
Xulosadagi asosiy ko'nikmalar
Aloqa maxorati:
Muzokara qilish qobiliyati
Ziddiyatli vaziyatlarni ko'nikmalar hal qilish
Mojarolarni hal qilish ko'nikmalari
Mijozlar bilan ishlash, e'tirozlar bilan ishlash
Ommaviy nutqlar ko'nikmalari
Ishontirish qobiliyati
To'g'ri og'zaki va yozma til
Tashkiliy ko'nikmalar:
Loyihalar boshqaruvi
Ko'p bosqichli rejimda ishlash qobiliyati
Strategik rejalashtirish
Byudjetlashtirish
Etakchilik ko'nikmalari:
Qo'lda odamlar
Xodimlarning motivatsiyasi
Amaliy ko'nikmalar:
Eksperimental foydalanish kompyuteri, bilim ms ofislari
Ishlar yozishmalari
Hujjat ishlab chiqarish, xodimlarning hujjatli hujjatlari
Chet tillarini bilish
Qonun hujjatlari, yuridik ma'lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatini bilish
Mehmonlarni bilish, Snipov
"Ko'r" bosma nashrlari (rus, ingliz)
Umuman olganda, xulosada asosiy ko'nikmalarni ko'rsatganda, printsipga rioya qilish kerak ahamiyatlilik. Asosiy ko'nikmalar xulosaning maqsadiga mos kelishi kerak. Siz murojaat qilgan bo'sh ish joyidan qat'i nazar, barcha mahoratingizni ko'rsatishning hojati yo'q. Ma'lum bir bo'sh ish o'rinlari uchun faqat professional mahoratni belgilang.
Bo'sh ish joyidan so'zlardan foydalaning. Bu sizning rezyumeni filtrlardagi yollash uchun yaxshi yo'llanma olish uchun kerak.
Foydali ro'yxatdagi ko'nikmalarni tuzish. Uni katta ko'nikmalarning sanishi bilan haddan tashqari oshirmang. Bu xulosani tuzish uchun rasmiy yondashuvning taassurotini yaratishi va asosiy narsani aniqlay olmasligingiz haqida gaplashishingiz mumkin.


Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo'lga qo'-yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o'tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro'y berib turadi. O‘z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin. Navbatdagi bob ana shu masalaga bag‘ishla",gan. l-§ . O‘quv jarayonida nazoratning o‘rni va roli, nazorat shakllari Qo'yilgan ta’lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhim ahamiyatga ega va u pedagogik texnologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. O'quvchi, talabalarning bilimi va ko‘nikmalarini tekshirish, sinash (o'lchash) va baholash nazorat deb ataladi. Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o ‘qituvchi va o'quvchi, talaba o'rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o'quvchi, talabalar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish darajasi to'g'risida xolisona axborotga ega bo'lish va ular bilimi, ko'nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko'rishdir. O'quvchi-talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o'rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o'qishrti ragbatlantirish, ijobiy o‘quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bo* lib hisoblanadi. Baholashning adolatli bo'lishi va bilimiga ko'ra tabaqalanishi, predmetni puxta o'zlashtirish uchun intilishga olib keladi Baholash faqatgina o'zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o'qishni rag'batlantirish, ijobiy o'quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta’sir etishning yagona vositasi bo'lib hisoblanadi. Xolisona bahodash ta ’sirida talabalarda unga muvofiq bo'lgan o'z-o'zini baholash, o'z muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lish hissi paydo bo'ladi. O'qituvchi o'quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali: * ularning fan bo'yicha nimalarni bilishi, qanday savollami chuqurroq o'rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi; * nimalarni, qanday savol, masalalarni o'zlashtirgani haqida axborotga ega bo'ladi; * ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi; * o'qituvchi va o'quv yurti m a’muriyati tomonidan o'quvchitalabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko'chirish haqida qaror qabul qilinadi. Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo'lib, qator funksiyalarni bajaradi: 1. Tashhislovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming xislat, fazilatlari, o'quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir. 2. O'qituvchi-o'rgatuvchi funksiyasi. Talabalaming o'zlashtirishiga ta’sir ko'rsatadi, ulaming faolligini oshiradi. O'quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o'qishga ijodiy m unosabatda bo'lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi. 3. Tarbiyalovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming salbiy tomonlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi. 4. Rivojlantimvchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko'nikma, malakalarini tashhislash orqali o'zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini ortishida o'z aksini topadi. O'quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari: — barcha talabalami jalb etish; — dastur materiallarini to'la qamrab olish; — talabalarga oshkora yondashish; — talabalar bilimini adolatli baholash; — muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o'z ustida tinimsiz ishlash, o'qish, o'rganishga undaydi. O‘quvchi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi. Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta’lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating — individual son, miqdor ko‘rsatkichi m a’nosida ishlatiladi) tizimi qo'llanilmoqda. Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning -olgan bilimini o'zlashtirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli. Reyting tizimini qo'llash orqali talabalarni o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta’minlash bo'lsa, ikkinchi tomondan, professoro'qituvchilarni m a’ruza, amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik ko'rish, dars o'tishning turli-tuman uslublarini qo'llash, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda mas'uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi esa raqobatbardosh mutaxassislami tayyorlashga erishishga qaratilgan. O‘quvchi, talabaning fan bo'yicha o'zlashtirishini baholash semestr, o'quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi. Oliy o'quv yurtlarida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta Maxsus ta’lim vazirligining 2009-yiI 11-iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom»ga asosan talabalarning fan bo'yicha o'zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib borilladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa O'M KHT markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonIi buyrug'iga muvofiq ishlab chiqilgan «O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o'quvchilarining bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom» hamda «O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o'quvchilar bilimini reyting tizimi orqali yakuniy baholash bosqichida tayanch so'z va iboralarga asoslangan yozma ish usulini tatbiq etish bo'yicha muvaqqat Nizom» asosida olib boriladi. Ularga ko'ra, o'qitish saviyasi, o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun quyidagi nazorat turlarini o'tkazish ko'zda tutiladi: • joriy nazorat; • oraliq nazorat; • yakuniy nazorat. Oliy ta ’limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo'yicha talabaning o'zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ychun ajratilgan har bir mavzu bo'yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikrmulohazalari, dars o'tish metodlari bo'yicha berilgan topshiriqlarni bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko'nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg'ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o'tkaziladi. Oraliq nazorat semestr, o'quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo'limi bo'yicha nazariy mashg'ulotlar o'tib bo'lingandan so'ng o'tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o'zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi. Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o'tkaziladi. Talabalaming bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning Texnologik xaritasida ko'rsatilgan Mavzularini qamrab olgan holda, jam i 42 ball doirasida baholanadi. Oraliq baholashda talabalaming o'zlashtirish ko'rsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, o'tilgan mavzular bo'yicha og'zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi. Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qo'shiladi. Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o'quv yili davomida o'tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o'zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o'quv rejasida fanga semestr yoki o'quv yili uchun ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida o'tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko'nikma va malakalari ishchi o'quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o'g'zaki so'rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi. Talabalar bilimini reyting tizimi bo'yicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o'z fikrini yozma ifodalash ko'nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin. Yozma ish yakuniy baholash shaklida o'tkaziladigan bo'lsa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o'quv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokaina etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan bo'yicha tasawuri, bilimi va amaliy ko'nikmasini baholash uchun yetarli bo'lishi zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Fan bo'yicha JB va OB turlarida talaba to'plashi mumkin bo'lgan maksimal reyting ballning miqdori, o'quv rejasida fanga semestr yoki o'quv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi: JB - 43 ball, OB - 42 ball. Talaba o^rganayotgan fani bo'yicha har bir nazorat bo'yicha maksimal ballning kamida 56 foizini to'plagan bo'lishi kerak. Undan kam ball to'plagan talabaning fanni o'zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va iboralar mazmunini yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni o'zlashtirganligi darajasiga qarab baholash asosida amalga oshiriladi va unga maksimum 15 ball ajratiladi. Semestr davomida fanlar bo'yicha to'plagan ballar maksimal ballning: 86 — 100 foizini tashkil etsa, «a’lo»; 7 1 —85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»; 56 — 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»; 55 foiz va undan кам bo'lsa, «qoniqarsiz» baholanadi. Bilimini sinash va baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.

Ball

Baho

Talabaning bilim drajasi

85-100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish; Mugtaqil mushohada yuritish; Amalda qo'llay bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo'lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo'llay bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo'lish.

56-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasawurga ega bo'lish.

0-55

Qoniqarsiz

Aniq tasawuiga ega emaslik; Bilmaslik.

Muvaqqat Nizomga asosan akademik litseylarda har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qa’i nazar 100 ballik tizimda, kasb-hunar kollejlarida esa 5 ballik («5», «4», «3», «2») tizimda butun sonlar yordamida baholanadi. Muayyan fan (predmet) bo'yicha o‘quvchining bali nazorat turlari bo'yicha to ‘plangan umumiy ballarning o'rtachasi hisoblanadi. Mumkin bo'lgan maksimal ball 5 balni tashkil qiladi. 2-§. О ‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash usullari O'quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, o ‘tilayotgan fan, qo'yilgan maqsad, o'qituvchining tanlovi kabilarga bog'liq. Dars jarayonida metodlarni qo'llash bo'yicha joriy va oraliq nazorat ballar qanday belgilanishi va ularni mavzuga ajratilgan vaqt va balldan kelib chiqib qanday moslashtirishni ko'rib chiqqanmiz. Masalan, amaliyot darsini modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llab o'tildi, deylik, eng yuqori ball 10 bo'lsin. Joriy nazorat bo'yicha amadiy mashg'ulotda maksimal 2 ball berish ko'zda tutilgan bo'lsa, demak, 10 ball olgan talabaga jurnalga 2 ball, 9 ball olganga esa 1,8 ball, o'yinda 7 ball olganga 1,4 ball, agar maksimal ball 5 bo'lsa, 9—10 ball, 7—8 ball bo'lgani 4 va hokazo tarzda moslashtirib baho quyib chiqamiz. Oraliq baholash ham metodlar bo'yicha alohida baholash ko'zda tutilgan bo'lsa, shunday moslashtiriladi. Keng qo'llaniladigan nazorat uslublaridan og'zaki metodlardir. Og'zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o'qituvchining o'quvchi-talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo'shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Oquvchi-talaba o‘z fikrini o'rtoqlashish, boshqalarning nuqtayi nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Pedagog tomonidan qo'yilgan savolga og'zaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog'langan. Og'zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o'zining iqtidorini, qo'shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga imkon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari to'g'risidagi taassurot vujudga keladi, e’tirozlami, barcha gumonlami bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Lekin bu usulda subyektiv omil asosiy o ‘rinda turadi. O'quvchi-taiabalar bilimini baholashda testlar muhim o ‘rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko‘maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og‘zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. Testlar talabalar bilimini nazorat qilislming obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o ‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o ‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi. Testlami yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan aw al ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo'llash mumkin. Mavzu bo'yicha dars o'tishdan aw al qo'llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolaiga, o'rganilayotgan kategoriyalaiga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo‘lmagan g‘oya, tushuncha, gohida alohida so‘z bilan to ‘qnash kelib, ulam i mustaqil o‘iganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo‘llanma beradi. Oraliq testlar darsni o'zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlaming natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi. Testlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an’anaviy o'zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo'yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi. Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar o'tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko'ra o'qituvchi dastur bo'yicha o'z ishini, dars o'tiladigan savollami ко‘rib chiqadi, kelgusida dars o'tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo'ljallaydi (XI bobga qarang). Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo'lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko'p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o'qituvchilar ko'proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.

Topshiriq turlari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Masalamashqlar

Ballda baholash oson. Talabalar bilimini real hayotda qo‘llay bilishini, ko‘- nikmalarini tekshirish, aniqlash mumkin.

Yaxshi masala-mashqlami o‘ylab topish, tuzish oson emas. Talabalar haddan tashqari hisob-kitobga berilib ketishi mumkin. Tor doiradagi savollar qamrab olinadi.

ESSe uchun savol, mavzu bo'yicha tayanch iboralar asosida savollar

Savollami tuzish oson. Talabalar o‘z fikrini bayon qilish uchun keng imkoniyatga ega. Tavakkal qilib javob topib bo'lmaydi.

Javoblami tekshirish uchun ko‘p vaqt ketadi. Baholash qiyin.

Testlar

Butun dastur bcr’yicha yoki alohida mavzularni qamrab olishi mumkin. Talabalar bilimini tezda tekshirish mumkin. Talabalar bilimi obyektiv baholanadi.

Tavakkal qilib javob topish mumkin. Test savollarini tuzish ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. Talabani o ‘z fikrini bildirish imkoniyati yo‘q.

Ijodiy topshiriq

Fikr yuritishning eng yuqori darajasiga yetishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Asosiy diqqat bilimni amaliyotda qo‘llashga qaratiladi. Talabaga ijodiy mustaqillik beradi, olgan bilimining turli tuman qirralarini namoyon qiladi.

Hamma konsepsiya, mavzular uchun ham qo‘llab bo‘lmaydi. Kutilgan natijani bermasligi mumkin. Baholash qiyin. Ko‘p vaqt ketadi. Talabalar o'rtasidagi farqni aniqlash qiyin.

Ko'nikmalar, ko'nikmalar, odatlar va ularni shakllantirish. Odatlarni shakllantirish mexanizmi


Barcha ota-onalar farzandlarining yaxshi, baxtli bo'lishini orzu qiladilar va ko'pchilik ota-onalar buning uchun bolalarni diqqat bilan o'qitish kerakligini bilishadi. Biroq, to'g'ri tarbiya qanchalik muhimligini anglab etsa ham, ko'plab ota-onalar bu masalaga amalda qanday munosabatda bo'lishni bilishmaydi va farzandlarini o'z vaqtida tarbiyalashni boshlamaydilar.
Ta'limdagi alohida qiyinchilik shundaki, bu masaladagi xatolar darhol sezilmaydi. Noto'g'ri tarbiyaning oqibatlari ko'p yillar o'tib, ba'zida ochiladi.
Bittasi keng tarqalgan xatolar ota-onalar va o'qituvchilar odatlarni rivojlantirish zarurligini axloqiylashtirish va noto'g'ri tushunish bilan hayratda. Shu bilan birga, shaxsning shakllanishida odatlarning roli juda katta.
Ko'nikma va qobiliyatlar bilan birga odatlar ham bolalik davrida shakllanadi. Odat va ko'nikma o'rtasida qanday umumiylik borligini va ular qanday farq qilishini yaxshiroq tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Piyoda yurishni zo‘rg‘a o‘rgangan ikki yoshli bola allaqachon kvartirani o‘zi aylanib, kattalar bilan birga ko‘chaga chiqadi. Bu vaqtda u eshiklarni ochish va yopishni o'rganadi. Birinchidan, oqsoqollar yordamida u eshik tutqichini bir necha marta aylantirishni o'rganadi, keyin takroriy takrorlashlardan so'ng, ular avtomatik ravishda aytganidek, bu harakatni osonlik bilan bajarishga kirishadi. U endi tutqichga qaramaydi, uni qaysi tomonga burish haqida o'ylamaydi, umuman olganda, eshikni ochadi, u qanday ochganiga e'tibor bermasligi mumkin. Bu vaqtda uni boshqa narsa, masalan, qo'lida olib yuradigan o'yinchoq ham hayratda qoldirishi mumkin. Bu bola, deymiz, eshikni ochish va yopish mahoratini egallagan.
Ko'nikmalarni rivojlantirish jarayoni har kuni bolaning hayotida sodir bo'ladi. Ko'nikmalarga ega bo'lmasdan, ya'ni harakatlarni avtomatlashtirmasdan, maktabda o'qish, ishlash yoki uyda o'ziga xizmat qilishni tasavvur qilib bo'lmaydi. Ko'nikmalar sizga energiyani tejash va harakatni bajarishda yaxshiroq natijaga erishish imkonini beradi.

Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling