Mavzu: Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish
Download 296.48 Kb.
|
Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.1.Azot sanoatining xomashyo manbalari va ishlatilishi
Tadqiqot maqsadi: O’zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanish jarayonida mineral o’g’itlar ishlab chiqarish shuningdek konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarishni o`rganish
Kurs ishining tuzilishi.Kurs ishi 41 betdan iborat, kompyuter matnidan iborat bo’lib, kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi 1 ta jadval va 7 ta rasm asosida yaratilgan. I.1.Azot sanoatining xomashyo manbalari va ishlatilishi. Azot tabiatda erkin holda va birikmalar shakldida uchraydi. Azotning asosiy qismi atmosferada (massa bo’yicha 75,6 %) erkin holda bo’ladi. Birikmalar shaklida esa Yer po’stlog’ining 0,4 % ni (massa bo’yicha) azot tashkil etadi. U turli organik moddalar tarkibida, odam, hayvonlar va o’simliklar organizmida, qazilma boyliklar, ko’mir, neft, torf, slanest tarkibida uchraydi. Anorganik birikmalar shaklida azot kam uchraydi. Uning natriy nitrat tuzi (Chili selitrasi) Chilida va janubiy Afrikada, kaliy nitrat (Hind selitrasi) esa Hindistonda topilgan. Ma'lum miqdor ammoniy sulfat tuzi ko’mirni kokslashdan olinadi.Azot tirik tabiatda odamlar, hayvonlar va o’simliklar hayotida benihoyat muhim rol o’ynaydi, asosiy ozuqa mahsuloti hisoblanadi. U oqsil tarkibiga kiradi. Organizmda muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ammo odam va hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar tanasida oksidlar yoki boshqa organik moddalar (fermentlar, vitaminlar, garmonlar, nuklein kislotalar va boshqalar) sintezida elementar holdagi azot emas (u juda inert elementdir, uning dissotsialanish energiyasi 945 kJ/mol bo’lib, atomlari orasidagi bog’lar juda mustahkamdir. Taqqoslash uchun xlor molekulasining dissotsialanish energiyasini 243 kJ/mol olish mumkin) balki, uning birikmalari ishtirok etadi.Azot birikmalari bo’yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar), kimyoviy tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, dori-darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o’g’itlar, ammiak va nitrat kislotasi va boshqa o’nlab xalq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.Ishlatish sohalarining kengligi, azot birikmalari manbalarining esa kamligi, atmosfera azotini biriktirib olish muammosini ko’ndalang qilib qo’ydi. Atmosfera azoti bitmas-tuganmasdir. Har gektar yer yuzasiga to’g’ri keladigan atmosfera azotining massasi 80 000 tonnaga tengdir. Download 296.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling