Mavzu: Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish


Ammiak sintezining nazariy asoslari


Download 296.48 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi296.48 Kb.
#1597626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish

Ammiak sintezining nazariy asoslari. Ammiak sintezi reaksiyasiqaytarreaksiya bo’lib, issiqlik chiqishi bilan boradi.
N2+3H2↔2NH3+106kJ
Reaksiyada gazning hajmi 2 marta kamayadi: Le-Shatele prinsipiga muvofiq haroratni oshirish NH3 ni parchalanishi tomon, bosimni ortishi esa reaksiyani NH3 ni sintezlanishi tomon borishini ta'minlaydi.Uy haroratida 1 atm. (1,01—105 Pa) bosimda reaksiya muvozanati to’liq ammiak sintezi tomon siljiydi, ammo reaksiya unumi juda past bo’ladi.Reaksiya katalizator ta'siridagina yetarli darajada tez ketadi. Ammo katalizator 400—500°C da aktivlik ko’rsatadi. Bundan yuqori haroratda ammiak sintezi yuqori bosimdagina boradi.Reaksiya unumining harorat va bosimga bog’liqligini quyidagi jadvalda (4- jadval) ko’rish mumkin.Reaksiya unumining harorat va bosimga bog’liqligi
1- jadval.

Harorat, °C

Ammiakning miqdiori, %

30 MPa

100 MPa

200 300 400 500 600 700

89,94 70,96 47,00 26,44 13,77 7,28

98,29 92,55 79,82 c7.47 31,43 12,83



1- jadvaldan ko’rinib turibdiki, muvozanatni NH3 hosil bo’lishi tomon siljitish uchun yuqori bosim va past harorat kerak bo’ladi. Hatto eng yuqori bosimda ham katalizator qo’llanilmasa, reaksiya unumi past bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida reaksiya 400-500°C haroratda qattiq katalizator ishtirokida va bosimda olib boriladi.Ammiak sintezi reaksiyasida: temir, uran, osmiy, radiy, platina, molibden va boshqa metallar aktiv katalizator bo’la olishi aniqlangan. Eng aktivi uran va osmiydir, ammo qimmatligi va zaharlarga chidamsizligi uchun ular qo’llanilmaydi. Sanoatda temir katalizator keng qo’llaniladi. Bu ham arzon ham ancha aktiv, yuqori haroratgava zaharlarga chidamli. H2S va boshqa S li birikmalar Fe ni qaytmas qilib zaharlaydi. Agar 0,1 % S К birikma bo’lsa (azot vodorodli gazlar aralashmasida), katalizator aktivligini 50 % ga 1 % S li birikma bo’lsa, 100% ga pasaytiradi. H2O, СО, СО2 lar esa katalizatorni juda kuchli zaharlaydi, ammo qaytar zaharlanadi, (ya'ni, yana katalizatorni aktivlash mumkin bo’ladi).Katalizatorni tayyorlash uchun magnit temirtosh (Fe3O4) kislorod ishtirokida va promotorlar: (promotorlar aktiv yuzali strukturaga ega bo’lgan, katalizator massasining hosil bo’lishini ta'minlovchi, ta'sirga ega bo’lgan birikmalardir) va boshqa birikmalar bilan aralashtirib suyuqlantirish yo’li bilan tayyorlanadi, so’ngra katalizator vodorodli aralashma bilan toza metall holdagi temirgacha qaytariladi.Ammiak sintezi bu tipik geterogen katalitik jarayon bo’lib, bir necha bosqichda boradi:

  1. Gazlar aralashmasidan azot va vodorodning katalizator sirtigava ichki g’ovaklariga absorbsiyasi.

  2. Katalizatorga gazlarning kimyoviy absorbsiyalanishi.

  3. Katalizator sirtida azotning vodorod bilan o’zaro ta'siri. Bunda azot katalizatordan elektron oladi, vodorod esa katalizatorga elektronlar beradi, ya'ni uni yo’qotgan elektronlari o’rnini to’ldiradi.Buning natijasida navbat bilan: imid amid va ammiak hosil bo’ladi. Bujarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin:




Ammiak sintezi qurilmasining yuqori va baqaror mahsuldorligini ta'minlashning asosiy shartlari quyidagilardir: 1. Azot vodorodi aralashmaning yuqori darajada tozalanishi (inert gazlar va katalizatorzaharlaridan tozalash). 2. N2::H2 nisbatani 1:3 holatda saqlash. 3. Katalizatorning hamma joyida haroratni optimal saqlash. 4. Kontakt apparatiga kiruvchi gazlar aralashmasi tarkibida NH3 miqdorini kamaytirish. 5. Sintez minorasining takomillashgan konstruksiyasini yaratilishi.

Download 296.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling