Mavzu: Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish


Azot (IV)- oksidi va azot qo’sh oksidini suv bilan absorbsiyalash


Download 296.48 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi296.48 Kb.
#1597626
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish

Azot (IV)- oksidi va azot qo’sh oksidini suv bilan absorbsiyalash jarayonnning uchinchi va oxirgi bosqichi hisoblanadi. Azot (IV)-oksidi va N2O4 suv bilan quyidagi tenglama bo’yicha ta'sir etadi.


2 NO2+H2O →HNO3+HNO2+116 kJ
N2O4+H2O →HNO3+HNO2+59 kJ
Hosil bo’lgan nitrit kislotasi beqaror bo’lganligi uchun o'z-o'zini oksidlash va o’z-o’zini qaytarish reaksiyalariga kirishadi.
3HNO2=HNO3+2NO+H2O-75,8 kJ
umumiy holda N02 va N2O4 ning absorbsiyalanish reaksiyasi bunday yoziladi:
3 NO2+H2O ↔2HNO3+ N0+136 kJ
3 N2O4+2H2O ↔4HNO3+ 2NO+101 kJ
N2O3 suv bilan birikib faqat nitrit kislotasiga aylanadi. NO va N2O lar amalda suvda erimaydi, betaraf oksidlardir.Bu ekzotermik reaksiyalar hajmning kamayishi bilan bog’liq boradi. Demak, bosimni oshirish muvozanatni nitrat kislota hosil bo’lish tomonga (o’nga), haroratni oshirish esa uni parchalanishi tomonga (chapga) siljitadi.Muvozanat, bu reaksiyada hosil bo’lgan kislotalarning konsentratsiyasiga ham bog’liqdir. Kislatalar konsentratsiyasining ortishi ham o’ng tomonga ketuvchi reaksiya tezligini kamaytiradi. Atmosfera bosimi va oddiy haroratda hosil bo’lgan nitrat kislota eritmasining konsentratsiyasi 50 % ga yetgach sistemada muvozanat qaror topadi. Shuning uchun ham oddiy sharoitda massa ulushi 47—50 %dan ortiq konsentratsiyali kislota olib bo’lmaydi.Konsentrlangan (98 % li) nitrat kislotani, suyuq N2O4 ni 60-80°C harorat va 2MPa bosimda, toza kislorod ishtirokida suv bilan ta'sir ettirib olish ham mumkin.
3 NO2+2H2O ↔4HNO3+ 2N0
Bunda, N2O4 ning HNO3 ga aylanish darajasi 100 % ga yetadi. Chunki bu reaksiyada birinchidan, N2O4 ning konsentratsiyasi (N2O4 reaksiya uchun olingan suv miqdoridan ко'р olinadi) suvga nisbatan yuqori bo’ladi.Ikkinchidan reaksiya natijasida hosil bo’lgan NO bosimning yuqoriligi va havo o’rniga ortiqchasi bilan toza kislorod olinganligi uchun darhol NO2 ga va NO2 qisman N2O4 ga aylanadi. uchinchidan haroratning oshirilganligi N02 ni suv bilan o’z ta'sirini oshiradi.Bunda boradigan reaksiyalarni (tenglamalarni soddalashtirish maqsadida NO2 ning suv bilan o’zaro ta'siri reaksiyasini hisobga olmay yozsak) quyidagicha yozish mumkin.
N2O4 ↔2H2O↔4HNO3+2 NO
2NO+O2↔(NO)2N2O4
Bitta tenglama bilan ifodalaydigan bo’lsak, quyidagicha yoziladi:
2N2O4+2N2O+O2↔ 4HNO3+78,6 kJ
Reaksiya uchun olingan suvning hammasi birikkanligi uchun yuqori konsentratsiyali kislota hosil bo’ladi. Ortiqcha NO2 va N2O4 lar suv tugagach kislotada erib, nitrooleum hosil qiladi. Bosim qanchalik yuqori bo’lib harorat past bolsa NO2 va N2O4 lar kislotada shunchalik tez eriydi. — 10°C da 98 % li nitrat kislota 30 % li nitroleum hosil qilishi mumkin.Suyuq nitrat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxema. Nitrat kislota ishlab chiqarish usuli qo’llaniladigan bosimga qarab 3 tipga bo’linadi:
1.Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalar.
2.Yuqori bosimda ishlovcbi qurilmaiar.
3.Qurama (kombinatsiyalangan, qo’shilgan) qurilmalar.
Binobarin bunda, ammiakni oksidlash pastroq bosimda 0,3—0,4MPa, azot oksidlarini azot kislotasiga aylantirish, yuqoririq bosimda (0,8-1,2 MPa) olib boriladi.Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalarda mahsuldorlikning pastligi NO ni oksidlanishi va NO2 ni absorbsiyasi jadalligining pastligi, katta hajmdagi absorbsiya qurilmalari talab qilimshi, atmosferaga chiqib ketuvchi gazlarni azot oksidlaridan tozalash uchun ко'рishqor sarflanishi kabi kamchiliklari tufayli hozirgi vaqtda bu tipdagi qurilmalar ishlatilmaydi.Yuqori bosimda ishlovchi va qurama qurilmalar keng qo’llaniladi. Chunki bunda chiqib ketuvchi gaz energiyasidan ammiakni oksidlanish issiqligidan havoni, nitroza gazlarini siqishda, bug’ olishda foydalaniladi, mahsuldorlik yuqori bo’ladi va boshqa ustunliklarga egalik seziladi.
Suyuq nitrat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxema.
Nitrat kislota ishlab chiqarish usuli qo`llaniladigan bosimga qarab 3-tipga bo`linadi:
1. Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalar;
2. Yuqori bosimda ishlovchi qurilmalar;
3. qurama(kombinatsiyalangan, qo`shilgan) qurilmalar.
Binobarin bunda, ammiakni oksidlash pastroq bosimda 0,3-0,4 MPa, azot oksidlarini azot kislatasiga aylantirish, yuqoriroq bosimda (0,8-1,2 MPa) olib boriladi.
Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalarda maxsuldorlikning pastligi NO ni oksidlanishi va NO2 ni adsorbsiyasi intensivligining pastligi, katta hajmdagi adsorbsiya qurilmalari talab qilinishi, atmosferaga chiqib ketuvchi gazlarni azot oksidlaridan tozalash uchun ko`p ishqor sarflanishi kabi kamchiliklari tufayli hozirgi vaqtda bu tipdagi qurilmalar ishlatilmaydi.


Download 296.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling