Mavzu: Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish


I.1. Nitrat kislota ishlab chiqarish


Download 296.48 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi296.48 Kb.
#1597626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish

I.1. Nitrat kislota ishlab chiqarish
Xossalari. Kimyoviy toza, suvsiz 100 % li nitrat kislota-rangsiz suyuqlik, o’tkir hidli, zichligi 1,52 g/sm3, +82,6°C da qaynaydi, 41,6°C da muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo’lishidan dalolat beradi(HNO3H2O, HNO3 2H2O).68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo’lib 121,9°C da qaynaydi (65- rasm), bunda u suv bilan birga qo’shilib haydaladi. Nitrat islota issiqlik va yorug’lik ta'sirida parchalanadi.
4HNO3→ 2H2O + 4NO2+ O2.
Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo’ng’ir yoki qizil ( erigan NO2 ning miqdoriga qarab) rangga bo’yaydi.

Shuningdek, nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U Au, Pt, Ta, Ra, Y dan boshqa barcha metallarni eritib tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi . Konsentrlangan nitrat kislota ayrim metallarni passivlashtiradi. (U sovuq holda temirni passivlashtirishini M. Lomonosov aniqlagan edi). Masalan, Temir, Xrom, Alyuminiylar o’z yuzasini yuqa oksid parda hosil qilib, metall nitrat kislotasining takror ta'siridan himoya qiladi. Shu xossasidan foydalanib, konsentrlangan nitrat kislotasi po’lat va aluminiy bochkalarda yoki rezervuarlarda tashiladi va shu xildagi idishlarda saqlanadi.





Ko’pgina organik moddalar, shu jumladan odam va hayvon to’qimalari ham nitrat kislota ta'sirida emiriladi (masalan, bioqimyo kursida oqsillarning ksantoproyetein reaksiyasi) ba'zi birlari esa konsentrlangan nitrat kislotasi ta'sirida yonib ketishi mumkin. Nitrat kislota va uning oksidlari (NO va NO2) o’ta zaharli bo’lib, atmosferada uning chegaraviy havfli konsentratsiyasi 0,1 mg/m3 ga tengdir.
Ishlatilishi. Nitrat kislotasi ahamiyati va ishlatish sohasining kengligi bo’yicha boshqa anorganik kislotalar orsida faqat sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Juda kо'р sohalarda ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning 75 %i azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda, 15 %i portlovchi moddalar olishda, organik bo’yoqlar, 10%i boshqa narsalar: organik reaktivlar, nitrolaklar, plastmassalar, kinoplyonkalar, sun'iy tolalar va boshqa organik moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana u dori-darmonlar olishda oksidlovchi sifatida, suratxonalarda, nitrozali usulda sulfat kislota va boshqa ko’pgina mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Olinishi. Nitrat kislota VIII asrdan buyon ma'lum. Ming yillardan ko’proq vaqtdan beri uni selitrani temir ko’porosi yoki qo’sh tuzlar-achchiq toshlar bilan aralashtirib qizdirish yo’li bilan olingan. XVIII asrning oxirlarida XX asrning 20- yillarigacha nitrat kislota faqat tabiiy selitradan konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib olingan.
NaNO3+H2SO4=HNO3+NaHSO4
Nitrat kislotaning azot oksidlaridan olish mumkinligi ilgari vaqtlardan buyon ma'lum.

Ammo azot oksidini sanoatda olishning tuzukroq usuli uzoq yillar davomida topilmadi.

Download 296.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling