II.3. Nitrat kislotaning fizik va kimyoviy xossalari
Fizik xossalari ;rangsiz; o‘tkir hidli; suyuqlik; zichligi 1,5 g/сm3; - 41 °C da kristallanadi; suvda yaxshi eriydi.
Hidlamaslik! Tatib ko’rmaslik! Ko’zga tushishiga yo’l qo’ymaslik! Teriga tushishiga yo’l qo’ymaslik! To’kib qo’ymaslik! Kislota bilan ishlaganda amal qilinadigan qoidalar Terini, matoni, qog’ozni, yog’ochni yemiradi Shilliq qavatning kuyishiga olib keladi
Kimyoviy xossalari Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to‘liq dissotsiatsiyalangan bo‘ladi:
HNO3= H+ + NO3 -
Nitrat kislota beqaror. Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida parchalanib turadi. « Tulki dumi »deb ataluvchi gaz hosil bo’ladi.
4HNO 3= 4NO2 + O2 + 2H2O
Nitrat kislota ham boshqa kislotalar kabi kislotalarga xos bo‘lgan umumiy reaksiyalarni beradi:
CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O + CO2
Nitrat kislotaning metallarga ta’siri boshqa kislotalardan farq qiladi. Kislotaning konsentratsiyasi va metallning faolligiga qarab nitrat kislota quyidagicha qaytariladi:
+4 +3 +1 0 -3 HNO3 NO2; HNO2; N2O; N2; NH3
Nitrat kislota metallar bilan kislotaning konsentratsiyasi va haroratga ko‘ra turlicha reaksiyaga kirishadi:
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O (kons.)
Pb + 4HNO3 = Pb(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O (kons.)
3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O (suyul.)
4Fe + 10HNO3 = 4Fe(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O (juda suyl.)
1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi « zar suvi » deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar - oltin va platinani ham erita oladi:
Au + HNO3 + 3HCl = AuCl3 + NO + 2H2O
3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |