Mavzu: korporativ axborot tizimlarining apparat dasturiy muhitini tanlash
Download 42.19 Kb. Pdf ko'rish
|
10-ma ruza
Masshtablanuvchanlik - bu protsessorlar soni va quvvatini, tezkor va tashqi
xotira hajmini va hisoblash tizimining boshqa resurslarini oshirish qobiliyatidir. Masshtablanuvchanlik kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, shuningdek, tegishli dasturiy vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Har bir yangi protsessorning masshtablanuvchi tizimga qo‘shilishi ish samaradorligini oshirish lozim. Masshtablanuvchi tizimlar yaratishda asosiy vazifalardan biri kompyuterni kengaytirish xarajatlarini minimallashtirish va rejalashtirishni soddalashtirishdir. Ideal holda, tizimga protsessorlarni qo‘shib qo‘yish uning ish faoliyatini chiziqli oshirishga olib keladi. Biroq, bu har doim ham shunday emas. Samaradorlikni kamayishi shunday holatlarda bo‘ladiki, masalan, kompyuter shinalarining o‘tkazish qobiliyati yetarli darajada bo‘lmagan holda mikroprotsessor va asosiy xotira orasida trafik oshib ketsa, shuningdek, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari o‘rtasida ortib borayotgan trafik tufayli yetarli darajada ishlash koeffitsiyenti past bo‘lishi mumkin. Aslida, samaradorlikning haqiqiy o‘sishini oldindan baholash qiyin, chunki u ko‘pincha qo‘llaniladigan muammolar harakati dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. Tizimning masshtablanuvchanlik imkoniyati na faqat apparat vositalar arxitekturasi, balki dasturiy ta’minotning xususiyatlariga ham bog‘liq. Dasturiy ta’minotning masshtablanuvchanligi axborotlarni uzatishning oddiy mexanizmlaridan tortib barcha darajalarigacha ta’sir qiladi. Xususiy holda, dasturiy ta’minot tizimni samaradorligini chiziqli o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni kamaytirishi kerak. Protsessorlar, shinalar va kiritish- chiqarish qurilmalari kabi apparat vositalar masshtablanuvchi arxitekturaning bir qismi xolos, uning samaradorligini oldindan aniqlashni dasturiy ta’minot aniqlaydi. Shuni to‘g‘ri tushunish muhimki, masalan, yanada kuchli protsessorga o‘tish, tizimning boshqa komponentlarini ortiqcha yuklashiga olib keladi. Bu shuni anglatadiki, tizimni masshtablantirishda uning barcha parametrlari bo‘yicha amalga oshirish darkor. Download 42.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling