Mavzu: korporativ axborot tizimlarining apparat dasturiy muhitini tanlash
Dasturiy ta’minotni mosligi va mobilligi
Download 42.19 Kb. Pdf ko'rish
|
10-ma ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Dasturiy ta’minotni mosligi va mobilligi. Dasturiy moslik konsepsiyasi
birinchi marta IBM/360 ishlab chiquvchilari tomonidan qo‘llanildi. Bunday tizimlarning modellarini loyihalashtirishda asosiy vazifa, tizimlarning narxi va samaradorligidan qat’iy nazar foydalanuvchilar nuqtayi nazardan bir xil bo‘lgan arxitektura yaratish edi, ya’ni barcha modellarning arxitekturasi bir xil bo‘lishligi talab qilingan. Bunday yondashishning asosiy afzalligi bir modeldan ikkinchi bir modelga o‘tishda dasturiy ta’minotning mosligini saqlab qolish hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab barcha ishlab chiqaruvchilar bu tamoyilga amal qilishib kelmoqda. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, vaqt o‘tishi bilan, hatto eng ilg‘or arxitektura ham muqarrar ravishda eskiradi va endilikda yangi arxitektura va hisoblash tizimlarini yaratish yo‘llarini tubdan o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda axborot texnologiyalari rivojining zamonaviy tendensiyalari aniqlovchi muhim faktorlardan biri shuki, kompyuter qurilmasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar dasturiy ta’minot bozori bilan hisoblashmoqda, ya’ni endilikda kompyuterlarni dasturiy ta’minotga mosligini ta’minlashga harakat qilinmoqda. Bunga sabab foydalanuvchi uchun uning masalalarini yechuvchi dasturiy ta’minot apparat ta’minotdan muhimroq hisoblanadi. Bir jinsli tarmoqlarda dasturiy moslikka ega bo‘lgan kompyuterlar asosida bir jinsli bo‘lmagan, ya’ni har xil firmalar tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarda tuzilgan tarmoqqa o‘tish tarmoqqa bo‘lgan nuqtayi nazarni ham o‘zgartirdi: endilikda oddiy axborot almashinuvidan iborat bo‘lgan tarmoq alohida resurslar integratsiyasi vositasi – kuchli taqsimlangan hisoblash tizimlariga o‘zgardi. Bunda har bir element (server yoki ishchi stansiyalar) ma’lum bir amaliy masala talablariga moslashdi. Bu o‘tish bir qancha talablarni ilgari surdi. Avvalo, bunday hisoblash muhiti unda yechiladigan masalalarning o‘zgaruvchan talablariga hal qilinadigan muvofiq apparat va dasturiy ta’minotning sonini va tarkibini moslashuvchan tarzda o‘zgartirishi kerak. Ikkinchidan, u turli xil apparat platformalarida bir xil dasturiy ta’minot tizimlarini ishlatish qobiliyatini ta’minlashi kerak, ya’ni dasturiy ta’minotning mobilligini ta’minlashi lozim. Uchinchidan, bu muhit, bir jinsli bo‘lmagan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarda bir xil inson-mashina interfeyslarini ishlatish imkoniyatini kafolatlashi kerak. Qurilma platformalari va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida jiddiy raqobat sharoitida ochiq tizimlar konsepsiyasi shakllandi, ya’ni bir jinsli bo‘lmagan, tarqalgan hisoblash tizimi doirasida dasturiy ta’minotning mobilligini ta’minlaydigan hisoblash muhiti komponentlari uchun standartlar majmui tashkil etildi. Ochiq muhit modellarining variantlaridan biri IEEE POSIX qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan OSE (Open System Environment) modelidir. Bu model asosida AQSH milliy standartlar va texnologiyalar instituti "Application Portability Profile (APP)" hujjatini ishlab chiqardi. "US Government System Open Source Environment Profile OSE / 1 Version 2.0" AQSHning federal agentliklari tomonidan tizim va dasturiy ta’minot dasturining mobilligi uchun tavsiya etilgan bo‘lib, axborot texnologiyalari tamoyillarini belgilaydi. Qo‘shma Shtatlardagi barcha yetakchi kompyuter va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari ushbu hujjatning talablariga rioya qilgan holda ishlab chiqaradi. Nazorat savollari 1. Narxni samaradorlikka nisbatini qanday tushunasiz? 2. Ishonchlilik va xatoga bardoshlilik deganda nima tushunasiz? 3. Xatoga bardoshlikni aytib bering. 4. Masshtablanuvchanlik nima? Download 42.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling