Mavzu: korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi


Download 108.57 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi108.57 Kb.
#1710906
1   2
Bog'liq
I bob. Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi -fayllar.org

Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish prinsipi
mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga
oshirishda korxonalarga toʻliq mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib
chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz faoliyatini rejalashtiradi.
Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va
mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash boʻyicha
tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda tutilgan
tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan
hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz
moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb
qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi korxonani rivojlantirish uchun
yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab
olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli korxona xususiy kapitalining
minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini oʻz manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar toʻlaydi.
Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishni talab qiladi. Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish imkonini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi
shartlarga rioya qilish lozim:
– joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli
miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish;
– kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash;
– asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;
– tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari
oʻzaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa
kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy
nazoratga olinishi lozim boʻladi.
Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga
ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik
xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda
(savdo, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni
shakllantirishning qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin.
Mavsumiylik xususiyatiga ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport,
aloqa) aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari tarkibida oʻz aylanma
mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi.
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida oʻz majburiyatlarini
bajarmaslik natijasida moddiy javobgarlikning oʻsib borishi, bozor konyukturasining mumkin boʻlgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror
faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy
zaxiralar qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa xoʻjalik sub’ektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida
tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining ustavida
nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav kapitalining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan
miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. MChJ zaxira fondi
jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan
ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat
ustavida belgilab qoʻyiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga
yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Amaliyotda mazkur prinsiplarga rioya qilishni ta’minlash korporativ
moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish
orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga
muvofiq:
– faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport
yoki import);
– tarmoq xususiyatlari;
– tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.
Keltirilgan prinsiplarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi, toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil
shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq
holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan
asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni
oʻzida ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga
resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra
faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan
tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.
Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan
resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab
etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb
etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes
faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng
asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab
borishga ham imkon beradi.
Download 108.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling