Mavzu: Korporatsiyalar va kapitallar tarkibini optimallashtirish
Download 108.28 Kb.
|
Korporatsiyalar va kapitallar tarkibini optimallashtirish
Kapital bahosi =
Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning alohida komponentlari bahosi qoʻshilgan holda aniqlanadi. Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng foydalaniladi: - investorlar tomonidan qoʻyilgan mablagʻ boʻyicha talab qilinadigan qaytimni o'zida aks etadi; - investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini toʻgʻri tanlash imkonini beradi; - moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi hisoblanadi; - korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qoʻshimcha qiymat yaratishning samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga chiqadi va boshqalar. Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan kapitalning alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. Ba’zi manbalar uchun kapital bahosini aniqlash birmuncha oson. Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida keltirilgan foiz toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat’iy belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa aksariyat manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha murakkab hisoblanadi va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish, sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini baholashni ham taqozo etadi. Lekin, e’tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar, aniqlik darajasini pasaytiruvchi obyektiv va subyektiv omillar mavjudligiga qaramasdan kapital yoki uning alohida komponentlari bahosini aniqlash, hech boʻlmaganda taxminiy bahosini belgilash masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida moliyaviy boshqaruv oldidagi oʻtkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Xulosa Kapital - tabiiy va mеhnat rеsurslari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning muhim omillaridan xisoblanadi. Kapital–ishlab chiqarishdan foyda olish maqsadida kiritilgan avanslashgan qiymat. Korxona kapitali uzoq va qisqa muddatli xaraktеrdagi moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllanadi. Bu manbalarni jalb etish korxona uchun muayyan xarajatlarni talab etadi. Korxona kapitali hajmiga nisbatan foizlarda aks etgan bunday xarajatlar majmuasi korxona kapitali qiymati (bahosi)ni o`zida mujassamlashtiradi. Biroq, kapitalning o`rtacha bahosini hisoblashning asosiy maqsadi faqat yuzaga kеlgan holatni baholashdan iborat emas, balki endi jalb qilinayotgan pul birligining qiymatini aniqlash va bu qiymatni kapital mablag`lari byudjеtini tuzishda diskontlash koeffitsiеnti sifatida qo`llashdan ham iborat. Kapital tarkibi uzoq muddatli xarakеtrga ega bo`lgan xususiy va zayom vositalarining nisbatini anglatadi. Kapital tarkibini boshqarish moliyaviy mеnеjmеntning eng muhim va murakkab vazifalaridan biri hisoblanadi. U xususiy va zayom manbalarining shunday optimal nisbatini aks ettiruvchi, kapitalning aralash tarkibini tuzishdan iboratki, unda umumiy kapital xarajatlar minimallashtirilib, korxonaning bozor qiymati maksimallashtiriladi. Kapital tarkibi korxonaning bozor bahosiga bеvosita ta'sir ko`rsatadi. Harakatdagi korxonaning bozor bahosi uning kеlgusidagi pul oqimlarini baholash bilan aniqlanadi. Hisoblash daromadlilik darajasiga asoslangan diskontlash stavkasini tanlash va kutilayotgan riskni baholash bilan bog`liq. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etish, capital tarkibini optimallashtirish, moliyaviy resurslarni samarali boshqarishga doir quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: Birinchidan, korxonalarda moliyaviy ta’minotni tashkil etishda avvalo kapital jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlar, ya’ni kapital bahosiga e’tibor qaratish talab etiladi. Bunda moliyaviy resursni jalb qilish qaysi manbada arzonga tushadigan bo‘lsa aynan o‘sha resursni jalb qilish maqsadga muvofiq. Bunda vaqt omilini ham hisobga olish lozim. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy ta’minotini samarali tashkil etishda moliya bozorining ahamiyatidan kelib chiqqan holda birinchi navbatda moliya bozori infrastrukturasini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bunda lizing kompaniyalari, qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsion fondlarni yuqori darajada rivojlantirishga e’tibor qaratish maqsadga muvoiqdir. To‘rtinchidan, korxonalarda moliyaviy mustaqillik koeffitsientining barqarorligini ta’minlash maqsadida o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari nisbatni doimiy ravishda e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Lekin qisqa muddatli kreditlar yoki boshqa moliyaviy resurslar jalb qilish korxona uchun afzallikni yuzaga keltirsa nisbatning buzilishiga jiddiy e’tibor qaratish talab etilmaydi. Bunda asosiy e’tibor qarz mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Beshinchidan, korporativ qimmatli qog‘ozlar jalb qilishni samarali tashkil etish nuqtai nazaridan fond birjalarida ochiq savdolarga e’tibor qaratish, bunda emissiya to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon berib borish ham moliyaviy ta’minotning yaxshilanishiga va o‘z navbatida iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Download 108.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling