Mavzu: Korxona firma foydasining oshirishni amalliy yo'llari Reja: Kirish
-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari
Download 117.59 Kb.
|
Mavzu Korxona foydasining oshirishni amaliy yo’llari Reja Kiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»
5-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari.
Natijada 2014 yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18 foizga, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «O‘zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda 20-25 foizga kamaydi. Jumladan, respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin (1-jadval). Jadvaldan ko‘rinadiki, 2014 yilda respublikamiz bo‘yicha mahsulot-lar tannarxini 2079,5 mlrd. so‘mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim tadbirlardan yana biri – turli sabablarga ko‘ra vujudga kelgan hamda korxonaning sog‘lom moliya-xo‘jalik faoliyati yuritishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan qarzlarini qayta ko‘rib chiqish (restrukturizatsiya qilish) hisoblanadi. Mazkur tadbir orqali korxonalarning mavjud qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni to‘lash imkoniyatlari o‘rganiladi. Xususan, 2014 yil davomida ham davlat tomonidan real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi. 1-jadval O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to‘g‘ri va samarali yechim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda tutilgan: 1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70%i va undan ortiq qismini bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 3) bankrot korxonanitanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish. Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan. UshbuFarmoyishga ko‘ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar: qo‘shimcha qiymat solig‘idanozod qilindi; uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer soliqlarinito‘lashdan ozod qilindi; boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning faoliyat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan, jumladan: bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi korxona tashkil etish; bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; bankrot korxonauchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish; bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan,jumladan: tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo‘lganda korxonani to‘liq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish; yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi; banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo‘lga qo‘yilgan. Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu jarayonga tijorat banklarini jalb qilish borasida belgilangan tadbirlar korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2010 yilda mamlakatimiz 147 tasi tijorat banklari balansiga o‘tkazildi. Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda. Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi. 2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. 3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan faрqlash lozim. Korxona va taрmoqlar moliyasi ulardagi takрoр ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’uрta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’uрtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy Markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’uрta (ijtimoiy sug’uрta, tibbiy sug’uрta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, taрixiy yodgoрliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati oрtib boradi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash manbalariga quyidagilar kiradi: 1) o’z mablag’lari; 2) davlat yoki mahalliy byudjet mablag’lari; 3) qarz yoki kredit mablag’lari; 4) xorijiy yoki mahalliy investoр mablag’lari; 5) homiylik, beg’aрaz yordam mablag’lari xali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu xolat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy ro’l o’ynamoqda. Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari Boshqaruv faoliyati omillarining barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga saрflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi harajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuрitish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, korxona faoliyatini to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan daрak beradi. Boshqaruv faoliyati tizim taрzida quyidagicha tasviрlanadi: Download 117.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling