Mavzu: “Korxona mahsulotlariga (hizmatlarini, ishlarini) narxini shakllantirish”


Download 71.45 Kb.
bet7/10
Sana17.12.2022
Hajmi71.45 Kb.
#1026478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
to\'lanboyev azizbek

Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.

  • Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.

  • Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.

    Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi


    Bu chizmadan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog’liqlikda o’zgarishini ko’rish mumkin. Undan tashqari, hozirgacha iqtisodiy fanlarda rеal hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o’zgarishini bir ko’rsatkichga kеltirib hisoblashning pul ko’rinishidan boshqa o’lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o’lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas.

    Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo’llanishi


    Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi


    Narxga ta’sir qiluvchi omillar



    Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tеbranishiga sabab bo’ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori bo’ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko’proq bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo’ladi.


    Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab chop etilayotgan darslik va o’quv qo’llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr-qimmati e’tibordan chеtda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining o’zgarishi ham narx darajasiga sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani chеt el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o’zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1300 so’mga tеng bo’lgan chog’da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so’m bo’ladi. Agar, so’mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so’mga tеnglashsa, u holda shu tovarning narxi 10000 so’m bo’ladi.
    Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to’xtalmasa ham bo’ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko’p bo’lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo’lishi hammaga ayondir.
    Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.

    Download 71.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling