O‘zbekiston Respublikasining qonuni FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA 18.09.2006 - 3-modda. Firma nomi
- Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi.
- Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak.
- Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak.
4-modda. Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar - Firma nomida:
- 1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
- 2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
- 3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
- 4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
8-modda. Firma nomidan foydalanish huquqini berish Yuridik shaxs (litsenziar) o‘z firma nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonunchilikka muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin. Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat boji stavkalari
Tadbirkorlik sub’yekti
|
Davlat xizmatini olish (davlat ro’yxatdan o’tkazish/qayta ro’yxatdan o’tkazish) tartibi
| | |
Shaxsan kelgan holda
|
YaIDXP
|
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
|
10BHM
|
10 BHM ning 90 %
|
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, o’zbekoziqovqatzaxira meva sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g’amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni bozorlarni, prezident va hukumatning tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilayotgan xo’jalik birlashmalari
|
4 BHM
|
4 BHM ning 90 %
|
Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlarini, yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarini, hamda yuridik shaxs birlashmalari
|
1BHM
|
1 BHM ning 90 %
|
Do'stlaringiz bilan baham: |