Xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. - Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- korxonaning firma nomi;
- uning joylashgan yeri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati;
- mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
- ustav fondining miqdori.
“Xususiy korxona to’g’risida” gi qonunning 15-moddasi: Xususiy korxona mulkdorining huquqlari va majburiyatlari deb nomlanib, unda: - Xususiy korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
- xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan foydasidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish;
- xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish.
Xususiy korxona mulkdori: - Xususiy korxona mulkdori:
- ustav fondini shakllantirishi;
- o‘ziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart.
22-modda. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi Xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Amalga oshirish uchun litsenziya talab etiladigan 59 ta faoliyat turlari ro’yxati: - Veterinariya faoliyati;
- Tibbiy faoliyat;
- Farmasevtika faoliyati;
- Bank faoliyati;
- Ko’priklar va tonellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash;
- Bank faoliyati;
- Banklar tomonidan chet valutasida operatsiyalar o’tkazish;
- Baholash faoliyati;
- Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati;
- Auditorlik faoliyati;
- Lombardlar faoliyati;
- Lotoreyalar tashkil etish;
- Advokatlik faoliyati;
- Noshirlik faoliyati;
- Nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati;
- Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati;
- Birja faoliyati
- Turizm faoliyati;
- Ulgurji savdo;
- Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
- Mikrokredit tashkilotlari faoliyati;
- Rieltorlik faoliyati;
- Kredit byurolari faoliyati
Do'stlaringiz bilan baham: |