AFZALLIKLARI - O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish huquqiga egaligi.
- Faoliyat yuritishning nisbatan yengilligi.
- Ustav fondini shakllantirishning talab etilmasligi.
- Alohida yuridik manzilning talab etilmasligi.
- Hisobotlar topshirishning yengillashtirilgan tartibi qo‘llanilishi.
KAMCHILIKLARI - O‘z faoliyati natijalari uchun cheklanmagan shaxsiy javobgarlikka egaligi.
- Faoliyatni kengaytirishda yollanma mehnatdan foydalanishning cheklanganligi.
- Shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlarining cheklanganligi.
- Mablag‘larning u qadar katta bo‘lmasligi yirik loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi.
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishi mumkin bo’gan faoliyat turlari ro’yxatiga asosan 85 turdagi faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. - Oziq ovqat va nooziq ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish;
- Dehqon bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
- Gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
- Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish, bir oyda 5000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan;
- Sartaroshlik xizmatlari, kosmetolog xizmatlari;
- Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish hsuningdek dazmollash xizmatlari;
- gIlam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash;
- Yakka buyurma asosida qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek zargarlik buyumlarini ta’mirlash;
- Videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari
- Repititorlik xizmatlari va boshqalar.
Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni - Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi (3-modda).
- Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |