Konsern – bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Konsern – bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Konsorsium- tadbirkorlikning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi. Konglomerat-firmalar turli tarmoq doirasida tashkil etilganda hosil bo’ladi.Bularga kiruvchi korxonalarning xomashyoni qayta ishlash yoki texnologik jihatdan umumiyligi bo’lmaydi. Bundan maqsad pulni turli sohalarga yoyma tarzda bir yerda foyda kamaysa, boshqa yerda uni ko’proq olish bo’ladi. Jumladan, avtomobil ishlab chiqarish pasaygan bir davrda,1980 yillar orasida, diversifikatsiyalanishi natijasida, Yevropa avtomobil kompaniyalari o’zlarining asosiy faoliyatlariga bog’liq bo’lmagan (farmatsevtika, kosmetika, sug‘urta kompaniyalarini) korxonalarni o‘z tarkiblariga birlashtirishni boshladilar. Ammo keyinchalik, samarasizlik tufayli bu turdagi faoliyatdan bosh tortishga majbur bo‘ldilar. - Jumladan, avtomobil ishlab chiqarish pasaygan bir davrda,1980 yillar orasida, diversifikatsiyalanishi natijasida, Yevropa avtomobil kompaniyalari o’zlarining asosiy faoliyatlariga bog’liq bo’lmagan (farmatsevtika, kosmetika, sug‘urta kompaniyalarini) korxonalarni o‘z tarkiblariga birlashtirishni boshladilar. Ammo keyinchalik, samarasizlik tufayli bu turdagi faoliyatdan bosh tortishga majbur bo‘ldilar.
3. Raqobat sharoitida korxonalarning harakatlari (o‘zini tutishi). - AQSHning Garvard universiteti professori M.Porter fikricha, mamlakatning raqobatdoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatdoshligi ta’minlaydi. SHuning uchun dastlab mamlakat raqobatdoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatdoshligini tahlil etish lozim.
M.Portening uch asosiy strategiyalari: - Raqobat ustunligiga erishish strategiyalari:
- Xarajatlarni tejashda yetakchilik qilish (Xarajatlarni minimallashtirish) strategiyasi;
- Mahsulot differensatsiyasi ;
- Fokuslashtirish (konsentratsiya) strategiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |