Mavzu: Korxona mustaqil xo'jalik faoliyatini yurituvchi bozor subyekti kurs ishi


Hisob siyosati va moliyaviy hisobotning asosiy tamoyillari


Download 66.62 Kb.
bet11/17
Sana23.02.2023
Hajmi66.62 Kb.
#1224793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Xasanboyev Shaxzod Kurs ishi

4.Hisob siyosati va moliyaviy hisobotning asosiy tamoyillari

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan o’ziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA asoslarida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, unda moliyaviy hisobot barcha uchun qulay bo’lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin bo’lsin.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati quyidagicha bo’lishi lozim:



  • foydalanuvchilar ehtiyojlari uchunahamiyatli;


  • ishonchlibo’lishi;

  • aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiniberishi;

  • tushunarli va oddiy bo’lishishart.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo’nalishi bo’yicha sub’ektning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O’zbekiston Respublikasining


«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun hujjatlarini qo’llash lozim.

Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:



  • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiyshakl;


  • faoliyat turi yoki tarmoqbo’ysunuvi;

  • ishlab chiqarish ko’lami hamda ishlovchi xodimlarningsoni;

  • soliq solish tizimi bilan munosabat (har xil soliqlardan ozod bo’lish, soliq stavkalari, soliq solish bo’yichaimtiyozlar);

  • bozor munosabatlariga o’tish sharoitida harakat qilish erkinliginingdarajasi;

  • moliya-xo’jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi (uzoq kelajakda korxonaning iqtisodiy rivojlanish masalalari va maqsadlari, sarmoyalarning kutilayotgan yo’nalishlari, kelajakdagi masalalarni echishdagi taktikyondoshuvlar);

  • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdanqurollanganligi;

  • korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samaralidir

  • korxona ishi samarasidan moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo’yicha moddiy javobgarliktizimi.

.

Korxona rahbari yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda hisob yuritish siyosatini asoslashi va to’g’ri yondashishi mumkin. Maxsus BHMAlar bo’lmaganda, korxona rahbari hisob yuritish siyosatini ishlab chiqishda o’z tushunchalaridan foydalanishga haqli, chunki u foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlardan foydali axborotlarni bera oladi. O’z tushunchalarini qo’llash jarayonida korxona rahbari BHMAning shu kabi masalalar bo’yicha talablari va ko’rsatmalarini, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan har qanday boshqa axborotni, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun ularni aniqlash, aks ettirish va o’lchash baholarini, kapitalning asosiy jahon moliyaviy bozorlari tomonidan qabul qilingan tarmoq amaliyotini ko’ribchiqadi.



Hisob yuritish siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qo’llaniladi, hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno.

Yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o’zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Sub’ekt

Quyidagi hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosatida o’zgarishlar bo’lishi mumkin:

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling