Mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi kirish Asosiy qism


Download 0.83 Mb.
bet3/6
Sana24.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1654006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Xojimurotov Sardorbek

Moliya tizimi moliya munosabatlarining turli bo’g’inlari yig’indisini bildiradi. Ularning har biri pul fondlarini shakllantirish va ishlatilishidagi xususiyatlari, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolining turlichaligi bilan farqlanadi.
Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va istе`mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat krеditini qo’llash bilan shakllantirishga ta`sir o’tkazadi. (1-rasm)





1-rasm. Ushbu rasmda Moliya tizimi tasvirlangan.


Davlat byudjeti - moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta`minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
Nobyudjet jamg’armalar - bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning byudjеtga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan mablag’lardir. Nobyudjet jamg’armalarning shakllanishi oddiy soliq to’lovchi uchun soliqlardan hеch qanday farq qilmaydigan majburiy maqsadli ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi.
Sug’urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elеmеntidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Sug’urta iqtisodiy katеgoriya sifatida moliya katеgoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqat qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi.



  1. Korxona pul fondlarini shakllantirish asosiy manbalari.

Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, davlat va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi.
Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida pul mablag’larning markazlashgan pul fondlari tashkil qiladi.
Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi.
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi zaruriy manbasi dеb hisoblanadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling