Mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi kirish Asosiy qism


Markazlashgan moliyaviy rеsurslar


Download 0.83 Mb.
bet4/6
Sana24.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1654006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Xojimurotov Sardorbek

Markazlashgan moliyaviy rеsurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi.
Markazlashgan moliyaviy rеsurslarning manbalari:
• davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan ajratmalar11
• byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar
• xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan olinadigan mablag’lar
• davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar
• aholidan olinadigan tushumlar
Davlat moliya rеsurslari
• kеngaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta`minlash uchun mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul mablag’larining jamg’armasi.
• Moliyaviy rеsurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta jamg’armalari hisoblanadi.

2-rasm. Korxona moliyaviy resurslari.
Korxonalarning moliyaviy rеsurslari
• bu xo’jalik sub`yektlar ixtiyoridagi mavjud barcha pul mablag’larning va tushumlarning jamlamasi.
Korxonalar moliyaviy rеsurslari quyidagilarga sarflanadi:
• maqsadli bеlgilangan pul fondlar (mеhnatga haq to’lash jamg’armasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, moddiy rag’batlantirish jamg’armasi va boshq.)ni tashkil etishiga
• davlat byudjeti, bank, ta`minotchi, sug’urta organlari va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishga
moliyaviy rеsurslar xom-ashyo, mahsulot sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga
• mеhnatga haq to’lashga
Korxonalarning moliyaviy rеsurslari shakllanishi
• korxonaning shaxsiy mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.
• Foyda korxonadagi moliyaviy rеsurslarning shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi.
Korxonalarning moliyaviy rеsurslari quyidagilardan iborat:

  1. korxonalarning daromadi:

• asosiy faoliyatidan olinadigan foyda;
• moliyaviy opеrasiyalardan olinadigan foyda (qimmatli qog’ozlarni sotish);
• xo’jalik usuli bilan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan foyda.

  1. pul fondlari:

• ustav jamg’armasi;
• amortizasiya jamg’armasi;
• ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi;
• zahira va boshqa jamg’armalar.
v) jalb qilingan mablag’lar:
• byudjet subsidiyasi;
• bank va tashkilotlarning krеditlari;
• boshlang’ich ulushlarga jalb qilingan moliyaviy rеsurslar va krеditorlik qarzlari.
Moliyaviy rеsurslarni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• Korxonalarning moliyaviy rеsurslari shaxsiy mablag’lar, subsidiya va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.
• Kеlasi xo’jalik yiliga korxonalarning moliyaviy faoliyati o’tgan davrdagi faoliyatning ko’rsatkichlari va natijalari hamda kеlgusi davr istiqbollari asosida rеjalashtiriladi.
• Shaxsiy aylanma mablag’larini saqlanishini ta`minlash.
Korxonaning moliyaviy mablag’lari -uning ixtiyorida bo’lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo’yicha va xodimlarni iqtisodiy rag’batlantirish bo’yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul fondlari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari hamda qimmatbaho qog’ozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qog’ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o’z o’rnini egallaydi.
Korxonalar moliyaviy mablag’larini pul fondlari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mablag’larning dinamik harakatchanligini ya‟ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o’zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mablag’larni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko’rib chiqish imkoniyatining yo’qligi shu bilan belgilanadiki mablag’larning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir.
Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to'lovlarining o’z vaqtidaligini ta‟minlash uchun moliyaviy mablag’lar harakati jarayonini boshqarish zaruriyati vujudga keladi.
Pul fondlarning dastlabki shakllanishi korxona ta‟sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to’g’ri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo’jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko’ra quyidagilar kiradi:
-shaxsiy jamg’armalar (xususiy korxona uchun);
-hissadorlik kapitali;
-shirkatlar yoki mas‟uliyati cheklangan jamiyatlar a‟zolarining pay badallari;
-budjet mablag’lari uzoq muddatli kredit.
Moliyaviy mablag’larning ishlatilishi qator yo’nalishlar bo’yicha olib boriladiki ularning asosiylari quyidagilar:
-moliya-bank tizimi muassasalariga to’lovlar (soliq va to„lovlar, kredit uchun foiz to’lovlar, kreditning qaytarilishi, sug’urta to’lovlari va x.k.);
Korxona o’z mablag’larining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan bog’liq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi
-mablag’larning qimmatbaho qog’ozlarga investitsiya qilinishi;
-moddiy rag’batlantirish va sotsial
- madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi;
-hayriya exson maqsadlari va boshqalar.
Moliyaviy mablag’lar bu davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlar qo’lida tashkil topuvchi daromadlari, pul fondlar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta‟minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy rag'batlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo’ljallanadi. Moliyaviy mablag'lar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mablag'lar ikki turda bo'ladi.
Makromablag’lar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi.
Mikromablag’lar, ya‟ni xo’jalik subyektlari moliyaviy mablag’lari.
“Korxona moliyaviy mablag’lari bu xo’jalik yurituvchi subyektning ixtiyorlarida bo’lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag’batlantirishga mo’lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”.
Korxonalar moliyaviy mablag’lar hisobidan o’z-o’zini moliyalashtiradi. Korxona pul fondlari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi.
Pul fondlarning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo’jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablag’larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko’rsatadi.
Ustav fondi xo’jalik yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta‟minlash maqsadida uning ta‟sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yig’indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq, qo’shma korxona qatnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablag’lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin.
Moliyaviy mablag’larning asosiy manbai bo’lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo’jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko’payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo’lib, o’z sarmoyasining ko’payishiga olib keladi.
Moliyaviy mablag’lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo’l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag’ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani
tashkil etadi va korxona faoliyati ko'lamini ko'rsatadi.
Mehnat jamoasining bo’sh pul mablag’larni jalb etishi moliyaviy mablag’larni qo’shimcha manbai bo’lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qog’ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mablag’larning yana bir manbai bo’lishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mablag’lar hosil bo’lishini boshqa elementlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qog’ozlar bilan o’tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo’ladi.
Korxona moliyaviy mablag’larning muhim manbalaridan yana biri bu xo’jalik yurituvchi subyektning doimiy ixtiyorida bo’ladigan kreditorlik qarzlarida ular asosan quyidagilardir: ish haqi yuzasidan qarzdorlik, mehnatga haq to’lash fondi bilan bog’liq budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, kelgusi to’lovlar uchun
rezervlar va boshqalar kutilayotgan to’lovlar uchun rezervlar ishchilarning mehnat ta‟tillarini ta‟minlash yoki moliyalashtirish uchun mo’ljanlangan mablag’larni to’lash orqali shakllantiriladi.
Moliyaviy mablag’larni to’g’ri shakllantirishni o’zigina xo’jalik subyektlari faoliyatining ijobiyligidan darak bermaydi. Balki har bir korxona moliyaviy mablag’larni shakllantirish bilan birga uni to’g’ri sarflanishini, qaysi yo’nalishga ishlatilishni xal qilish lozim. Moliyaviy resurlarni ishlatilishi korxona tomonidan ko’p yo’nalishlarida amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, iste‟molga hamda zaxirani shakllantirishga yo’naltiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayonini sotish bosqichini rivojlantirishga mo'lljallangan moliyaviy mablag’lar pul shaklidagi kapitalni ifodalaydi. Kapital -bu aylantirishga kuyilgan pullar bo’lib aylanish jarayonida o’zini ko’paytiruvchi pullar hisoblanadi. Pul aylanishi ularni tadbirkorlikka yunaltirish vositasida, ssudaga berish vositasida, qarzga berish bilan amalga oshiriladi.




  1. Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling