Mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi kirish Asosiy qism
Download 0.83 Mb.
|
Kurs ishi Xojimurotov Sardorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obekti va predmet
- Korxonalarda pul fondlarining shakllanishi va uning zaruriyati.
Kurs ishining maqsadi: ushbu kurs ishining asosiy maqsadi korxonaning pul fondlarini to’g’ri shakllanishi va to’g’ri taqsimlanishini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Korxona pul fondi shakllanishining nazariy asoslarini o'rganish negizida uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berish; Korxona fondi va uning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash; Korxona fondi mexanizmlaridan oqilona foydalanish va ish faoliyatini takomillashtirish; Kurs ishining ob'ekti va predmet: Korxona pul fondini shakllantirish va uni boshqarishdagi asosiy tushuncha va tamoyillar haqida. Kurs ishining hajmi: ushbu kurs ishi kirish qismi, uch bo'lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yhatidan iborat. Korxonalarda pul fondlarining shakllanishi va uning zaruriyati. Korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar istemolchilar yoki sotib oluvchilar tomonidan sarflangan mehnatning puldagi ifodasi ya‟ni tovar bahosi asosida o’zaro tovarda gavdalangan qiymat sifatida almashinadi va natijada sotib oluvchilar bilan o’zaro pul munosabatlari vujudga keladi. Shuningdek yaratilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy xom ashyo harajatlari yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi va korxonalarda boshqa korxonalar bilan o’zaro qiymatni taqsimlanishi mexanizmida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Tushumning miqdori hamisha ham tovarning qiymatiga mos kelmaydi. Bir qancha holatlarda korxonalar o’zlarining mahsulotlarini tannarxdan past sotishiga to’g’ri keladi.va zararga ega bo’ladi. Bunday holatlar bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizim sharoitlaridagi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog’liq umumiy prinsiplar nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Bunday holat har qanday tovarlarga nisbatan bozorlardagi talab uning bahosi va bozorlardagi narxlar o’rtasidagi dinamik o’zgarishlar, tovarlarning muomala harajatlarini keskin ravishdagi ortib ketishi, mamlakatdagi baholardagi o’zgarishlar kabi omillar ta‟sir etishi mumkin. Bundan tashqari, xom ashyo yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o„rtasida vujudga keluvchi pul munosabatlari natijasida tushumga ega bo’lgan korxonalarda yetarli aylanma mablag’larning asosiy manbai hisoblangan moliyaviy mablag’lar shakllanadi. Korxonalar sotuv qilingan tovarlarni birlamchi taqsimlash natijasida ish haqi fondini shakllantiradi. Ish haqi fondini shakllantirilish jarayoni o’zaro molyaviy munosabatlar hisoblanadi va ish haqi fondi ishchilar mehnati uchun to„lanadigan zaruriy moliyaviy manba bo’lishi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar uchun ham muhim moliyaviy manba rolini o’ynaydi. Korxonalarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda moliya-kredit tizimi muhim rol o’ynaydi. Birinchidan, takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy asosiy va aylanma mablag'larni shakllantirishda kredit mablag’larining o’rni, yoki bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar moliyaviy faoliyatining bosh prinsiplaridan biri bo’lgan iqtisodiy xatarlarni sug’urta qilish natijasida sug’urta munosabatlarini o’rni g’oyat yuqori hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning elementi hisoblangan foyda kredit sug'urta munosabatlari natijasida qilinadigan moliyaviy harajatlarni asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Ammo shuni hisobga olish lozimki mahsulot sotuvidan ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo’yicha tushgan tushum dinamik o’zgarishlari korxona faoliyatini mukammal baholash imkoniyatiga ega emas. Chunki tushumning ko’payishi uning harajatlar elementlarini ortishi hisobiga yoki mahsulot ishlab chiqarish birligini oshirish hisobiga bo„lishi mumkin. Modomiki, hozirgi iqtisodiy islohotlarni asosiy yo’nalishi mahsulot ishlab chiqarishning ekstensiv yo’lini emas balki intensiv yo’nalishlarini istiqbolli yo’nalishlar sifatida ko’rsatib beradi. Bunday sharoitda mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum miqdorining ortganligini moliyaviy samaradorligini baholash uchun uning taqsimlanishi yo’nalishlarida pul okimlarini baholashni lozimligini ko’rsatadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi pul fondlarni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Pul fondlarni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko’rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti obyektiv taraqqiyotining shiddatliligi va o’tish davriga hos ziddiyatlarning mavjudligi ko’pchilik korxonalarni to’lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishga olib keladi. Bu sharoitlarda pul fondlarning mohiyatini faqatgina pul fondlarining tashkil topish manbai sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to’la yorita olish imkoniyatini bermaydi, hamda korxonalar pul fondlarinilarni okilona boshqarishning ahamiyatini tushunib yetmaslikka olib keladi. Shunday qilib korxonalar pul fondlari mohiyatini urganish va ularni yanada samaralirok harakatini tashkil etish yo’llarini qidirib topish xo’jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarning meyordagi faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi pul fondlarsiz erishib bo’lmaydi. Korxonalarda pul fondlarning yetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to’lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to’lovlarning va kredit qaytarilishining o’z vaqtidaligini ta’minlash kafolatidir. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda korxonalar to„lovga layoqatliligi muammosi jiddiy va iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish davridagidan ham o’ta dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Mol yetkazib beruvchilar uchun hissadorlar uchun, banklar kreditlari uchun bozordagi raqobat kurashida majburiyatlarini vaqtida bajara oladigan va pul fondlardan samarali foydalanadigan korxona yutib chiqadi. Shunday qilib, korxona to’lovga layoqatliligi muammosining keskinlashuvi va bu bilan bog’liq tarzda pul fondlar rolining o’sishi pul fondlarning mazmunini, shakllanish va ishlatilish jarayonini tushunishga yangicha yondashuvni hamda ularni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo’llarini beliglaydi. Pul fondlari tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari pul fondlari singari korxonalar pul fondlari o’sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega biroq, pul fondlari moliyaviy mablag’lar ishlatilishining yagona yo’nalishi emasdir. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta‟minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, pul fondlari butunlay ishlatilmasligi yoki pul fondlar tashkil kilmasdan ham ishlatilishi mumkin. Pul fondlarni pul mablag’lari manbalari sifatida, ya‟ni ularning tashkil topish shakllari va usullariga ko’ra tushunish, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon haqiqatlarini to’la hisobga olmayotir. Mahsulot yuklab jo’natish bo’yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar pul fondlarini muhim manbai bo’lgan foydaga ega bo’lishlari mumkin. Biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga mol yetkazib beruvchilarga to’lovlarning o’z vaqtida o’tkazilishi imkoniyatlarini kafolatlamaydi. Korxonalar pul fondlarini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini tola aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, korxonalar pul fondlari mazmunini ularning o’z majburiyatlri bo’yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mablag’larining yigindisi sifatida tushunish mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling