Mavzu: korxona xarajatlari turlari


Download 167.76 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi167.76 Kb.
#1567958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona-xarajatlari-turlari

1. Doimiy xarajatlar (FC)
2. O`zgaruvchan xarajatlar (VC)
Doimiy deb, shunday xarajatlarga aytiladiki, ularni miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o`zgarmaydi. Ular hatto ishlab chiqarish bo`lmaganda ham qoplanishi shart. Ular jumlasiga qarz yuzasidan majburiyatlar, renta to`lovlari, amortizatsiya, ijara haqi, sug’urta puli, boshqaruv xodimlari va mutaxassislarga oldindan belgilangan maoshlar kiradi. Bu xarajatlar doimiy bo`lgani uchun ishlab chiqarish qanchalik o`zgarmasin, ular ilgari belgilanganmiqdorda qoladi.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o`zgarib boruvchi xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar(VC) deyiladi. Ularga xom ashyo, yonilg’i, enyergiya, materiallar, transport xizmati sarflari, ish haqi kiradi. Ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ma’lum chegaragacha ular pasayadi, so`ngra bir holatda saqlanadi va nihoyat o`sa boshlaydi. Bunday hodisa sarflar qaytishining ma’lum chegarada borishini bildiradi. Ishlab chiqarish ma’lum darajaga etgach, mehnat unumdorligi pasaya boshlaydi. Natijada qo`shimcha ravishda mahsulot olish uchun oldingidan ko`proq xarajat qilishga to`g’ri keladi. Bunday ahvol yangi texnologiya joriy etilgunga qadar davom etadi. Shundan so`ng resurs-lar tejaladi, xarajatlar pasayadi, chunki yangi texnologiya mehnat unumdorligini oshiradi. Muayyan ishlab chiqarish hajmi saqlangan sharoitda doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig’indisi ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari deb ataladi. FC — doimiy (fixed costs), VC — o`zgaruvchan (varible costs), TC — umumiy yoki yalpi xarajatlar (total costs)
FC+VC=TC



Umumiy xarajatlar muayyan ishlab chiqarish doirasida umumiy sarflar bo`lib, hamma mahsulot qanchaga tushganini bildiradi. Korxona uchun mahsulot birligiga ketgan sarf muhimdirki, uni o`rtacha xarajat deb ataladi. O`rtacha xarajatni AC (average costs) miqdorini topish uchun umumiy xarajat TC mahsulot miqdori Q ga bo`linadi: AC=TC/Q (2-chizma)






Download 167.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling