Mavzu: korxona xarajatlari turlari
P (ming sum) Foydani maksimallashtirish
Download 167.76 Kb.
|
Korxona-xarajatlari-turlari
P (ming sum)
Foydani maksimallashtirish. Q (dona) 800 700 600 500 400 300 00 100 Grafikdan foydalanib, o`rtacha xarajatlarni hisoblasak, mahsulot kam ishlab chiqarilgan paytda o`rtacha xarajatlar, ayniqsa doimiy xarajatlar yuqori bo`ladi. Masalan, doimiy xarajatlar 36 ming so`m deylik, 64 ming so`m o`zgaruvchi xarajat qilib, 00 dona mahsulot ishlab chiqardik. Unda umumiy xarajatlar 36000+64000=300000 so`m bo`lib, o`rtacha xarajatlar 1500 so`mga teng bo`ladi. Agarda 400 dona ishlab chiqarmoqchi bo`lsak, o`zgaruvchi xarajatlarni 1140000 so`mga etkazish kerak. Bunda umumiy xarajatlar 36000+114000=350000 so`m bo`lib, o`rtacha xarajatlar 875 so`mga pasayadi. Shunday tarzda mahsulot miqdorini ko`paytirib, 600 taga etkazilsin. U holda o`zgaruvchi xarajatlar 05000 ming so`m bo`lishi kerak. Umumiy xarajatlarimiz 36000+205000=441000 so`m, o`rtacha xarajatlar esa 441000/600=735 so`m, 800 dona uchun 464000 ming so`mlik o`zgaruvchi xarajat qilishimiz kerak. Unda umumiy xarajatlarimiz 36000+464000=700000 ming so`m, o`rtacha xarajatlar esa 740000/800= 925 so`m bo`ladi. Bir qaraganda, qancha ko`p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko`p foyda oladigandek ko`rinadi. Ma’lum bir darajadagi texnika-texnologiya imkoniyati doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflanadigan o`rtacha xarajatlarni o`zgarishi bu fikrni to`g’ri emasligini ko`rsatadi. Grafikdan ko`rinib turbdiki, 400 mahsulotda xarajatlar bilan olingan daromad teng, keyingi mahsulotdan boshlab foyda olish boshlanadi.U ma’lum chegaragacha, misolimizda 800-mahsulotgacha davom etadi. So`ngra zarar ko`rish boshlanadi. Raqobatda mag’lub bo`lmaslik hamda imkoni qadar ko`proq foyda olish uchun o`rtacha xarajatlarni minimal darajada bo`lishiga yerishish kerak. O`rtacha xarajatlar ma’lum chegaragacha, bizni misolimizda 700-mah-sulotgacha kamayib, so`ngra ortib ketadi. Sababi qisqa muddatli davrda me’yoriy xarajatlarning ortishi bo`lsa, uzoq muddatli davrda masshtab ya’ni miqyos effektining salbiy natijasi ta’sir qiladi. Tadbirkor xarajatlarni minimal bo`lishini o`ylar ekan, demak, eng minimal xarajat 700 dona mahsulot ishlab chiqarganda bo`ladi. Unda umumiy xarajatlar 480000 so`mga teng. Ishlab chiqarishni kengaytirish o`rtacha xarajatlarni oshirib yuborar ekan, uning eng optimal miqdori 700 ta ga teng. Demak, tadbirkor mavjud texnika-texnologiya doirasida 700 dona mahsulot ishlab chiqarsa, eng kam xarajat qiladi. Shu miqdordagi mahsulot mazkur korxona uchun optimal variant hisoblanadi. Tadbirkorni faqat xarajatlarni minimallashtirish emas, foydani maksimallashtirish masalasi ham tashvishga soladi. Kam xarajat qilib turli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo`lgani uchun, qancha mahsulot ishlab chiqarilsa maksimal darajada foyda olish ta’minlanadi? Ishlab chiqarish omillari qanday tarkibda birlashuvi maksimal foyda olishni ta’minlash imkonini beradi? Tadbirkor hisob-kitob qilishi kerak. Bu me’yoriy xarajatlar yordamida topiladi. MC=TCn - TC(n-1)) Xarajatlar unumdorlik o`sishiga qarab pasayadi. Biroq unumdorlikni o`stirishni imkoni tugab, o`z chegarasiga etgach, xarajatlarning o`sishi yuzaga keladi. Misolimizga qaytsak, 400 dona mahsulot uchun me’yoriy xarajatlar 350000-320000=30000 ming so`mni tashkil etsa, 600- mahsulot uchun 1000 so`m (441000—4200000), 700- mahsulot uchun 103 ming so`m (656—441000) ga etgan. Ko`rinib turibdiki, me’yoriy xarajatlar ortib boryapti, u o`z navbatida o`zgaruvchi va o`rtacha xarajatlarni ham ortishiga olib keladi. Xarajatlarimizni grafik tarzida ifodalaydigan bo`lsak, doimiy xarajatlar FC gorizontal shaklda, o`zgaruvchi xarajatlar VC mahsulot miqdorini ortishiga ko`ra o`sib boruvchi egri chiziq tarzida, me’yoriy xarajatlarimiz MC esa avval pasayib boruvchi, mahsulotning ma’lum bir hajmidan o`sib boruvchi egri chiziq shaklida, o`rtacha xarajatlarimiz AC esa botiq yoysimon shaklda tasvirlanadi. Bu yerda tadbirkor oldida mahsulot miqdorini qay darajaga etkazganda maksimal foyda olishni aniqlash turibdi. Iqtisodchilar bu masalani tadqiq etib shunday xulosaga kelishgan. Qo`shimcha jalb etilgan omil olib kelgan daromad, uni olish uchun qilingan xarajatdan oshib ketmasligi kerak. Boshqacha aytganimizda shu omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng bo`lishi kerak. Qo`shimcha jalb etilgan ishchilarni keltirgan daromadi ularga to`langan ish haqiga, qo`shimcha jalb etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu kapital xarajatiga, ya’ni sotib olish narxiga teng bo`lishi kerak. Bu fikrlarimizni hammasini quyidagi tenglikda ifodalash mumkin.(qo`shimcha jalb etilgan (qo`shimcha jalb etilgan mehnat evaziga yaratilgan mahsulot kapital evaziga yaratilgan mahsulot yoki olingan daromad) yoki olingan daromad) qo`shimcha jalb etilgan mehnat omili qo`shimcha jalb etilgan capital narxi ya’ni ish haqi) xarajatlari, ya’ni sotib olish narxi boshqacha aytganda: me’yoriy daromad = 1; yoki MR=MC=R; me’yoriy xarajat Bu tenglikda quyidagi qonuniyat ifodalanadi: maksimal darajada foyda olish uchun qo`shimcha qilingan xarajatlar, ya’ni me’yoriy xarajatlar evaziga olingan qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad, ya’ni me’yoriy daromad shu omilning bozor narxiga teng bo`lishi kerak. Demak, tadbirkor ko`proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qo`shimcha yer, mehnat, mashina, uskuna, xom ashyo va boshqalarni jalb qilar ekan, xarajatlarni ko`paytirish evaziga olgan qo`shimcha daromadi, shu omillarni sotib olishga qilgan xarajatiga teng bo`lishi kerak . Mahsulot narxi 73000 so`m desak, iisolimizda foydamiznning hajmi 9 ta mahsulot ishlab chiqarganimizda eng ko`p bo`ladi. Bu qoidaga amal qilish ishlab chiqarishni samarali tashkil etilishini, ishlab chiqarish omillaridan foydalanishda isrofgarchiliklarga, yo`qotishlarga yo`l qo`yilmayotganini ko`rsatadi. Shunga bog’liq holda pozitiv iqtisodiy nazariyada mehnatni ekspluatatsiya qilish degan tushuncha yo`q, sababi mehnat bahosi uning evaziga yaratilgan me’yoriy mahsulotdan olingan daromadga teng. Ekspluatatsiya haqida mehnat bozorida ishga yollovchi ma’lum darajada monopol mavqega ega bo`lganda gapirish mumkin. Oxir-oqibat me’yoriy unumdorlik nazariyasi bilan bog’liq ikki holatning ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tish kerak. Birinchidan, ishlab chiqarish omillari bir-birini o`rnini bosishi sharoitidagina qo`llaniladi. Agarda unday imkoniyat bo`lmasa, ishlab chiqarish omillarining birontasiga qo`shimcha qilingan xarajat hech qanday natija bermay, behudaga isrof bo`lishiga olib keladi. Amalda bir omilning o`rnini ikkinchisi bosa olmaydigan hollar kamdan-kam uchraydi. Ikkinchidan, bir omilni ikkinchisi bilan almashtirish printsipi, omillarni moslashgan holda o`zgartirish imkoni bo`lsa, bu printsip, eng avvalo aylanma kapital (xom ashyo, material kabilar)ga taalluqli, sababi ularni sotib olish muntazam ravishda ko`rib chiqiladi. Mehnatga bu printsipni ma’lum shart bilan qo`llash mumkin. Sababi tadbirkor jamoa shartnomasi bilan hisoblashishga majbur. Yerga hamda asosiy kapitalga nisbatan ijaraning minimal muddatini hisobga olgan holdagina qo`llash mumkin. Firma yaratgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul uning pul tushumi (kirimi) bo`lib, ketgan xarajatlarni qoplaydi va foyda olish imkonini beradi. Belgilangan miqdorda, hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan resurslarning ma’lum bir qismini juda tez va oson o`zlashtirish, ikkinchi bir qismi uchun esa uzoq muddat talab etiladi. Shunga ko`ra xarajatlarni qisqa muddatli xarajatlar hamda uzoq muddatli davriy xarajatlarga bo`linadi. Uzoq muddatli davriy xarajatlar o`zgaruvchi quvvatga xos. Amal qilayotgan firma-korxonalar uchun mavjud resurslar ishlab chiqarish quvvatini ham o`zgartirish uchun etarli bo`ladi. Uzoq muddatli davriy xarajatlar ishlab chiqarish omillarini yangilash, o`zgartirish xarajatlarini o`z ichiga oladi. Bular firmaga bino qurish, yangi uskunalar olish, ishchi-xizmatchilarni o`qitish, malakasini oshirish va boshqa shunga o`xshash xarajatlardan iborat. Uzoq muddatli davrda xarajatlar doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarga ajratilgan holda tahlil, asosan, o`rtacha umumiy xarajatlarga qaratiladi. Sababi uzoq muddatli davrda barcha resurslar, demak, barcha xarajatlar o`zgaruvchan bo`ladi. Uzoq muddatli davr o`z navbatida tarmoqlarda ma’lum bir firmalarning tashkil bo`lishiga, boshqa birlarining esa sinib, o`z faoliyatini to`xtashiga olib kelishini ham ko`rsatadi. Iqtisodiy faoliyat yuritayotgan firma, korxona uchun birinchi navbatdagi masala mavjud quvvati bo`yicha ishlab bankrot bo`lmaslik. Bunday qaraganda uning echimi oddiygina foydaga ishlash, hech bo`lmaganda zarar qilmaslik. Mabodo zarar ko`rilsa, uni qoplash chora-tadbirlarini tezda topish. Lekin yerkin raqobat kurashi sharoitida foyda olib ishlash anchagina murakkab. Ma’lumki, haridororni tovarning nafliligi qiziqtirsa, ishlab chiqaruvchini esa unga ketadigan sarf-xarajatlar qiziqtiradi. Har ikkisining ham diqqat markazida esa ularning narxi turadi. Agar narx o`rtacha iqtisodiy xarajatlarnigina qoplasa, bunda iqtisodiy (sof) foyda 0 ga teng bo`ladi. U holda ishlab chiqarishni kengaytirib bo`lmaydi. Demak, davriy xarajatlar uchun mablag’ sarflash imkoni yo`q. Agar o`rtacha iqtisodiy xarajatlar narxdan past bo`lsa, firma iqtisodiy (sof) foyda oladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish, ya’ni davriy xarajatlar uchun imkoniyat mavjud bo`ladi. Bordi-yu, narx o`rtacha iqtisodiy xarajatlarni qoplamasa firma zarar ko`radi, bankrot bo`lib tarqab ketishi mumkin. Shuning uchun har bir tadbirkor, menejyer doimo xarajatlarni narxlarga nisbatan past bo`lishiga yerishish yo`llarini qidiradi. O`rtacha iqtisodiy xarajatlarni pasaytirishga eng avvalo, qisqa muddatli tashqi xarajatlarni pasaytirish orqali yerishiladi. Xozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning asosiy qismini xom ashyo materiallari sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan hamma sarf-xarajatlarni AQShda 60%, Yaponiyada 57%, Gyermaniya, Ang-liyada 54%, Frantsiyada 52%, Italiyada 49%, Rossiyada 50% dan ortig’ini xom ashyo tashkil etsa, qolganini mehnat, elektr enyergiya va yonilg’i, amortizatsiya tashkil etgan. Bizni respublikamizda ham xarajatlar tarkibi shu ko`rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Lekin bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf-langan xom ashyo, mehnat va boshqalar sarfi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda bir necha marta ko`p. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni, eng avvalo xom ashyo xarajatlarini pasaytirish zarur. Download 167.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling