Mavzu: korxona xarajatlari turlari
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo`nalishlari va iqtisodiy samaradorlik
Download 167.76 Kb.
|
Korxona-xarajatlari-turlari
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo`nalishlari va iqtisodiy samaradorlikMahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor Iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining konuniyatidir. U mehnat unumdorligining tuxtovsiz usishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish, xujalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizning absolyut xajmi usib bormoqda. Umuman respublika bo’yicha sanoat mahsuloti tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. sum miqdorida iqtisod qilinadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo`llarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko`rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko`rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Amaldagi jihozlarni zamonaviylashtirsh hamda qullanilayotgan texnikadan foydalanishni xisobga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida utgan va jonli mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan utgan mehnatni tejash xuddi shu mikdordagi xom-ashyo va materiallardan ko`proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni har bir ishchiga xisoblanaganda ko`proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilgor texnologiya ishlab chiqarishni boshkarishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Moddiy va pul mablag`larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga dori sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chikindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish haqi fondini ratsional sarflash tsex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish- bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko`rsatadi. Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilgi va energiya etkazib berishning uzilib kolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turtib kolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va okibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona itisodiyotga xaddan tashkari normativdan ortikcha zapaslarni bulishi ham salbiy ta’sir ko`rsatadi. Zapas kupayib ketganda oborot mablaglari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mehnatni Tashqil etishda takomillashtirish ta’sir ko`rsatadi. Har kanday texnikadan xatto yangisidan ham ishlab chiqarishni to`g`ri Tashqil kilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir katorda, mehnatni ilmiy asosda Tashqil etishga katta e’tibor berish kerak. Mahsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir. Xisob olib borish yoqilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish ikonini beradi. Kolektivning kuchini etishtirilladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga karatish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni to`g`ri rejalashtirish va xisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo`llarni aniqlash ortikcha harjatlarning sababini ochib tashlash uchun bu harjatlarni doimi analiz qilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirshiuchun muhim ahamiyatga ega. Lekin analiz faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga kuyilgan baxo bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun taxlikiy va texnikaviy harakatlarni ham kurishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning muhim yo`lidir. Xarajatlar korxonaga bogliq bo`lmagan omillarga qarab o`zgaradi. Masalan; resurs narxi har xil xizmat haqqining tebranishi korxona xohishidan qat’iy nazar xarajatlarni o`zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko`lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha xarajatlar mehnat unumliga nisbatan teskari mutanosiblikda o`zgaradi. Mehnatni unumigning ortishi ham moddiy ham mehnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit mehnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orkali foydani kupaytiradi. Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bulib xizmat kiladi. Zero mahsulot baxosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar kanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo`lidaishlaridan biri bu fan texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish kuvvatlaridan, xom-ashyo materiallaridan yoqilgi resurslaridan yanada tularok foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bulgan samarador mashina, dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. FTT ning 0 –asr ikkinchi yarmidagi uziga xos jixati printsipal yangi texnologik usulga utilishi bilan harakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish ussullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuktai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo`lidaishlardan biri bu ishlab chiqarish va mehnat Tashqil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`lidaish ishlab chiqarishda yukotishlarni kamaytirish yo`li bilan harjatlarni pasaytirish bu esa uz navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi. Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini kondirishga karatilgan mahsulotlar kobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy o`lchov darajsiga ega buladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik kupincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan hosil bulgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash kiyin emas. Har bir ist’emol qilinayotgan yangi tovar uzining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi. Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi konunga kura navbatdagi har bir ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajsi oldingi boskichga nisbatan past buladi. Demak, bir o`lchovga to`g`ri keluvchi qo`shimcha ne’matlar hosil qilish samarasi oldingi boskichda olingan natijalardan pastrok buladi. Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko`rsatgichlar orkali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir kancha juziy ko`rsatgichlar orkali tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko`rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot miqdori (MM) ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi kunlarda soatlarda xisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sigimi degan samaradorlik ko`rsatgichi ham qullanadi. Mehnat sigimi jonli mehnatni mahsulot miqdoriga nisbatan orkali aniqlanadi. Mahsulotning material degan iqtisodiy ko`rsatgich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda.. Material sigimi moddiy ashyolar sarfini (BM) mahsulot miqdori (MM) ga nisbatan orkali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sigimi yoki fondlar kaytimi ko`rsatgichlari orkali o`lchanadi. Kurinib turibdiki juziy ko`rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda mahsulotlar miqdori ko`rsatgichlari urnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo`shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar qullaniladi. Bozor Iqtisodiyotiga utish davrida ayniqsa, respublikamizning xozirgi sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir.Gap shundaki, xozirgi davrda kupgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat kismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya etishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. SHuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur sohalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga etarlicha e’tibor berish talab qilinadi. Download 167.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling