Mavzu: korxona xarajatlari turlari


Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


Download 167.76 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi167.76 Kb.
#1567958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona-xarajatlari-turlari

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.


Kundan-kun rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti yerkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo`lib, u o`z navbatida to`kinchilikni yuzaga keltiradi. To`kinchilik tufayli ishlab chiqarish haridororning izmiga bo`ysunadi. Haridoror esa o`z manfaatidan kelib chiqib, tovarlar va xizmat ko`rsatishni yaxshi sifatli bo`lishini hamda ularni narxi uni qoniqtiradigan darajada bo`lishini istaydi. Narx bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif darajasiga qarab shakllanadi. Taklifni qanday hajmda, miqdor va tarkibda bo`lishi ishlab chiqarishga bog’liq. U yoki bu turdagi tovarni ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatishga undaydigan, uning hajmini belgilaydigan omil bir tomondan bozordagi narx bo`lsa, ikkinchi tomondan shu tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga ketgan xarajatlardir. Chunki, ular asosida ana shu tovarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan qo`yilgan maqsad, foyda olish amalga oshadi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi.

Tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) ma’lum iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasi eng avvalo resurslar cheklanganligi hamda ularni muqobil (alternativ) ishlatish imkoni bilan bog’liq. Masalan, yer resurs sifatida cheklangan. Undan turli maqsadda foydalanish mumkin. Uy qurish, korxona qurish, paxta, bug’doy ekish va hokazolar kabi. Agarda paxta ekilsa, bug’doy ekib bo`lmaydi. Ya’ni bir maqsadda foydalanilayotgan yerdan, huddi shu vaqtda boshqa maqsadda foydalanib bo`lmaydi. Har bir korxona, firma, tadbirkor u yoki bu resursni sotib olib ishlatar ekan, demak, bu resursni boshqalar ishlata olmaydi. Resurslarni sotib olgach, uni samarali ishlatish uchun harakat qiladilar.


Tanlangan resurslarni eng maqbul ishlatish, o`zgalar ishlatishiga yo`l bermay, o`ziga jalb etish uchun qilgan sarf, resurslar egasiga to`langan pul iqtisodiy xarajat yoki zimmadagi xarajatlar deb ataladi. Iqtisodiy xarajatlar mikromiqyos darajadagi iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lib, firma, korxona miqyosida biron turdagi tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishni qanchalik samarali ekanligini ko`rsatadi. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda asosiy, etakchi ko`rsatkich hisoblanadi. Xarajatlar turli-tuman. Odatda, xarajatlar tarkibiga qay jihatdan yondashishga qarab, turli guruhlarga bo`linadi. Ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq va uning qay darajada optimal ekanligini aniqlashda doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar, yalpi, o`rtacha xarajatlar; qo`shimcha xarajatlar samarasini va ishlab chiqarishning samarali hajmini aniqlashda me’yoriy xarajatlar; real imkoniyatlardan qay darajada foydalanganlikni aniqlashda haqiqiy va zimmadagi xarajatlar; iqtisodiy resurslarni jalb etilishiga ko`ra ichki va tashqi xarajatlar; ishlab chiqarishning quvvati, miqyos o`zgarishi nuqtai nazaridan qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar kabi guruhlarga bo`linadi.
Iqtisodiy xarajatlar birinchidan, eng avvalo firma, korxona nuqtai nazaridan ichki va tashqi xarajatlardan iborat. Tashqi xarajatlar bu — chetdan sotib olingan mehnat resurslari, xom ashyo, yonilg’i, transport xizmatlari, enyergiya va boshqalar. Boshqacha ayt-ganda, o`ziga tegishli bo`lmagan resurslar uchun to`lovlardan iborat. Ichki xarajatlar bu — firma, korxonaning o`z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi yoki boshqacha aytganda, bu resurslarni chetdan olganda to`lanishi mumkin bo`lgan pul miqdoridir. Bu xarajatlar firmaning o`zini bino, inshoot, mashina, uskuna, ishlatish uchun qarzga olingan mablag’, unga to`lanadigan foiz bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, ichki xarajatlarga normal foyda ham kiradi. Normal foyda bu — tadbirkorlik omiliga tegishli. Bu tadbirkorlik talantini saqlab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratadi, bo`lmasa tadbirkor daromad olib keladigan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishi, masalan, ish haqi yoki maosh olib ishlashi mumkin.
Iqtisodiy xarajatlar yoki zimmadagi xarajatlar, ikkinchi tomondan buxgalteriya hisobida aks etgan haqiqiy xarajatlar hamda boy berilgan imkoniyat xarajatlaridan iborat. Boy berilgan imkoniyat xarajatlari bu - o`z resurslarini muqobil ishlatish yo`li bilan olishi mumkin bo`lgan daromadlardir. Masalan, kapitaliga foiz, bino, inshootlar, mashina-uskunalarni o`zi ishlatmay ijaraga berib, ijara haqi olishi, tadbirkor menejyerlik qilib ish haqi olishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar buxgalteriya kalkulyatsiyasida aks etgan xarajatlardan tashqari, ularda aks etmagan o`z resurslari va imkoniyati muqobil variantlaridan foydalanib olishi mumkin bo`lgan samara yoki boy berilgan imkoniyat xarajatlari (boshqacha aytganda, olish mumkin bo`lgan daromadlar)dan iborat. Korxona, firma o`zi sotgan tovari, ko`rsatgan xizmatiga tushgan pul kirimi unga xarajatlarni qoplash hamda foyda olish imkonini beradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan korxona o`z xarajatlarini zo`rg’a qoplagani bu — ishlab chiqarishni va tashqi xarajatlarni qoplab, tadbirkorni shu ish bilan shug’ullanishi uchun zo`rg’a tutib turadigan darajada (foyda) daromad olayotganini bildiradi. Boshqacha aytganda, agarda ishbilarmon menejyer sifatida oyiga 100 ming so`m ish haqi oladi desak, uning tadbirkor sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadi ham shu miqdordan kam bo`lmasligi kerak, ana shundagina u tadbirkorlik bilan shug’ullanadi.

Xarajatlat tarkibi
X arajatlar ishlab chiqarishning hajmi o`zgarishi bilan o`zgarishi yoki o`zgarmagan holda qolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan xarajatlar ikkiga bo`linadi:

Download 167.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling