Mavzu: Korxona xodimlarining mehnat haqlari. Reja: Ish haqining mohiyati. Ish haqini tashkil etish tamoyillari


Download 37.82 Kb.
bet1/9
Sana07.03.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1246054
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu


Mavzu: Korxona xodimlarining mehnat haqlari.


Reja:


1. Ish haqining mohiyati.
2. Ish haqini tashkil etish tamoyillari.
3. Tarif tizimi.
4. Mehnatga haq to‘lash tizimlari.
5. Asosiy ish natijalari uchun rag‘batlantirish tizimlari.
6. Korxonalarda ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalar belgilash.


1. Ish haqining mohiyati.


Mehnat - har bir shaxs va umuman, jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Moddiy ishlab chiqarish jarayonini tadqiq qilish asosida shunday fikrga kelish mumkinki, mehnat avvalo, inson bilan tabiat o‘rtasida sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson o‘z faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat kiladi.
Mehnat jarayonining oddiy jihatlariga uning maqsadga muvofiqligi, mehnat buyumi va mehnat vositalarini kiritish qabul qilingan. Mehnat buyumlari va ishlab chiqarish qurollari jonli mehnat jarayoniga kiritilmasa, ular o‘z-o‘zidan faoliyat ko‘rsata olmaydi. Jonli mehnat esa hamisha faqat kishilarning tabiatga munosabatidan iborat bo‘libgina qolmay, shu bilan birga, jarayon qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatdan iborat.
Mehnat munosabatlarini yo‘lga qo‘yish sharoitida mehnatga haq to‘laishing tashkiliy tizimi yuzaga keladi. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishda ish beruvchilar bilan uni amalga oshiruvchilar, ya’ni xodimlar manfaatlari e’tiborga olinadi. Bu yerda: shuni ta’kidlash zarurki, bozor munosabatlariga o‘tishda tomonlar mehnatga haq to‘lash masalalarini hal etishda teng huquqlarga ega bo‘lishlari lozimligi shak-shubhasizdir. Kor­xona ma’muriyati (yoki mulkdorning vakili) bilan xodimlar manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga solishning, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash masalala­rini tartibga solishning xuquqiy amaliy va birdan-bir ta’sirchan shakliga aylanadi.
Bozor sharoitida, ayniqsa, o‘tish davrida, taqsimlash mu­nosabatlari, davlatning tartibga solish yo‘nalishlari va xususiyati o‘zgarib boradi, ma’muriyatchilik andozalariga barham beruvchiyangi boshqaruv shakllari paydo bo‘ladi. Korxonalar darajasini tartibga solish jarayonlariga yangi talablar qo‘yiladi. Davlatning aralashuvi daromadlarni taqsimlash shart-sharoitlari va tamoyillariga rioya qilishni aniqlash, taxlil etish va ta’minlash uchun zarurdir.
Taqsimlash munosabatlari davlat yo‘li bilan tartibga solinishining asosi mehnat sohasidagi qonunlar va bitimlar, soliq tizimida yakka daromadlarning o‘sishi bilan inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat bo‘lishi lozim. Davlatning ishtirokisiz insonga daromadni kafolatlab bo‘lmaydi, bu daromad unga korxonaning iktisodiy faoliyatidan qat’i nazar munosib hayot kechirishni ta’minlaydi. Davlat­ning funksiyasiga, bundan tashqari, aholining kam ta’minlangan qatlamlari daromadlarini oshirishni kiritish zarur, bu narsa ish kuchini normal darajada takror hosil qilish uchun, mehnat resurslarini maqbul tarzda taksimlaishi ta’min etish, ijtimoiy keskinlikni yumshatish va hokazolar uchun kerak bo‘ladi. Davlat ishchi kuchini takror hosil kilish ishtirokchisi bo‘lganligi sababli taklif etilgan ishchi kuchining ko‘proq qismini o‘ziga qabul qiladi, uning tadbirkorlar talabiga javob berishiga intiladi.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funksiyalari (vazifalari)da namoyon bo‘ladi:

Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling