mavzu: korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash reja


Download 42.64 Kb.
bet1/6
Sana19.12.2022
Hajmi42.64 Kb.
#1033751
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu Korxonadagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllantirish.ITTKIni tashkil qilish va loyihalashtirish


4 –MAVZU: KORXONADAGI INNOVATSION STRATEGIYANI TANLASH
REJA:
4.1. Korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash yo‘llari
4.2. Innovatsion strategiyaning mohiyati, uning korxona umumiy strategiyasi bilan aloqasi.
4.3. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish
4.4. Innovatsion strategiyaning turlari va tanlanishi

Tayanch iboralar: innovatsion loyiha, investitsion loyiha, tizimli yondoshish, vaqt omili, summar foyda, investitsiyalarning rentabelliligi, diskontlashtirish.

4.1. Korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash yo‘llari

Mamlakatimiz korxonalaridagi ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan rejalashtirish amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga emas, balki shakllantirib bo‘lingan rejaviy vazifani bajarishga qaratilganligini ko‘rsatadi. Bu avvallari sanoat korxonalari faoliyat yuritgan ob’ektiv sabablar, hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi bosqichida korxonalar oldida turgan vazifalar bilan izohlanadi. CHamasi bunday amaliyot xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitlariga mos kelmasa kerak.1


Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan murakkab holat avval amalda bo‘lgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan bog‘liqdir. U resurslarni ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash, davlat byudjeti hisobidan ishlab chiqarish investitsiyalarini tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning yakka hokimligi, mulkchilikning davlat shaklidan farqlanuvchisining yo‘qligi va xo‘jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko‘zda tutadi. YAna quyidagilar mavjud bo‘lgan: boshqaruvning ko‘p bosqichi tuzilmasi va faoliyatning yakuniy natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog‘liqligini yo‘qligidan kelib chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining ajralib qolishi.
YUqorida sanab o‘tilgan sabablar, hamda xo‘jalik aloqalarining uyg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning har xil sohalari va xo‘jalik sohalarida mutanosibsizlikni keltirib chiqargan, defitsitni chuqurlashuvi va ishlab chiqarish intizomini pasayishi mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va iste’mol bozori va pul muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab bo‘lgan innovatsion sohada tanazzul paydo bo‘lishiga ko‘maklashganlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan sharoitlarga adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon beruvchi haqiqiy rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo‘ladi. Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:

  • Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning ob’ektiv zaruriyati pishib etilgan;

  • ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;

  • innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi oshadi;

  • innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.




Download 42.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling