mavzu: korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash reja
Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish
Download 42.64 Kb.
|
4-Mavzu Korxonadagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllantirish.ITTKIni tashkil qilish va loyihalashtirish
4.3. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish
Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o‘zlarining bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo‘lish etarli emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo‘lishi orqasidan e’tibor bilan kuzatishi va ularni o‘z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud. Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini o‘tkazishni belgilab beradi. Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi: 1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi. 2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo‘yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o‘zgarishiga samarali moslashishni ta’minlash. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida muhim rol o‘ynaydi. Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak: firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi; tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga munosabat, ishga doir aloqalarni olib borish tamoyillari); tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit; “sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish. Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g‘oyatda dolzarb bo‘ladi. Tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobatdir. SHuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o‘rinlari (bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o‘rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon beradi. Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi. Download 42.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling